Z. N. Mamarajabova ona tili o’qitish maxsus metodikasi



Download 3,53 Mb.
bet13/70
Sana13.07.2022
Hajmi3,53 Mb.
#790358
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70
Bog'liq
ona tili Mamarajabova

Maxsus metodlar. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan o‘quvchilarni bolalar maxsus maktabida o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan ma’lum bir o‘quv fanini o‘zlashtirish, o‘qitishda qo‘llaniladigan metodlar tushuniladi. O‘quv materialining ahamiyatli tomonlari va shu o‘quv materialining kar bolalar tomonidan o‘zlashtirish xususiyatlariga tayaniladi, muhim metodologik metodlar, o‘qitishning tashkiliy shakllaridan foydalaniladi.


Xususiy metodlar. Xususiy bo‘limlar ustida ish olib boruvchi surdopedagoglar tomonidan qo‘llaniladigan metodlar, shitishda nuqsoni bо‘lgan o‘quvchilarni bolalarning so‘zli nutqini muomala vositasi sifatida shakllantirish, talaffuz va labdan o‘qishga o‘rgatish kabi ishlarda qo‘llaniladigan metodlar.

Ona tiliga o‘qitishning ko‘rgazmali metodlari. Kuzatish metodi – atrof-olamni hissiy bilishning faol shakli bo‘lib, fan va hodisalarning ob’ektiv faoliyati haqida dastlabki tasavvurlarni paydo qiladi. U kar bolalarning aqliy rivojlanishining muhim manbaidir. Bu ishga asosiy diqqat kar bolalarni o‘qitishning dastlabki bosqichlarida ajratiladi.Atrof olamni o‘rganish kuzatuv metodidan foydalanish uchun katta imkoniyatlar ochib beradi..




Namoyish metodi – o‘rganilayotgan fanlar, hodisalar bilan hissiy-ko‘rgazmali tanishtirishdir. Bunda o‘quvchilarda obrazli tasavvurlar shakllanadi. Kar bolalar maktabida namoyishning turli shakllari (tabiatda mavjud bo‘lgan narsalar namoyishi, ularning tasviri, kinofilm va diafilmlar ko‘rsatish, sxemalar, jadvallar, xaritalar ko‘rsatish va hokazolar)dan foydalaniladi.

Ona tiliga o‘qitishning so‘zli metodlari. Hikoya – kar o‘quvchilarning bilimlarni muayyan tizimda o‘zlashtirishlariga ko‘maklashadigan amaliy materialni jonli, obrazli, emotsional bayon qilishdir. Surdopedagog so‘zi kar o‘quvchilar bilimlarining muhim manbaidir. Hikoyaning qimmatliligi shundaki, qisqa vaqt ichida


30
o‘qituvchi kattagina hajmli ma’lumotlarni berishi mumkin. O‘qitish metodi sifatida hikoya o‘quvchilarning bilimlarini yangi amaliy material bilan to‘ldirish zarur bo‘lganida qo‘llaniladi. Ushbu metod barcha sinflarda jami o‘quv fanlarini o‘qitishda ishlatiladi.O‘qituvchining nutqiga qo‘yiladigan talablar nihoyatda muhimdir. U artikulyatsiyaga zo‘r bermasligi, yuzi yaxshi yoritilgan, nutqi aniq; ifodali, ravon, barcha orfoepiya meyorlariga rioya qilingan bo‘lishi kerak. O‘qituvchining nutq sur’ati nutqiy material xususiyati va o‘qitish bosqichiga bog‘liq bo‘ladi. Kichik yoshdagi bolalar sinflarida hikoyadan foydalanilganda surdopedagogning nutqi meyordan sekinlashgan, aniq, lekin tabiiy artikulyatsiyali bo‘lishi darkor. O‘quvchilarning ko‘rib, eshitib qabul qilish ko‘nikmalari rivojlanib borgan sayin o‘qituvchining nutqi so‘zlashuv sur’atiga ega bo‘la boradi.




Tushuntirish – so‘zli metodi ishlatilishi jarayonida hodisalar qonuniyatlari ochib ko‘rsatiladigan, sabab-oqibat bog‘lanishlari aniqlanadigan so‘zli metoddir. O‘qituvchining tushuntirishida hamisha mulohaza, isbot va xulosalar ko‘p bo‘ladi. Uning tushuntirishi o‘qitilayotgan hodisalar va qonun-qoidalar mohiyatini ochib berishga qaratilgan. Tushuntirish o‘quvchilarning faol fikrlash faoliyatini nazarda tutadi. Bunda o‘quvchilarning mustaqilligi, ularning kitob bilan, ko‘rgazmali va didaktik material bilan ishlay olishi muhimdir.Pedagog vazifasi – zaruriy yordam ko‘rsatgan holda karlarning amaliy va fikrlash faoliyatiga moxirlik bilan boshchilik qilishdir. Tushuntirish fan asoslarini o‘qitish metodi sifatida maktab amaliyotida hikoya, suhbat, ko‘rgazmali va amaliy metodlar bilan birga ko‘riladi.


Suhbat. Monologik bayondan farqli ularoq, suhbat dialogik so‘zlashuv metodidir. Uning qimmati shundaki, u surdopedagogga o‘quvchilar faoliyatini ancha faollashtirishga imkon beradi. Mulokotning savol-javob shakli kar o‘quvchilarda dialogik nutqni shakllantirishga ko‘maklashadi.Suhbat turlicha pedagogik maqsadlar bilan o‘tkazilishi mumkin. Shunga ko‘ra, uning xususiyati va o‘tkazish uslubiyati o‘zgaradi. Jumladan, surdopedagog amaliyotida kirish suhbati keng qo‘llaniladi. Shu jarayonda surdopedagog kar bolalardagi bilimlar darajasi, hajmi va xususiyatlarini aniqlaydi. Bunday qilish keyingi ishlar uchun va materiallarni o‘qitish metodlarini belgilash uchun boshlang‘ich nuqta bo‘ladi. Kirish suhbati kar o‘quvchilarning ilgari o‘zlashtirgan bilimlarini dolzarblashtirish va ularni yangi materialni qabul qilishga tayyorlashga yordam beradi.Suhbat o‘tkazishda surdopedagogning savollarni tanlashi va ta’riflashi eng qiyini hisoblanadi. Savollar kar o‘quvchilar haqiqiy bilimlarini aniqlashgagina emas, balki hodisalarning sababiy bog‘lanishini, o‘zaro aloqadorligini tushunib olishga, ularning mohiyatini anglashga qaratilishi lozim. Bu esa o‘quvchilarni evristik izlanishga rag‘batlantiradi.Suhbat boshqa metodlar: suhbatga kiritsa bo‘ladigan hikoya, suhbatga qo‘shimcha qilinadigan namoyish va hakozolar bilan uzviy bog‘langandir. Xususiyatiga ko‘ra suhbat axborot – reseptiv, reproduktiv yoki izlanish metodlariga kiritilishi mumkin. Uni o‘tkazishning mantiqiy yo‘li ham turlicha bo‘lishi mumkin.Suhbat usulidan foydalanganda kar bolalar fikrlash faoliyatining kuchayishi bilan bir qatorda ularda nutqni ko‘rib qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, eshitib qabul qilishni rivojlantirish, shuningdek, nutqning to‘g‘ri talaffuzi ustida ishlash uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
31
Ona tiliga o‘qitishning amaliy metodlari. Darslik va kitob bilan ishlash

– kar o‘quvchilar uchun muhim bilim o‘chog‘i hisoblanadi.. Kar o‘quvchilarning kitob bilan ishlashi birinchi o‘quv yilidan boshlanadi. Sinfdan sinfga ko‘ chgan saralash faoli yatlari murakkablashadi. Bundan tashqari, surdopedagog darslik bilan ishlashgina emas, kar o‘quvchilarni turli toifadagi lug‘atlar va ma’lumotnomalardan foydalani shga ham o‘rgatadi.




Amaliy ishlar – o‘quvchilar bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlashga, shuningdek, bilimlarni amaliyotda qo‘llash, nazariya bilan amaliyot o‘rtasidagi aloqani o‘rnatishga qaratiladi.Amaliy ishlar bilim va malakalarni shakllantirishda kar o‘quvchilarning mustaqilligini va bilish faolligini rivojlantirishda, ularni hayot va mehnat faoliyatiga tayyorlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Amaliy ishlar barcha sinflarda, barcha o‘quv fanlarini o‘zlashtirishda qo‘llaniladi.Karlar maktabining quyi sinflarida amaliy ishning o‘ziga xos ko‘rinishi o‘quvchilarning ko‘rgazmali amaliy faoliyatidir. Bunga quyidagilar kiradi: predmetli-amaliy faoliyat, o‘lchov ishlari faoliyati va boshqalar. Kar o‘quvchilarning quyi sinflarida predmet amaliy ta’lim (predmetli-amaliy ta’lim) faoliyatining qurish-yasash, applikatsiya modellash, konstruktorlash ishlari keng tarqalgan.


Mashq – o‘qitishning muhim metodlaridan biridir. Bu metod kar bolalar maktabining barcha o‘quv fanlarini o‘qitishda keng qo‘llaniladi. Mashqning metodikasi va xarakteri o‘quv fanining xususiyatlariga, aniq materialga va o‘zlashtirilayotgan savolga bog‘liq. Mashq qoida bo‘yicha qayta tiklovchi (reproduktiv) metodga tegishlidir.Mashqlarni rejalashtirish asosida surdopedagog sinf rejasini va har bir o‘quvchining yakka xususiyatlarini inobatga olishi lozim.


O‘qitishning o‘ziga xos xususiy metodlari. Surdopedagoglarga ushbu metodlarning ilmiy-nazariy asosi va tavsifi berilgan. Ulardan biri kar o‘quvchilarning so‘zlashuv nutqini shakllantirish hisoblanadi. Shuningdek, kar o‘quvchilarning eshitish idrokini shakllantirish ishlari o‘quv-tarbiya jarayonining o‘ziga xos jihati hisoblanadi. Uning vazifasiga kar bolalarning saqlangan qoldiq eshituvini maksimal darajada rivojlantirish, nutqiy ovozlar olami haqidagi tasavvurlarini boyitish kiradi.



Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish