a -bug’ klapani ochiq. b - havo klapani ochiq. 1 va 4 - bug’ va havo
klapanlari. 2 va 5 - bug’ va havo klapanlari prujinalari. 3 - bug’ni chiqarish
naychasi, 6 -radiatorning suv quyish bug’ining qopqog’i.
klapani ochilib radiatorga atmosferadan havo kiradi.
Atmosfera bilan ra-
diator ichidagi havo bosimi tenglashgan paytda havo klapani prujina ta‘sirida
yopiladi. Havo klapani yordamida sovutish tizimidagi suyuqlikni quyish bug‘zi
qopqog‘ining yopig‘ligida ham to‘kish mumkin. Bu bilan dvigatel soviyotgan
paytda radiator naychalarining atmosfera bosimi ta‘sirida yorilishdan saqla-
nadi.
Sovutish suyuqligi haroratini nazorat qilish uchun daraklash chirog‘i va
masofadan boshqariladigan termometr xizmat qiladi.
Chiroq va termometr
ko‘rsatkichi o‘lchov asboblari shitida, uning o‘lchov
qurilmasi esa silindrlar
kallagida, suvni qaytarish trubkasida, kiritish quvurlarida
yoki radiatorning
yuqori bakchasi bo‘lishi mumkin.
Ishga tushirishdan oldingi qizdirish qurilmasi.
Tashqi muhitning haro-
rati past bo‘lganda dvigatelni o‘t oldirish qiyin kechadi. Dvigatelni qizdirish
uchun ishga tushirishdan oldin qizdirish qurilmasi qo‘llaniladi. ZIL rusumidagi
avtomobilni qizdirish qurilmasi gazni chiqarish quvuri bo‘lgan qozondan (22),
elektr yuritmali shamol parragi (13)dan, yoqilg‘i idishi (9)dan,
elektromagnit
klapan (6)dan, quyish bug‘zi, ulash quvurlari va boshqarish pulti (2) dan tash-
kil topgan.
Dvigatelni qizdirishda sovutish tizimi uchun 35 litr suyuqlik tayyorlash,
radiator jalyuzini yopish, moy radiatorini uzib qo‘yish, radiatorning oldiga isit-
ish jildini kiygizish zarur. Yoqilg‘i bakchasi benzin bilan to‘ldiriladi va
qizdirish qozoniga qo‘yish bo‘g‘zi (10) orqali sovutish suyuqligi quyiladi.
Qizdirish qurilmasining boshqarish pulti dvigatelning shitida joylashgan.
Pultga chug‘lanish svechasini ulagich (4), uning nazorat cho‘lg‘ami (3) va al-
mashtirib ulagich (1) o‘rnatilgan. Almashtirib ulagich uch holatga ega:
0 - hammasi uchirilgan (dasta oxirigacha bosilgan);
1 - shamol parragi elektrodvigateli ishga tushirilgan (dasta 1/2
yurish
yo‘liga chiqarilgan);
II - shamol parrak elektr dvigateli va elektromagnit klapani qo‘shilgan
(dasta oxirigacha chiqarilgan).
Qizdirish qurilmasini ishga tushirishda yonilg‘i bakining jumragini 45°ga
ochish va almashtirib ulagichni (11) «Pusk» holatiga quyish lozim. Bunda
shamol parrak elektrodvigateli (12) qo‘shiladi,elektromagnit
klapani ochiladi
va benzin o‘z oqimi bilan benzin idishidan qizdirish qurilmasi qozonining yon-
ish kamerasiga oqib keladi.