Z sh. Shovqiyev, F. N. Oqbo‘tayiev



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/203
Sana12.07.2022
Hajmi7,76 Mb.
#778214
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   203
Bog'liq
aerodromlar yerusti xizmati vositalari va mashinalari

 
 


§ 1.2. Aerodrom inshootlarini ta'mir ishlarining turlari 
Aerodrom inshootlarining ta'miri ikki xil: joriy va kapital bo'ladi. 
Joriy ta'mir - inshootlar bevaqt yeyilib ketishiiiing oldini olish uchun te-
zkorlik bilan mayda shikastlarni bartaraf etishga qaratilgan ta'mir ishlaridan 
iborat. Bunday ta'mir qoplamaning yuk ko'tarish qobiliyatini va mustah-
kamligini oshirmaydi, lekin ekspluatatsiyada ishonchlilikni, xavfsiz uchish-ni 
ta'minlaydi. Joriy ta'mir, qoidaga ko'ra, uchishlar orasida yil davomida, asosan 
iliq va ob-havo qulay paytlarda bajariladi. 
Joriy ta'mir rejali va kutilmagan bo'lishi mumkin. Rejali ta'mir inshoot-
ning ekspluatatsiya ishini tashxis qilish, koncona rahbarini tasdig'idan o'tgan 
grafik asosida bajariladi. Kutilmagan ta'mir shunday zarurat tusilganda bajari-
ladi. Bunday ta'mirlar stixiyali falokatlar, avariyalarda yuzaga keladi, buning 
uchun yetarli darajada materiallar zaxirasini, texnika vositalarini ushlab turish 
lozim. 
Kapital ta'mir inshootlarni tuzatish, yeyilgan va deforrnatsiyalangan gle-
mentlarni almashtirish hajmi katta (25% gacha) bo'lgandagi ta'mirdir. Joriy 
ta'mirdan farqi shuki, bu ta'mir bir necha yilda bir marta, zarurat tug'ilganda, 
uchishlami to'xtatib bajariladi. Ba'zi holatlarda, masalan, asfaltbeton qoplab, 
mustahkamlashda uchishlar to'xtatilmasligi mumkin. 
Kapital ta'mir kompleks va tanlama bo'lishi mumkin. Birinchisida in-
shootning hamma elementlari, ikkinchisida ayrim elementlar ta'mirlanadi. 
Kompleks ta'mir uchishlar jadalligiga ta'sir etsa yoki ayrim konstruksiyalar va 
uchastkalar falokatli vaziyatda bo'lsa, tanlama kapital ta'mir qilinadi. Inshoot 
juda eskirib, yeyilib ketgan va qayta qurish lozim bo'lsa, kompleks kapital 
ta'mir iqtisodiyjihatdan ma'qul bo'lishi mumkin. Bikr qoplamalarni ta'mirlashda 
qator usullar bor. Ta'mir usullari ta'mirlash materiallarining nuqsonli yuza bilan 
mustahkam biriktirishga qaratiladi. Nuqsonli yuzalarga dastlabki ishlov beri-
ladi, notekis joylarni, sementbetonning bo'shashib qolgan joylarini qirqib 
oladigan maxsus mashinalar ishlab chiqilgan, samarali yopishtiruvchi moddalar 
(lateks, etinol loki, epoksidli va kolloid-sementli yelim va boshqalar) topilgan. 
Polimersementli aralashmalar ishlatiladi. Ular epoksid-toshko'mirli, epoksid-
bitumli yopishtiruvchi moddalar asosida yaratilgan. Optimal tarkibli po-
limersementli betonlar oddiy sementbetonlarga qaraganda cho'zish, bukish va 
siqishda mustahkamroq (2-3 marta), yaxshi ilashadi, suv o'tkazmaydi, sovuqqa 
chidamli. Polimerbe-tonlarning yopishuvchanligi ancha yuqori. Biroq po-
limersementli aralashmalar yetarli darajada mustahkamlikka erishishi uchun 
12-15 sutka qotirish kerak. Bu uchish ishlarini to'xtatib qo'yishni talab qiladi. 
Bitumlarga sintetik qatron aralashtirib atmosfera va harorat ta'siriga chidam-
liligini oshirish bo'yicha qator natijalarga erishiladi, issiqqa, sovuqqa chidamli, 
ko'proq zarbali va titratma yuklamalarga bardosh beradigan plastasfaltbetonlar 


hosil qilinadi. Bular poliizobutilen , polixlorproilenli kauchuk (Angliyada), bu-
tadpekstirolli lateks (Germaniyada), neopren (AQSh da). 
Eng yaxshi ta'mirlash materiallariga quyidagilar kiradi: mayda zarrali, 
yuqori mustahkam sementbeton; cho'kish bermaydigan sementdan olingan 
yuqori mustahkam sementbeton; kengayadigan va tez qotadigan sement-
betondan, tuproqli sementdan hosil qilingan sementbeton; kolloidli sementli 
yelim; suyuq shisha aralashgan tezqotar beton; epoksidli-toshko'mirli polimer-
beton; epoksid-bitumli bog'lovchi modda; sirtaktiv qo'shilmalar DABA va 
ABDA qo'shilgan epoksid yelim va polimerbeton; rezorsinfor-malqdegidli qa-
tron asosidagi polimerbeton, «Izol» mastikasi; rezina-bitumli yopishtiruvchi 
(RBYo); issiqbardosh mustahkam bitum mastikasi-polimerbitumli (BMTV-1); 
RBYo asosdagi asfaltbeton aralashmasi. 
Yuzadagi yemirilishlarni (sho'ralash, uvalanish), plitalar chetining sin-
ishini, chuqurligi 5 sm gacha bo'lgan g'ovaklar va o'yiqlarni ta'mirlash uchun 
tekislovchi himoya qatlamlar (yamoq) yotqiziladi; SUQM (sun‘iy qoplamali 
uchish-qo‘nish yo‘lagi) va perronlarni ta'mirlashda tez qotadigan sement, BY 
(burilish yo‘lagi)ni ta'mirlashda organik yopishqoq materiallar ishlatiladi. 
Yuqori mustahkamlikka ega sementbeton, polimer aralashmalar ham ishlati-
lishi mumkin. BY ga yotqiziladigan yamoq bitum yoki rezinka bitum 
yopishtiruvchidan, RBYoda esa asfaltbetondan bo'lishi mumkin. 
Plitalar chetining sinisini, g'ovaklar va chuqurligi 5 sm dan ko'p bo'lgan 
o'yiqlarni ta'mirlash uchun yuqori mustahkamlikka ega mayda donali se-
mentbeton, cho'kmaydigan sementli sementbeton, tez qotadigan sementbeton 
qo'llanadi, tezkor ta'mirda esa polimerbeton va suyuq shisha aralashgan mayda 
zarrali sementbeton ishlatiladi. 
Yuzadagi mayda darzlarni ta'mirlash uchun bitum, «Izol» mastikasiz 
epoksidli yehm, parron darzlariga esa sementli aralashma, kengayadigan se-
ment qo'shilgan kolloid-sementli yelim, rezina-bitoni bog'lovchi, qum-
epoksidli aralashma va «Izol» mastikasi (darz eni 6 mm dan ko'p bo'lsa, issiq 
holda, 6 mm gacha bo'lsa sovuq holda) ishlatiladi. 
Plitalar qiyshayib, cho'kib hosil bo'Igan notekisliklarni, yuzadagi botiqli-
klarni to'g'rilash uchun ikki usul qo'llanadi: 1) turtib chiqqan joylarni ran-
dalash; 2) pasayib qolgan joylarni tepa joylarga moslab tekislash. Vaqtinchalik 
asfaltbeton aralashma qo'llanishi mumkin. Plitalar 10 sm dan ortiq cho'kkan 
bo'lsa, sementbetondan yangi qatlam yotqizib, plitani kerakli balandlikka 
ko'tarib, agar parchalanib ketgan bo'lsa, olib tashlab, yangisini qo'yib tekisla-
nadi. 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish