Z sh. Shovqiyev, F. N. Oqbo‘tayiev


-rasm. Dvigatelning suv nasosi va shamol parragi



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/203
Sana12.07.2022
Hajmi7,76 Mb.
#778214
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   203
Bog'liq
aerodromlar yerusti xizmati vositalari va mashinalari

 
4.3-rasm. Dvigatelning suv nasosi va shamol parragi: 


1 - shamol parrak qanotchalari, 2 - shkiv, 3 - podshipnik, 4 - valik, 5 - na-
sos parragi, 6 - qistirma, 7 - nasos korpusi. 8 - suyuqlikni keltirish quvuri, 9 - 
podshipniklar korpusi, 10 - manjeta, 11 - zichlovchi (shayba) halqa, 12 - salni-
kli zichlash halqasi. 
 
Termostat 
sovuq dvigatelning tezroq qizishi va uning issig‘ ichki haro-
ratini belgilangan oraliqda avtomatik rostlash uchun xizmat qiladi. U radiator 
orqali aylanma harakat qilayotgan suyuqlik miqdorini boshqaradigan klapan 
ko‘rinishda bo‘ladi. 
O‘rganilayotgan dvigatellarda qattiq to‘ldirgich - serezin (neft mumi) 
moddasi to‘ldirilgan bir klapanli termostatlar qo‘llaniladi. Termostat suv nasosi 
va radiatorning yuqori idishiga suyuqlikni keltirish quvurlari (10 va 11) 
oralig‘iga o‘rnatilgan. 
Termostat serezin va mis kukuni aralashmasining aktiv massasi (8) 
to‘ldirilgan mis ballon (9) li korpus (2)dan tashkil topgan. Ballon ichidagi 
modda ustiga rezina bufer uchun teshikli yo‘naltiruvchi vtulka (6) o‘rnatilgan 
rezina membrana (7) bilan qattiq yopilgan. Oxiriga klapan bilan richag (4) or-
qali bog‘langan shtok (5) o‘rnatilgan. 
 
4.4-rasm. Buriladigan va oddiy klapanli termostat: 


a - Dvigatelining buriladigan klapanli termostatining tuzilishi, b va v - 
buriladigan klapanning ishlash shakli (ochiq va yopiq holati), g - oddiy 
klapanli termostat.
1 - qaytaruvchi prujina, 2 - korpus, 3 - klapan (zaslonka), 4 - dastak, 5 - 
shtok, 6 - yo’naltiruvchi vtulka, 7 - membrana, 8 - aktiv modda, 9 - ballon, 10 
va 11 - suv nasosiga va radiatorga suyuqlikni keltirish quvurlari. 10 - egar. 13 
- klapan, 14 - prujina, 15 - rezina bufer, A - klapan yo’li. 
 
Klapan dvigatel sovuq paytida spiral prujina (1) yordamida korpus (2) 
o‘rindig‘iga qattiq siqilib turadi. Sovutish suyuqligining harorati 75°С 
bo‘lganda aktiv modda eriydi va kengayadi, natijada membrana, bufer va shtok 
(5) orqali richag (4)ga ta‘sir qilib, prujina (1) kuchini yenggan holda ochila 
boshlaydi. To‘liq ochilishi 90°С haroratda sodir bo‘ladi. Harorat 75°Сdan 90°С 
oralig‘ida termostat klapan o‘z holatini o‘zgartirgan holda radiator orqali 
o‘tuvchi sovutish suyuqligining miqdorini rostlab turadi va bu bilan 
dvigatelning me‘yoriy issiqlik rejimini ta‘minlaydi. 6.4-rasmda harorat yo‘li A 
oraliqqa teng bo‘lgan oddiy klapanli (13) termostat to‘liq, ochiq turgan holatda 
tasvirlangan. 90°С haroratda, ya‘ni balondagi aktiv modda erigan paytda balon 
prujina (14) kuchini eggan holda klapan bilan birgalikda pastga o‘tiradi. 
Harorat pasayganda balon ichidagi modda siqiladi va prujina klapanni yuqoriga 
ko‘taradi. 75°С haroratda klapan korpus o‘rindig‘iga siqiladi va radiatorga suv 
kirish yo‘lini yopib qo‘yadi. 
Bug’-havo klapani 
radiatorning ichki bo‘shlig‘ini atmosfera bilan 
bog‘lash uchun zarur. U radiator qo‘yish bo‘g‘zining qopqog‘iga o‘rnatilgan. 
Klapan bug‘ klapani (1) va uning ichiga joylashtirilgan havo klapanidan (4) 
tashkil topgan. Bug‘ klapani prujina (2) ta‘siri tufayli radiator bo‘g‘zini qattiq 
yopib turadi. Agar suvning harorati belgilanganidan oshsa (berilgan dvigatel 
uchun), unda bug‘ning bosimi tufayli bug‘ klapani ochilib, ortiqchasi tashqi 
muhitga chiqarib yuboriladi. 
Suyuqlikning sovushi va bug‘ni kondensatsiyasi natijasida radiatorda 
siyraklanish bo‘lsa, unda havo 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish