KO‘CHIM TURLARI VA ULARNI OZBEK SHERIYATIDA QOLLANILISHI
Go‘zalxon Muhammadjonova
Fargona davlat universiteti Filologiya fanlar dotsenti
Shoira Oxinjonova
Fargona davlat universiteti 1-kurs magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada kochim va ularni ozbek sheriyatida qollanilishi yuzasidan fikr va mulohazalar yuritilgan. Istiora, tashbih, tashxis kabi kochimning turlariga alohida to‘xtalib, tahlil qilinadi, misollar bilan izohlanadi.
Kalit sozlar: kochim, troplar, istiora, tashbih, tashxis.
Haqiqiy ijodkor oz dardini ijodi mahsuliga aylantirmay, balki ozgalar dardiga malham boladi, insonlar qalbiga ezgulik urug`larini ekadi. Fasllar almashinishi tabiatning ozgarmas qonuniyatining tabiiy jarayoni hosilasi. Badiiy adabiyotda ham nuroniy avlodlar orniga navqiron nasllarning kirib kelishi manaviy ehtiyoj, ruhiy zarurat taqozosidir. Rauf Parfi ijodida ayni shu holatlarga guvoh bolish mumkin. Ayniqsa, yetuk falsafiy fikrlar bilan birga badiiy tasvir vositalari hamda badiiy san’atlardan mahorat bilan foydalangani e’tirofga sazavordir. Buni birgina shoir ijodida qollangan istiora san’ati orqali ham korishimiz mumkin.
Ko‘chimlar deyilganda «adabiy asarning badiiy qimmatini, ifodaliligini, ekspressivlikni kuchaytirish uchun bir narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga kochirish yoki sozlarning umuman ko‘chma manoda ishlatilishni» nazarda tutiladi. So‘z manosining kochish jarayonlari turli korinishlarda voqe bo‘ladi, bu jarayonlar va ularning natijalari sifatida yuzaga keladigan hodisalar, bu hodisalarning turlari, o‘ziga xos xususiyatlari kabi masalalar o‘zbek tilshunosligida ancha batafsil organilgan. Ko‘chimlar deyarli ko‘pchilik adabiyotlarda «troplar» atamasi ostida o‘rganilgan.
Istiora arabcha soz bolib, biror narsani omonatga olmoq degan ma’noni ifodalab, adabiy asarda sozni oz ma’nosidan boshqa bir ma’noda, aniqrog‘i uni haqiqiy ma’nosida emas, balki majoziy bir ma’noda qollash san’ati sanaladi. Kopincha bu ikki ma’no ozaro oxshashlikka asoslanadi.
G‘aroyib gullarim bordir narida,
Gulim, kormagansan umringda hali. [6]
Ushbu banddagi gulim sozi oz ma`nosida qollanayotgani yoq, ya’ni shoir haqiqiy gulga emas, balki gul kabi gozal mahbubaga murojaat qilmoqda. Binobarin, gul sozi mahbuba, inson ma’nosida ishlatilgan va istioraning gozal na`munasi yaratilgan.
Ozbek mumtoz adabiyotida ham, yangi shakllangan modern adabiyotida ham tashbih san’atidan ijodkorlar keng va orinli foydalanib, she’riyatda ajoyib na`munalar yaratganlar. Tashbih sharq adabiyotida keng tarqalagan san’atlardan biri bolib, oxshatish degan ma`noni bildiradi. Ikki narsa yoki tushunchani ular ortasidagi haqiqiy yoki majoziy munosabatlarga kora oxshatish san’atidir1.
Badiiy tafakkurning eng qadimiy elementlaridan biri hisoblangan oxshatish san`atining tarixiy ildizlari juda uzoqlarga, aniqrogi, poetik tafakkur taraqqiyotining ilk bosqichlariga borib taqaladi2. Shunday tarixiy ildizga ega bolgan tashbih san’ati nafaqat mumtoz adabiyoti, balki zamonaviy she’riyatda ham oz malohatini tarannum etmoqda. Ayniqsa, Rauf Parfi ijodi bu sozimizga tasdiq boladi:
Og‘zim tola sozlar jigarlarim, ey
Ortiq sizni asray olmayman
Bilganingizni qilingiz. [5]
Shoir shunday rassomki, hech qayerdan topilmas boyoqlar bilan har kim ilg‘ay olmaydigan san’at asarlari yaratadi. Siyqasi chiqqan odatiylikdan yiroqda, hech kimga oxshamagan, ozgacha va ayricha ijod qiladi. She’riyatni butun borlig‘i va sozni esa jigarlarim deya betakror oxshatishlar qiladi va tashbihning ajoyib namunasini yaratadi.
Yulduzlarga qarayman men ham,
Do'stlaringiz bilan baham: |