Z. N. Mamarajabova ona tili o’qitish maxsus metodikasi



Download 3,53 Mb.
bet15/70
Sana13.07.2022
Hajmi3,53 Mb.
#790358
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70
Bog'liq
ona tili Mamarajabova

Darsga qо‘yiladigan psixologik talablar

Dars samaradorligi kо‘p jihatdan о‘qituvchining о‘z о‘quvchilari rivojlanish xususiyatlari haqida ma’lumotga ega bо‘lishiga bog‘liq bо‘lib, о‘qituvchi doimo har bir darsini rejalashtirish va olib borishida о‘z о‘quvchilarining idroki, diqqati, xotirasi, tasavvuri kabi xususiyatlarini nazardan chetda qoldirmasligi lozim. О‘z о‘quvchilarining ruhiy jarayonlari haqida aniq ma’lumotga ega bо‘lish о‘qituvchiga ishning samarali shakl va metodlarini tanlashda katta yordam kо‘rsatadi.


Ma’lum-ki, jismoniy va aqliy rivojlanishida muammolari bо‘lgan bolalar nazariy bilim, kо‘nikma va malakalarni egallashda о‘ta qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar. О‘qituvchining bolalarga bо‘lgan iliq munosabati, mohirona qо‘llab– quvvatlovi, muloqot о‘rnata olishi о‘quvchilarda nafaqat darslarda faol ishtirok eta olishlarini uyg‘otadi, balki ulardagi о‘z imkoniyatlariga ishonchni, ya’ni optimistik ruhiyatlarini yuzaga keltiradi.




Darsga qо‘yiladigan gigiyenik talablar

О‘quvchilar ishchanlik qobiliyatlarining holati gigiyenik talablarga qay darajada rioya qilinishiga bog‘liq sanaladi. YA’ni har bir darsda quyidagi gigiyenik talablarga :



  • Sinf devorlarining talab darajasidagi ranglarda bо‘yalishi;




  • Sinf xonasining meyordagi yorug‘likka ega bо‘lishi;




  • Sinf xonasini darsdan oldin va darslar о‘rtasidagi tanaffuslarda shamollatib turilishi;




  • Bolalar toliqishining oldini olish maqsadida faoliyatning

turli – tuman kо‘rinishlaridan foydalanish;


36


  • Dam olish daqiqalarini о‘tkazib turish;




  • Darslar о‘rtasida majburiy tanaffuslarga rioya qilinishi lozim. Ba’zi о‘qituvchilar о‘quvchilarning о‘quv materialini ajratilgan vaqt mobaynida egallay olmasliklari sababli tanaffus vaqtida ham ular bilan shug‘ullanishga harakat qiladilar. Bu esa о‘z navbatida, bolalarning nafaqat avvalgi о‘quv soati materialini, balki keyingi dars materialini ham о‘zlashtira olmasliklariga sabab bо‘lishi mumkin va h.



Darsga qо‘yiladigan tashkiliy talablar

Darsning samaradorligi о‘tkaziladigan о‘quv xonasining holati, uning zaruriy jihoz va uskunalar, korreksiyani amalga oshirish imkonini beruvchi apparatura va texnik vositalar, kо‘rgazmali va didaktik materiallarning shayligiga ham bog‘liq hisoblanadi. Bо‘lib о‘tadigan darsga texnik vositalar (masalan kar va zaif eshituvchi bolalar maktablarida ovozkuchaytirgich, kо‘zi ojiz bolalar maktablarida turli kо‘rish о‘tkirligini kuchaytiruvchi lupa va b.) va boshqa uskunalarining tayyorligi bir kun avval (yoki darsdan kamida bir soat avval) tekshirib kо‘rilishi, nosozliklar esa bartaraf etib qо‘yilishi lozim. Ushbu imkon mavjud bо‘lmagan sharoitlarda о‘qituvchi dars mobaynida birlamchi muammoni kompensatsiyalash (masalan, eshitish apparatining о‘rnini bosish maqsadida labdan о‘qishga e’tibor qaratish va h.) choralarini kо‘rishi lozim.


Dars va amaliy mashg‘ulotlarni tо‘g‘ri rejalashtirish uchun о‘qituvchi, avvalo, «Mavzuni maxsus pedagogikaning eng sо‘nggi zamonaviy talablariga muvofiq о‘ta olamanmi yoki buning uchun yana alohida tayyorlanishim kerakmi?» hamda «Namuna sifatida ishlab chiqilgan dars reja va ishlanmalari mavjudmi?» kabi savollarga javob berishi kerak.


Shundan keyingi bosqichda о‘qituvchi о‘z о‘quvchilarining dastlabki bilim va kо‘nikmalarini aniqlab olishi lozim.


Buning uchun quyidagi asosiy savollar qо‘yilishi lozim:



  • Dars yoki mashg‘ulotni о‘tkazish uchun о‘quvchilarning dastlabki bilimlari qay darajada?




  • Dars yoki mashg‘ulotni о‘tkazish uchun qanday shart-sharoitlar mavjud?




  • Qanday ta’limiy mazmunlar о‘rgatilishi kо‘zda tutilmoqda?

Rejalashtirish uchun yuqoridagi savollarni о‘rganib chiqish – dars yoki mashg‘ulotning boshqa barcha tayyorlash harakatlariga asosdir. Bu tushunchalar va savollar о‘rtasidagi uzviylik quyida keltirilgan omillar orqali aniq kо‘riladi.


Maqsad. Har bir dars yoki mashg‘ulotda oldindan belgilangan maqsadlarga rioya qilishi lozim. Odatda о‘quv dasturi asosida belgilashimiz mumkin bо‘lgan aniq bir maqsadga erishilishi lozim. Maqsadlar yozma ravishda nazariy dars rejasiga kiritiladi hamda maqsadga erishilgan yoki erishilmaganligi topshiriq (test)lar yordamida tekshirilib, mustahkamlanadi.


Har bir darsga maqsad qо‘yish muhim ahamiyat kasb etadi. Maxsus maktab, maktab-internatlarda о‘tiluvchi darslar oldiga 3 ta maqsad qо‘yiladi:


I Ta’limiy maqsad bolalarni о‘quv dasturi hajmidagi nazariy bilim va amaliy kо‘nikmalar bilan qurollantirishni nazarda tutadi;


37

  1. Tarbiyaviy maqsad о‘quvchilarni milliy istiqlol ruhida tarbiya-lash,ularning shaxsiy axloqiy sifatlarini shakllantirish, ijtimoiy hayotda о‘z о‘rnini topa olishlariga imkon beruvchi kо‘nikma va malakalarni shakllantirishni nazarda tutadi;

III Korreksion – rivojlantiruvchi maqsad alohida yordamga muhtoj bо‘lgan bolalar birlamchi muammolari oqibatida yuzaga keluvchi ikkilamchi muammolarni bartaraf etishni nazarda tutadi.


О‘qituvchi dars olib borish jarayonida nomlangan uch kо‘rinishdagi vazifalarni о‘zaro bog‘liq - uyg‘un holda hal etib borishi talab etiladi. holda hal etib borilishi talab etiladi.


Mazmun. Belgilangan о‘quv maqsadlariga muvofiq ravishda bilimlar sohaning mazmuni (shu jumladan kо‘nikma va malakalar) belgilanadi. Bu mazmunlar bir tomondan kerakli dastlabki bilimlarni (nazariy dars mazmunini) va boshqa tomondan topshiriqlarni bajarish uchun kerakli maxsus bilimlarni (amaliy mashg‘ulot mazmunini) inobatga olishi kerak.


Metod. Agar maqsadlar va mazmun aniq bо‘lsa, aynan shunday metodlar tanlab olinishi kerakki, ular shu maqsad va mazmunlarni о‘lchanadigan natijaga aylantira olishlari lozim. Bu munosabatda “an’naviy” va “interfaol metodlar” deb atalgan metodlar ta’lim beruvchi tomonidan tanlab olinadi va qо‘llanadi.


Sharoitlar. Sharoitlar deganda avvalo, birinchi navbatda moddiy – texnik shart sharoitlar tushuniladi. Bir tomondan, moddiy—texnik sharoitlar ya’ni binolar, sinf xonalari, о‘quv ustaxonalar, laboratoriyalar ularning jihozlanganlik darajasi, ashyo va qurollar va b. materiallarining umumiy holati va h. (chunki ular ma’lum sifat talablariga javob berishi kerak), boshqa tomondan esa, о‘quv vositalari tushuniladi, chunki ular о‘quv jarayonidagi bilimlarning о‘zlashtirilishiga yordam beradi. О‘quv maqsadlariga mо‘ljallangan kо‘plab о‘quv vositalari mavjud. Ammo asosiy omil vositalarining kо‘pligida emas, balki muayyan о‘quv maqsadiga erishish uchun ma’qul keladiganlarining tanlab olinishi hisoblanadi.


Tashkillashtirish. Yuqoridagilarning barchasi vaqt omilini inobatga olgan holda tashkil qilinishi lozim. Chunki har bir nazariy dars va amaliy mashg‘ulot uchun aniq vaqt meyorlari mavjud bо‘lib, aynan shu ajratilgan vaqt doirasida о‘quv maqsadlariga erishish lozim. Buning uchun nafaqat puxta reja, balki ishni unumli tashkillashtirish muhim omil hisoblanadi. Vaqt taqsimoti, davomiyligi va о‘quv joyi – tashkillashtirish jarayonida belgilanadi. О‘rgatish va о‘rganishni tashkil qilishning xilma-xil imkoniyatlari mavjud.


Natijalar. Dars yoki amaliy mashg‘ulot nihoyasi, albatta, uning oldiga qо‘yilgan maqsadlarga erishilgan yoki erishilmaganligini nazorat qilib borish kerakligini taqozo etadi. Shu maqsadda baholash vosita, metod hamda mezonlari belgilanadi. Bunday vositalar sifatida turli-tuman mashqlar, og‘zaki va yozma testlardan foydalanish mumkin. Ular о‘quvchilarning qobiliyati, bilim, kо‘nikma va malakalarini baholash imkoniyatini yaratadi.


Darsni kuzatish va tahlil qilish


38
Dars tahlili - о‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish va uni yuksak darajaga kо‘tarishga qaratilgan faoliyat bо‘lib, о‘z tarkibiga bir necha turlarni oladi.
Dars tahlilining turlari:

Tо‘la tahlil - о‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish sifatini nazorat qilish va о‘qituvchining ish uslubini о‘rganish maqsadida о‘tkaziladi.


Qisqa tahlil - о‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish sifatini umumiy baholash maqsadida о‘tkaziladi. Faqat asosiy didaktik kategoriyalarni (darsda asosiy maqsadlarning amalga oshirilganligi, barcha bilish topshiriqlarining bajarilganligi, rsjaning bajarilganligi) nazarda tutadi.


Kompleks tahlil - darsning maqsadi, uslubi, mazmuni, uni tashkil qilish shakllarining har tomonlama va о‘zaro bog‘liqlikda kо‘rib chiqishni nazarda tutadi.


Aspektli tahlil - dars tahlilining biror bir turini mо‘ljallaydi. Bu asosan nuqsonlarni yoki о‘qituvchi faoliyatining ilg‘or pedagogik usullarini aniqlash maqsadida qо‘llaniladi.


Darsni tahlil qilishni quyidagi tо‘rt guruhga bо‘lish mumkin:



  1. ilmiy tahlil;

  2. uslubiy tahlil;




  1. didaktik (ta’limiy) tahlil;

  1. umumpedagogik tahlil.

Ilmiy tahlil

Ilmiy tahlil berilayotgan bilimlarning ilmiy-nazariy jihatini, о‘quvchi bajarayotgan mustaqil ishning esa maqsadga yо‘nalishi jihatidan tо‘g‘riligini aniqlashni anglatadi. Darsning ilmiy tahlilida asosan kuyidagilarga e’tibor berish talab etiladi:



  1. qoida va ta’riflarning tо‘g‘ri bayon etilishi;




  1. mavzuga nisbatan о‘qituvchining ilmiy va ijodiy yondashishi;

  1. о‘qituvchi va о‘quvchining nutq madaniyati;




  1. darslik materiallarini qо‘shimcha adabiyot materiallari bilan boyitish va о‘quvchi bajarayotgan mustaqil laboratoriya ishlarning maqsadga muvofiq yо‘nalishi;




  1. о‘quvchi nutqining ravonligi, ongliligi, fikr va xulosalarning tо‘g‘ri, qisqa, ravon va mukammal bayon etilishining nazorat qilinishi;

ye) о‘quv fanining korreksion yо‘naltirilganligi, о‘ziga xos xususiyatlari.


Darsni ilmiy tahlil etishda о‘quvchi va о‘qituvchi faoliyati atroflicha о‘rganilish lozim. Qoida va ta’riflarning tо‘g‘ri bayon etilishi va mavzuga ilmiy yondashish bir-biridan ajralmagan holda tahlil qilinishi lozim. Chunki ular bir-birini tо‘ldiruvchi tavsifga ega bо‘ladi. Tahlilda tushuncha, qoida, ta’rif, nazariy bilimlar, malaka va kо‘nikmalarga о‘quvchilar tomonidan berilgan javoblar, о‘quvchilar faolligi ham tо‘liq


о‘z aksini topishi lozim.

Qoida, ta’riflarning tо‘g‘ri bayon etilishi kо‘p jihatdan о‘qituvchi nutqining ravonligiga, talaffuzidagi aniqligiga ham bog‘liq bо‘ladi.


Uslubiy tahlil

Darsda о‘qituvchi tomonidan qо‘llanilgan usullarning maqsadga muvofiqligi ta’limning turiga qarab belgilanadi. О‘quv materialini о‘quvchilarga tushuntirish jarayonida qо‘llanilgan usullarning shu materialga mosligi yoki mos emasligi uslubiy


39
tahlil davomida aniqlanadi. Dars usullarini tahlil qilishda quyidagilar hisobga olinishi kerak:

  1. Dars jarayonida о‘qituvchi va о‘quvchi faoliyatining tashkiliy shakllariga kо‘ra:

    1. hikoya usuli (о‘qituvchining о‘quv materialini bayon etishi kо‘rinishida);




    1. suhbat usuli.

2. О‘quvchilarning о‘zlashtirishi darajasiga kо‘ra:

  1. о‘qituvchining sо‘zlash usuli;

  2. darslik bilan ishlash usuli;

v) kо‘rgazmali qurollardan foydalanish usuli.

U yoki bu fanning о‘qitilishi uslubiy jihatdan tahlil etilganda, bir-biri bilan bog‘liq bо‘lgan quyidagi masalalar e’tiborda bо‘lishi lozim, ya’ni ta’limning:



  1. maqsadi;

  2. mazmuni;

  1. tashkil etish shakllari;

  1. manbalari;

  1. usullari.

Darsni tahlil etish jarayonida tahlil о‘tkazuvchi (yoki kuzatuvchi) quyidagi

metodik amallarga e’tibor berishi lozim bо‘ladi:



  1. Tushuntirishning sodda va barchaga tushunarliligi (ommaviyligi).




  1. О‘quvchilar tushunishlariga qulay, oson bо‘lishi uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish.




  1. Darslik materialiga qо‘shimcha ravishda о‘quvchilarning rivojlanish xususiyatlariga, shuningdek, ularning yoshiga kо‘ra moslab taqdim etish.




  1. Mustaqil ishlar berishda sinf о‘quvchilari imkoniyatining darajasi, yoshi va qobiliyatiga mos bо‘lishiga erishish va b. (differensial va yakka tartibdagi

yondashuv).
Didaktik (ta’limiy) tahlil

Didaktik tahlil - ta’lim turlari samaradorligi va uni belgilovchi qonunlarning darsda qanchalik tо‘g‘ri va mukammal bajarilganligini о‘rganishga qaratilgan.


Didaktik tahlil dars jarayonida о‘qituvchining ta’limdagi umumiy va о‘ziga xos tamoyillarning qay darajada tatbiq etayotganligini zrganishni nazarda tutgan holda quyidagi pedagogik talablarga qaratilishi lozim:





  1. о‘qituvchi bayonining sinf jamoasiga (barcha о‘quvchilarga) tо‘liq tushunarli bо‘lishi;

  2. bildirilayotgan fikrning g‘oyaviy jihatdan milliy g‘oya, tarbiya talablariga

hamoohang bо‘lishi;

  1. о‘quv materialining barcha о‘quvchilar tomonidan ongli ravishda

о‘zlashtirilishi;



  1. kо‘rsatmali qurollardan, texnika vositalaridan yetarli darajada va tо‘g‘ri foydalanish kо‘lami;




  1. tajriba, laboratoriya ishlarining kо‘zlangan maqsadga yо‘naltirilgan holda о‘tishiga erishish;

ye) darslik bilan ishlashning tо‘g‘ri bо‘lishi;


40

  1. keltirilayotgan misollarda, dalillarda ta’limiy-tarbiyaviy-korreksion maqsadlarning birligi va b.

  1. о‘quvchilar bilan korreksion ishlarning olib borilishiga e’tibor qaratilishi.

Umumiy pedagogik tahlil

Umumiy pedagogik tahlil - darsdagi hamma jihatlarning qisqa va yengil kо‘rinishdagi tahlilidir.


О‘qituvchi darsiga kirishdan oldin yoki darsi kuzatilgach, uning sinf qaydnomasini yuritish, о‘quvchilarning daftarlarini tekshirib borishning ahvoli, tarbiyachi, ota-onalar bilan olib borilgan ishlari kabi barcha faoliyatdagi yutuq va kamchiliklarini tahlil etilgan darsdagi yutuq, kamchiliklar bilan teng kо‘rsatib о‘tish foydalidir.


Darsni umumpedagogik jihatdan tahlil qilganda quyidagilar hisobga olinadi:



    • dars jihozlari;

    • sinf xonasining tayyorlik holati;

    • dars bosqichlaridan tо‘g‘ri foydalanish;




    • о‘qituvchining pedagogik-psixologik jihatdan namunali shaxs darajasiga kо‘tarila olishi;




    • о‘quvchilarning rivojlanishidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borgan korreksion ishlar;

    • о‘quvchi bilimiga kо‘yiladigan bahoning xolisona, izohli bо‘lishi;

    • о‘quvchilar intizomi;

    • tashqi va qulay psixologik muhit, ish sharoiti;

    • Download 3,53 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish