Z sh. Shovqiyev, F. N. Oqbo‘tayiev



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/203
Sana12.07.2022
Hajmi7,76 Mb.
#778214
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   203
Bog'liq
aerodromlar yerusti xizmati vositalari va mashinalari

 
 
§ 1.4 Aerodromlarning suv qochirish va drenaj tizimini tutish va 
ta‟mirlash 
Suv qochirish va drenaj tizimlarining ishga yaroqli turishi uchish may-
donlari qoplamalarining o‘ta namlanib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi, mustaxkamli-
giga xizmat qiladi. Bunday tizimlar yig‘ib, tashb yuritiladigan elementlardan 
tahkil topadi. Yig‘iladigan elementlarga ochiq va yopiq tarnovlar, quritgichlar, 


yig‘uvchilar, quduqlar, yomg‘ir va qor suvlarini yig‘uvchi quduqlar, tashib 
yuritiladiganlariga kollektorlar, o'tkazib yuboruvchi va zovurlar kiradi. Qochi-
riladigan va drenaj suvlar jarlarga, ariqlarga, ko'llarga tashlanadi.
Suv qochirish va drenaj tizimlarini doimo shunga yaroqli tutish ularni 
muttasil kuzatib, o'z vaqtida ta'mirlab turiladi. Sistemaning hamma 
elementlari 
va inshootlari, grunt va qoplama yuzasi muntazam kuzatib boriladi. Ko'zdan 
kechirish, ayniqsa, bahorda qorlar erib bitgach va kuzda, qirovli kunlar bosh-
lanishidan oldin va kuchli yog'inlardan keyin o'tkaziladi. 
Bahorda hamma tuynuklarini ochib, tozalanadi, quritiladi, kollektor 
quvurlari tekshiriladi. Qopqog'i ichkariga cho'ktirilgan quduqlarni ochishdan 
oldin chim qoplamasini qatlam-qatlam olinadi, gruntni chiqarib, keyin qopqoq 
ochiladi. Quduqni ko'zdan kechirib, tozalangach, zarur bo‘lsa ta'mirlanadi va 
qopqoq yana berkitiladi.
 
1.1-rasm. Quvurlarni tozalash vositalari: 
a- uchiga yumaloq simcho'tka yoki cho'tka o'rnatilgan shtanga; yo'g'on 
sim (tros) va yumaloq simcho'tka (yoki cho'tka); v- cho'tlq. 1- yumaloq sim-
cho'tka; 2- shtanga; 3- chig'iriq. 
Gruntni yana joyiga tashlab, qavatma-qavat zichlanadi, zarurat bo'lsa 
namlanadi, shundan so'ng chim bosiladi. 
Kollektorning 0,7 m gacha bo'lgan quvurlarini qo'shni quduqqa o'rnatilgan 
ko'zgu va qo'lchiroq bilan tekshiriladi. Zarurat bo'lsa, quvurlarni quduqlar or-
qali tozalanadi. Bunda uchiga kirpisimon narsa kiyg'azilgan yoki cho'tka 
mahkamlangan quvur shtangalardan, yo'g'on sim yoki troslaoian foydalaniladi 
(1-rasm). Tozalab bo'lgandan keyin quvurlar suv bosjmi bilan tozalanadi (suv 
sepadigan mashina PM, brandspoyti). Rezbali mufta yordamida biriktirilgan 
quvurli shtanga bo'sinining o'zi quduq o‘zining yarmidan oshmasa bo'lgani! 
Yo'g'on sim yoki trosni quvur ichiga ingichka sim yordamida (agar u il-
gari kiritilgan bo'lsa) yoki suvga qiya qilib tushirilgan qalqovichli arqon 
yordamida tiqiladi. Diametri 0,7 m bo'lgan quvurlarni ishchi ko'rib chiqadi va 
ilmoqlar, qirg'ichlar yordamida tozalab, suv bilan yuvib tashlaydi. 
Suv qochirish va boshqa zovurlarni bahorda quyi nuqtalaridan bosblab 
erigan suvlar oqimi bo'ylab tozalanadi. Agar yuzadagi suvlar bevosita ochiq 


zovurlarga tushadigan bo'lsa, zovur chetlari yuvilib ketmasligi uchun qirg'oq 
bo'ylab chuqur bo‘lmagan ariqchalar ochiladi yoki qirg'oqqa tuproq marza yot-
qiziladi. Bahorgi toshqinlar tugagach, zovurlarni chetlarini tuzatib, mustahkam-
lab, ichiga surilib tushgan tuproqlar olib tashlanadi. 
Suv qochirish va drenaj tizimining texnik holati kuzda ham tekshiriladi va 
zarur bo‘lsa, ochiq va yopiq inshootlar tozalanadi. Qish mavsumida 
yomg‘ir va erigan suvlarni o'ziga oladigan quduqlarni yog'och qopqoqlar 
bilan berkitib, to'l somon katlar, yoki tunuka bilan yopib, ustidan metall panjara 
qo'yiladi. Iliq kunlar bo'lganda yoki yomg'ir yoqqanda qopqoqlarni vaqtincha 
olib qo'yib, yer usti suvlari ketib, havo soviy boshlasa, yana yopiladi. Bahorda, 
qor erishdan oldinroq hamma suv qabul qilish inshootlari yana ochiladi. 
Usti berkiladigan inshoot larning teshiklarini qor bosib qolmasligi uchun 
faner bilan berkitib qo'yiladi, bahorda va qishki iliq kunlarda olib qo'yiladi. Qor 
kam yog'adigan, qish uzoq cho'zilmaydigan hududlarda faner bilan yopmasdan, 
vaqti-vaqti bilan tozalab turilsa, kifoya. 
Uchish maydonlari va aerodrom qoplamalarini qisman suv bosib qol-
masligining oldini olish maqsadida: yoz va kuz mavsumlarida gruntli 
zovurlarning baland tomonlariga ariqchalar qazib, tarnov yotqiziladi (loyihaga 
binoan): qorlar eriy boshlagach, qor ustida vaqtinchalik ariqcha ochib, suvlarni 
uchish maydonidan chetga yo'llanadi; qor erishidan hosil bo'lgan suvlar oqib 
ketishini muntazam kuzatib, ariqchalar tiqilib qolishiga yo'l qo'yilmaydi. 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish