Z sh. Shovqiyev, F. N. Oqbo‘tayiev



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/203
Sana12.07.2022
Hajmi7,76 Mb.
#778214
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   203
Bog'liq
aerodromlar yerusti xizmati vositalari va mashinalari

§ 1.5 Ta'mir 
Suv qochirish va drenaj tizimini ko'zdan kechirib aniqlangan nuq-sonlar 
va yemirilishlar, miqdori va tavsiiiga ko'ra, joriy yoki kapital ta'mirda baitaraf 
etiladi. Ko'p uchraydigan nuqson va yemirilishlarga quyidagilar kiradi: se-
mentbeton tarnov plitalarning, boshqa qoplamalar tarnovlari, yomg'ir suvini, 
erigan qor suvlarini yig'adigan va kuzatish quduqlarining tarnovlaridagi yori-
qlar va turtib chiqishlar; yer ostidagi suv qochirish va drenaj tizimlari (quritish, 
yisish, drenaj, o'tkazib yuboruvchi, kollektor) ning taassasida cho'kishlar va 
yuvilib ketish; yer yuzi inshootlari, suv qochirish va tepalikdagi tushuvchi 
zovurlar, ko'rish uchun va erigan qor quduqlarining cho'kishi va yuvilib ketishi; 
quduq devorlarida iviganidan osilib qolgan grunt, g‘ishtlarning ko'chib tushi-
shi, quduqlarning temirbeton elementlari va kollektor quvurlari, yig'uvchilar va 
o'tkazib yuboruvchilar orasidagi tutashuv joylardagi buzilishlar; ochiq 
zovurlarning balchiq va axlat bosishi. 
Ochiq tarnovlarning asosi (tagi) yuvilib ketishidan kelib chiqqan shi-
kastlanishlarni yo'qotish uchun tarnov qoplamasini ochib, tagiga legishii Mate-
rial tashlanadi, shibbalanadi va qoplama tikianadi. Darz va choklar suvab tash-


lanadi. Yomg'ir suvlarini qabul qiluvchi quduqning turtib chiqqanligi bartaraf 
etilmagan bo'lsa (10 sm gacha baland bo'lganda), uni qirqib tashlab, panjara bi-
lan to'sish uchun uyacha qoldiriladi. Ikkala holatda quduqqa kirib turgan quvur 
uchini, uning loyihadagi darajasini saqlash maqsadida ko'tariladi yoki tushiri-
ladi, bir vaqtning o'zida quvurlarning o'zini ko'zdan kechiriladi. Cho'kish yoki 
turtib chiqish 20 sm dan ko'p bo'lsa, quduqlar qiyshayib qolgan bo'lsa, butunlay 
boshqatdan ishlab chiqiladi: asos mustahkamlanadi, tashqi devor atrof i grunt 
bilan yopishib, muzlab qolmasligi uchun izolyatsiya qilinadi. 
Yopiq tarnovlar ustidagi toshlar, quduqlarning qopqog'i yemirilgan bo'lsa, 
yangisi bilan almashtiriladi. Devorlaridagi yoriqlar sement qorishma bilan su-
valib, ustidan «Izol» mastikasi yoki qum-epoksidli aralashma surtiladi. Suv 
qochirish, drenaj tizimi trassasidagi cho'kishlar, yuvilib ketishlarni yangi grunt 
solib, shibbalab, yuzasini tekislab ta'mir qilinadi, chim bosiladi, o't urug'i sepi-
ladi. 
Filqtrlovchi elementlar loy bosib qolgan bo'lsa, tozalanadi. Buning uchun 
element chiqarib olinadi, yuviladi, o'zini yoki yangisini joyiga qo'yiladi, 
boshqa elementlari ham tartibga keltiriladi. 
Suv yuvib ketgan qiig'oqlar, zovur tublari chim, shox-shabba, tosh va 
boshqa materiallar bilan mustahkamlanadi. Qirg'oqni va tubini mustahkamlash 
uchun grunt tashlab tekislanadi, namlanadi va yog'och naychalar bilan 
kuchaythiladi. Qum asosga esa tosh yotqizib, orasiga sement qorishma quyi-
ladi. 
Quduq devorlarida osilib qolgan grunt bo'laklari, choklar tozalanib, quri-
tiladi va bitum surtiladi, yerosti suvlar to'xtamay oqsa, qatronlangan yoki moy 
shimdirilgan kanop yoki namat tikib, ustidan tez qotadigan sement qorishma 
yoki shpaklyovka surtiladi. Quvurlarning quduq bilan tutashgan joylari buzil-
gan bo'lsa ham, xuddi shunday usul bilan ta'mirlanadi. 
Quduqlar atrofida hosil bo'lgan cho'kishlar va yuvilishlar ustidan yangi 
grunt tashlab ta'mirlanadi. 
Quvurlar tutashgan joylar buzilgan bo'lsa, sement qorishma bilan suva-
ladi. Bunda tutashgan joy (halqasimon) awal smola shimdirilgan kanopni se-
ment suviga botirib, tirqishga tiqiladi, keyin 1:2 tarkibda tayyorlangan sement 
atala bilan suvab, tashqaridan 45° burchak ostida nishab qilinadi. Kanop o'rami 
toza, quruq, undan o'ralgan arqon diametri tirqishdan sal kattaroq bo'lishi 
kerak: uzun bo'lishi, bir o'raganda 3-4 marta aylanishi kerak. Nam gruntlarda 
tutash joylarni ta'mirlayotganda, namlik halaqit bermashgi uchun suv shimadi-
gan materiallar bilan vaqtincha o'rab qo'yiladi. 
Uchi sidirg'a teshik beton va temirbeton quvurlarning tutash joyi sement, 
ruberoid yoki borulin belbog'lar bilan o'raladi. Sement belbog' qo'yish uchun 
yog'ochdan opalubka-g'ilof qilib, quvuiga kiyg'aziladi. G'ilof bilan quvur yu-


zasi orasidagi tirqish loy bilan berkitiladi, so'ngra 1:2 nisbatda tayyorlangan at-
alani g'ilofning tepasidagi teshikdan quyib, ostki teshikdan chiqqunicha kuza-
tiladi. Ruberoid yoki borulin kamar qo'yishdan oldin, quvurlar uchi tozalanadi, 
yuviladi, quritib, bitum surtiladi. Shundan so'ng tutash joyga ruberoid yoki 
borulin 2-3 qavat, 20-25 sm enlikda yopishtiriladi. Silliq avtosement quvurlarn-
ing tutash joylariga asbosement, ikki bo'rtiqli mufta, rezina halqa bilan birga 
kiydiriladi. 
Buzilgan quvurlarni almashtirayotganda yangi quvurlar mavjud quvurlar 
tizimiga mos bo'lishi kerak Yangi quvur yotqizishdan oldin asosni tekislab, 
shibbalab, zarur nishablikni ta'minlash kerak, shunda quvurlar cho'kishi yoki 
eshilib qolishining oldi olinadi. Quvurlarning kirgan yo chiqqan joylaridagi 
yuvilgan, surilgan, cho'kkan nuqsonlarni yangi grunt tashlab tekislanadi, chim, 
shox-shabba va tosh bilan mahkamlanadi. Tevarak-atrofdan ichkariga suv 
tushmasligi uchun tuproq marza qilib yoki ariqcha ochib
 
qo'yiladi. Quvurlarga 
suv kiradigan joylar ifloslanib, quvur og‘zi tiqilib qoladi, ularni doim tozalab 
turish kerak. 
Suv qochirish qurilmalaridan suv tashlanadigan joylardagi yuvilib ketish-
larni tuzatish uchun grunt tashlab, shibbalanadi, tosh yo chim bilan mus-
tahkamlanadi. 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish