I .4-§. Dars -eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar maktabida ona tiliga о‘qitish shakli sifatida
Maxsus maktab, maktab-internatlarda tashkil etiluvchi ta’lim jarayoni о‘quvchilar sо‘zlashuv nutqini rivojlantirish zamirida о‘quv rejasida kо‘zda tutilgan fanlar bо‘yicha bilim, kо‘nikma, malakalar bilan qurollantirish, ijtimoiy hayotga uyg‘unlashuvning zaruriy sharti – kasbga yо‘naltirish hamda hayotiy kо‘nikmalarni shakllantirish masalalarini hal qilishni nazarda tutishi, ta’lim muassasasi о‘z ishining
pirovardida esa, ana shu vazifalarni hal
|
qilishga erishishi lozim. О‘quv–tarbiya
|
jarayoniga
|
qо‘yilayotgan
|
yangi talablar
|
muassasaning pedagog
|
xodimlariga,
|
eng
|
avvalo, о‘z о‘quvchilari
|
rivojlanish xususiyatlari haqida mukammal bilimga
|
ega
|
bо‘lish,
|
maxsus tashkil
|
etiluvchi ta’lim-tarbiya jarayonining
|
tub mohiyati
|
va
|
|
|
32
|
|
|
mazmunini anglab olish vazifasini yuklamoqda. Faqat shundagina defektolog-о‘qituvchi о‘ziga yuklatilgan vazifaning mohirona yechimiga ega bо‘ladi.О‘quvchilar tomonidan nazariy bilimlar hamda amaliy kо‘nikmalarning о‘zlashtirilishi о‘quv jarayoni (о‘qitish)ning turli-tuman shakllarida amalga oshiriladi.
О‘quv jarayonining tashkiliy shakllari о‘qituvchi va о‘quvchilarning ma’lum bir shart-sharoit va tartib asosida tashkil etiluvchi birgalikdagi о‘zaro faoliyati bо‘lib, ijtimoiy shart-sharoitlarga bog‘liq bо‘lib, didaktik tizimlar rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi hamda takomillashib boradi. Ushbu tashkiliy shakllar turli mezonlar asosida: о‘quvchilar soni (yalpi, jamoa, guruh, kichik guruh va yakka mashg‘ulotlar), о‘qitish(ta’lim)ni о‘tkazishning joyiga kо‘ra (maktab va maktabdan tashqari shakllar), о‘quv mashg‘ulotlarning davomiyligi va h.k.larga kо‘ra tasniflanadi.
Maxsus maktab, maktab-internatlarda о‘quv jarayonini tashkil etishning dars, ekskursiya, yakka tartibdagi mashg‘ulotlar, musiqaviy-ritmik mashg‘ulot, uy topshiriqlari, fakultativ mashg‘ulotlar о‘tkazilib, ularda asosiy e’tibor muassasaning oldiga qо‘yilgan vazifalar yechimiga qaratiladi.
О‘qitishning sinf-dars tizimi hozirgi kunga qadar, butun dunyoda barcha maktablardagi singari, maxsus maktab-internatlarda ham о‘quv faoliyatining eng kо‘p tarqalgan tashkiliy shakli bо‘lib qolmoqda.
Dars maktabdagi о‘quv jarayonining asosiy ish shakli sifatida ilk bor, XVII asrda zamonaviy pedagogika sohasida ushbu kunda ham о‘z ahamiyatini yо‘qotmagan
– “Buyuk didaktika” asarining muallifi Yan Amos Komenskiy tomonidan amaliyotga joriy qilindi.
Dars – о‘qitishning vazifalari, mazmuni, nizom va metodlarini о‘zida mujassamlovchi, о‘qituvchi rahbarligida о‘quvchilar jamoasi bilan aniq, belgilangan vaqtlarda jadval asosida olib boriluvchi о‘quv jarayonining asosiy shakli.
Maxsus maktab, maktab-internatlarda olib boriluvchi dars vazifalari eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar о‘qitish maqsadlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Sinf-dars tizimining о‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
didaktik tizimning asosiy birligi dars sanaladi;
dars bir о‘quv faniga bag‘ishlangan bо‘lib, о‘quvchilar о‘qituvchining maqsad sari yо‘naltirilishi, rahbarligi asosida faoliyat kо‘rsatadilar;
о‘qituvchining tutgan о‘rni nafaqat о‘quvchilarga о‘quv materialini yetkazib berish, balki uning har bir о‘quvchi tomonidan о‘zlashtirishlishiga erishishi, javobgarligi bilan belgilanadi;
sinf – taxminan bir xil yosh va xususiyatlarga ega о‘quvchilarning birlashuvi bilan, uning tarkibi о‘quv yili davomida deyarli о‘zgarmasligi bilan belgilanadi;
sinf dars jadvaliga muvofiq holda о‘quv reja va dasturlari asosida ta’lim oladi;
darslar barcha о‘quvchilar uchun avvaldan tuzilgan qat’iy jadval asosida olib boriladi;
о‘quv yili chorak hamda ta’til davrlari bilan, о‘quv kuni esa jadval asosidagi darslar miqdori hamda ular о‘rtasidagi tanaffuslar bilan belgilanadi;
о‘quv yili har bir о‘quv fanidan belgilangan dastur materiallarining tugallanishi bilan yakunlanadi;
33
maktab ta’limi bitiruv imtihonlari (bitiruv attestatsiya) bilan yakunlanadi.
Dars turlari (tiplari) ma’lum bir darslar guruhiga xos bо‘lgan belgilar yig‘indisi bо‘lib, ular asosiy maqsadlarning xususiyatlari, mazmuniy – metodik talablarga muvofiq holda belgilanadi. YA’ni har qanday dars о‘ziga xos xususiyatga ega bо‘lib, о‘zining aniq maqsadi, vazifalari va mazmuniga kо‘ra bir-biridan farq qiladi. Darsning qaysi tomonlari (belgilari) asosiy qilib tanlanishiga muvofiq holda о‘quv mashg‘ulotlarining turli – tuman kо‘rinishlari belgilanadi. Darslar mazmuni hamda olib borish usullariga kо‘ra guruhlashtirilishi mumkin (I.N.Kazansev). Asosiy didaktik vazifalariga kо‘ra maxsus maktab-internatlarda о‘tiluvchi quyidagi dars turlarini ajratish mumkin: kirish (propedevtik), о‘quv materiali bilan dastlabki tanishish, yangi bilimlarni egallash, egallangan bilimlarni amaliyotda qо‘llash, yangi kо‘nikma va malakalarni shakllashtirish, bilim, kо‘nikmalarni takrorlash va umumlashtirish, nazorat qilish va korreksiyalash, sinfdan tashqari о‘qish va h.k. Aralash dars turida о‘quv faoliyatini olib borishning tushuntirish, mustahkamlash, tekshirish, yakun yasash kabi turlari uyg‘unlashgan bо‘ladi. Yangi bilimlarni egallash darsida asosiy e’tibor yangi materialni о‘rganishga qaratiladi. Bilim, kо‘nikma, malakalarni hosil qilish va mustahkamlash darslarida kо‘proq amaliy faoliyatga, shuningdek, mashqlarga e’tibor karatiladi. Kо‘nikma va malakalarni takrorlash va umumlashtirish darslarida muayyan mavzular va bilimlar bо‘yicha о‘rganilgan о‘quv materiali tizimga solinadi. Laboratoriya darslari - olingan nazariy bilimlar laboratoriya sharoitida amalda qо‘llanadi, malaka va kо‘nikmalar shakllantiriladi. О‘quvchilar bilimini nazorat qilish, tekshirish va baholash darsida - о‘quvchilar turli xildagi sinov va nazorat, og‘zaki va yozma ishlarni bajaradilar. Bu darslarda asta-sekin maxsus maktablarda ham testlash usulidan foydalanish kiritib borilmoqda. Sinfdan tashqari о‘qish darsi - bolalarda о‘qishga, adabiyotga qiziqish va muhabbat uyg‘otish, badiiy adabiyot bilan ishlash kо‘nikmalarini shakllantirish, nutqiy kо‘nikmalarini shakllantirish, korreksiyalash, mustaqil nutqini rivojlantirishni kо‘zda tutadi.
Dars tuzilishi deganda uning о‘quv vazifasini bajarishga yordam beradigan qismlari.
bosqichlari nisbati va ularni amalga oshirish izchilligi tushuniladi.
О‘quv vazifasi va ishning mazmuniga kо‘ri dars qismlarining о‘rtasidagi nisbat о‘zgarib turadi. Ularning ayrimlari darsda asosiy о‘rinni egallasa, ayrimlari yordamchi ahamiyatga bо‘ladi yoki umuman ishtirok etmaydi. Darsning turlari tuzilishiga oid xususiyatlar tо‘g‘risida aniq tushunchalarga ega bо‘lish eng kо‘p uchraydigan dars turlari tuzilishining bosqichlarini kо‘rib chiqamiz.
Aralash darsning tuzilishi:
darsning borishini tashkil etish;
nutqiy mashqlar;
uy vazifasini tekshirish;
о‘tgan dars yuzasidan topshiriqlar;
yangi materialni bayon qilish (tushuntirish) (oraliqda - fizminutka);
о‘tilgan materialni mustahkamlash va takrorlash yuzasidan faoliyat;
darsga yakun yasash va uyga vazifa berish.
Yangi bilimlarni bayon etish darsining tuzilishi:
34
darsning boshlanishini tashkil etish;
nutqiy mashqlar;
yangi materialni bayon qilish (tushuntirish) (oraliqda - fizminutka);
о‘tilgan materialni mustahkamlash va takrorlash yuzasidan faoliyat;
darsni yakunlash va uyga vazifa berish.
darsning boshlanishini tashkil etish;
nutqiy mashqlar;
о‘quv jarayoniga kirish ishi: uy vazifalarini tekshirish, ilgari о‘rganilgan materiallar yuzasidan qisqa savol-javob va h.;
о‘quv materiallarini umumlashtirish va muayyan tizimga solish;
darsga yakun yasash va uyga vazifa berish
Maxsus maktab-internatlarda asosan (о‘quv vaqtining deyarli 80% ga yaqini) aralash (kombinatsiyalashtirilgan) dars turidan foydalanish keng tarqalgan.
Amaliy darslarda asosiy ish faoliyati maktab tajriba maydonchasida tajriba о‘tkazish, о‘quv xonalaridagi laboratoriya-amaliy mashg‘ulotlar, ishlab chiqarish ustaxonalarida amaliy tajriba о‘tkazish hisoblanadi. Asosiy dars turlaridan tashqari korreksiyalash, intergratsiyalashtirilgan hamda noan’anviy: dars-ertak, dars-sayohat, dars-seminar, dars-auksion, loyihalar bilan ishlash kabi darslar о‘tkaziladi.
Maxcus maktab, maktab- internatlarida olib boriluvchi darslar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Pedagogik talablar;
Psixologik talablar;
Gigiyenik talablar;
Tashkiliy talablar.
Maxsus maktab, maktab-internatlarida olib boriluvchi darslar о‘qitishning umumdidaktik va о‘ziga xos bо‘lgan tamoyillaridan kelib chiquvchi pedagogik talablarga javob berishi zarur. Ushbu talablarning asosiylari quyidagilardan iborat:
har bir dars aniq belgilangan mavzu va vazifalarga ega bо‘lishi;
darsning mavzusi uning vazifalariga mos, ilmiylikka yо‘naltirilgan bо‘lishi va xuddi shuningdek, о‘quvchilarga tushunarli, hayot bilan chambarchas bog‘liq bо‘lishi, individual va tabaqalangan holda yondashuv talablariga mos bо‘lishi;
darsning vazifalari hamda о‘quv jarayonining bosqichlari dasturiy talablardan, shuningdek, sinf о‘quvchilarining umumiy va nutqiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda belgilanishi;
dars jarayonida qо‘llaniluvchi metod va usullar о‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bо‘lishi, ularning ikkilamchi muammolarini bartaraf etish, umumiy rivojlanishlarini ta’minlash va ixtimoiy meyorlarni egallashga xizmat qilishi lozim;
sinf о‘quvchilarining bilish faoliyatlarini faollashtirishga yо‘naltirilgan ish usullaridan mohirona va о‘rinli foydalanishning oldindan loyihalashtirib qо‘yilishi;
35
har bir darsda о‘quvchilar tomonidan egallab borilayotgan bilim, kо‘nikma va malakalarning sifatining nazorat qilib borilishi;
alohida yordamga muhtoj bolalar rivojlanish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kо‘rsatmalilik, kо‘rgazmalilik, amaliy ish jarayoniga alohida e’tibor qaratish;
darsga oid bilim, kо‘nikma va malakalarning о‘quvchilar sо‘zlashuv nutqini muloqot quroli sifatida shakllantirish zamirida egallanishi;
darslarda nutqning turli-tuman shakllaridan foydalanish (bunda qaysi nutq shaklining yetakchi bо‘lishi bosqich talablaridan, shuninigdek, sinf о‘quvchilarining umumiy va nutqiy rivojlanishlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi);
eshitish qoldig‘ini rivojlantirish, labdan о‘qish malakasini shakllantirish ishlariga alohida e’tibor qaratish;
alohida yordamga muhtoj bolalar rivojlanish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda doskada bajariladigan ishga ajratilgan vaqt taqsimotiga jiddiy ahamiyat qaratish;
о‘quvchilar kо‘rish о‘tkirliklari pasayishining oldini olish maqsadida namoyish qilinuvchi rasm va namunalar о‘lchamlarini mos ravishda tanlash;
darsda qо‘llanuvchi sо‘z va iboralar kartochkalarda kо‘k rangda, bosma
harflarda berilishi (qizil,och yashil, pushti va shu kabi ranglar bolalar toliqishlarini keltirib chiqarish bilan bir qatorda kо‘rish о‘tkirligining pasayishi kabi asoratlarga ham olib kelishi mumkin) lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |