5.10-rasm. Tirsakli vallar:
a - bir qatorli dizelniki, b - U-simon dizelniki,
1 - uzak bo’yin, 2 - jag’, 3 - tirak yarim halqalar, 4 va 10 - uzak
podshipniklar yuqorigi va pastki ichquymalari. 5 - maxovik, 6 - moy
qaytargich. 7 - o’rnatish shtifti. 8 - maxovikni mahkamlovchi bolt, 9 - tishli
garlish, 11 - shatun buyni, 12 - posangilar, 13 - taqsimlash vali shesternyasi.
14 - moylash nasosni haraklantiruvchi shesternya. 15 - bolt, 16 - shkiv, 17 -
qopqoq. 18 - toza moy trubasi, 19 - flanes, A - o’lchov guruhi belgisi quyish
joyi, B - shatun buyni bo’shlig’iga moy etkazish kanali. V - shatun buyni
bo’shlig’I yuqori chastotali kuchlanishli tok bilan toblanadi. Shatun
ichquymalari (podshipnik)ga moy etib borishi uchun val jag’lari qiya
parmalangan kanallar bilan birlashtirilgan.
Shatun jag‘larining ichki qismi moyni
markazdan qochirma usulda
tozalash uchun shatun buyni ichida bo‘shliq V yasalgan. Ular rezbali qopqoq
(17) bilan berkitilgan bo‘ladi. Tirsakli valning aylanishi natijasida mexanik
zarrachalar (qurumlar) markazdan qochirma kuch ta‘sirida moydan ajralib kir
tutqich devoriga yopishib qoladi. Tozalangan moy shatun buynining yuzasiga
bo‘shliqning o‘rta qismidagi quvur (18) orqali chiqadi. Silindrlari U-simon
joylashgan dvigatellar tirsakli valining har bir shatun buyniga ikkitadan shatun
mahkamlangan, shuning uchun ham buyni uzunroq bo‘ladi.
Tirsakli val oldingi qismiga gaz taqsimlash
mexanizmi va boshqa
mexanizmlarni harakatga keltirish uchun bir yoki ikkita shesternya o‘rna-tilgan
bo‘ladi. Shuningdek, shkiv havo sovitgich parragi va generator, tirsakli valni
qo‘lda aylantirish bolt (15) yoki xropovik mahkamlangan.
Kar-terdan moy
chiqib ketmasligi uchun tirsakli valning old va orqa tomonlarida moy
qaytargich (6), shuningdek, qism detallariga esa salniklar o‘rnatilgan bo‘ladi.
Dvigatelning orqa qismi mukammal zichlagichdan tuzilgan bo‘lib, moy
qaytargich tirsakli val bilan yaxlit holda yoki salnikdan iborat bo‘ladi. Bu
labirint zichlagich moyning maxovik karteriga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Odatda, tirsakli val oxirida chiqiq bo‘ladi, u shu yordamida o‘q bo‘ylab
siljishdan saqlanadi. Shuning uchun ham oxirgi o‘zak ichquyma (podshipnik)
chiqiq yoki tirak yarim xalqa (3) bilan ushlab turiladi.
Valning uzunasiga siljimasligini ba‘zi dvigatellarning birinchi yoki o‘rta
o‘zak buyinlaridagi chegaralanish ta‘minlaydi. Uzak va shatun podshipniklar
yupqa ichqo‘yma (10) po‘lat tasma ko‘rinishida tayyorlanadi. Tasma tashqarisi
po‘latdan bo‘lib, ichki qismi yupqa antifriksion
quyma bilan qoplanadi, u
yuqori chidamliligi va katta kuchga qarshi tura olishi bilan xarakterlidir.
Ichqo‘ymaga (vkladish) antifriksion materiali sifatida yuqori qalaylashtirilgan
alyuminiy qotishmasi qo‘rg‘oshinli bronzadan foydalana-dilar. Ichquymalar
shatun va ko‘pgina o‘zak podshipniklari singari bir-birining o‘rnini almashlay
oladi.
Yuqorigi ichquymalarga teshik parmalanib val buyniga moy o‘tishi uchun
halqasimon ariqchalar o‘yilgandir. Vkladishlarning o‘q buylab siljishidan va
aylanib ketishidan sakdash uchun chiqiq ularning tashqi yuzasiga shtamplanadi
va uyiqgacha mahkam o‘tkaziladi. Blok-karter yoki podshipnik pastki
qopqoqni yig‘ishda chiqikdar frezalangan ariqchalarga kirib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: