I –BО‘LIM ONA TILI О‘QITISH MAXSUS METODIKASI FAN SIFATIDA
I-BOB Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktabida ona tili korreksion o‘quv fani sifatida
I .1-§. Kar va zaif eshituvchi bolalar maktabida ona tili o‘qitish uslubiyati asoslari
Hozirgi kunda zamonaviy, har tomonlama komil, bilimdon, ishbilarmon yoshlarning kamol topishini ta’minlash maktab, oila va jamoatchilik tomonidan yoshlarga kuchli e’tibor, yetarlicha keng bilim berishni talab etadi. Bu masala о‘sib kelayotgan yosh avlodning о‘z ona tilini mukammal egallashisiz hal bо‘lmaydi. Ana shu avlodning tо‘laqonli a’zosi sifatida kar bolalar ham jamiyat rivojlanishida о‘z о‘rniga egadir. Ularning tilni egallashi sog‘lom tengdoshlariga nisbatan о‘ziga xos kechadi. Bu о‘ziga xoslik mazkur bolalarning nutqiy va umumiy rivojlanishiga ta’sir etadi. Ushbu cheklanganlik kar bolalarga ona tilini о‘rgatishda maxsus pedagogik, psixologik yondashishni, xususan, tilga maxsus о‘rgatishni tashkil qilishni talab qiladi.Eshitishning buzilishi aksariyat hollarda nutqsizlik, mazkur nuqson tufayli og‘ir nutq buzilishlari yoki umumiy nutq rivojlanmasligiga olib keladi. Kar bolada umumiy rivojlanish bilan bog‘liq holda nutqning shakllanishi ham о‘ziga xos kechadi.
Sog‘lom bolada nutq shakllanishining ilk davridagi kabi, kar bolada ham ovoz, un chiqarishlar sodir bо‘ladi. Tug‘ma kar bо‘lgan bolalarda ham gu-gulash, yig‘lash xususiyatlari bо‘lib, bular xuddi sog‘lom bolalardagidek tashqi yoki ichki muhitdan keladigan signallar–ochlik, tashnalik, sovuq, issiqqa bog‘liq bо‘ladi. Kar bolada eshitish idrokining nuqsonliligi tufayli о‘z-о‘zidan tashqi muhit bilan bog‘lanish vazifasini uning teri, ta’m, hid bilish, kо‘rish orqali sezish imkoniyati bajara boshlaydi. Kar bola 3-4 oylik bо‘lganda havo tо‘lqinlari (vibratsiya)ni sezishi kuzatila boshlaydi. Bunda kar bola havo tо‘lqinlarining tebranishi-vibratsiyani his qilishi orqali atrofdagilarni «eshitadi». qaysi tomondan tо‘lqinning kelishi bilan bog‘liq holda kо‘z qorachig‘i, bosh harakatlarini amalga oshiradi. Kar bolaning nuqsoni kо‘pincha 6 oylik, ya’ni о‘yinchoqlarga intilish, ulardan chiqayotgan ovozlarni farqlash, ovoz manbai tomonga qarashning sustligi yoki yuqligidan aniqlanadi.
Agar nuqson qanchalik erta aniqlanib, tо‘g‘ri tashxis qо‘yilib, kar bolaga e’tibor maxsus tashkil etilsa, nuqsonni bartaraf etish, bilinmaydigan holatga keltirish imkoniyati keng bо‘ladi. Aksincha bо‘lsa, ruhiy, jismoniy va ular bilan bog‘liq holda aqliy rivojlanishi orqada qoladi, ya’ni bola ijtimoiy muhitdan cheklangan holda rivojlanadi. Bunda ota–ona va yaqinlarining e’tibori qanchalik kuchli bо‘lmasin, maxsus yondashuv tashkil etilmas ekan, bolaning umumiy rivojlanishi orqada qolaveradi . Chunki eshitish idrokining vazifalari nihoyatda muhimdir. Kar bola nafaqat oddiy nutqiy tovushlarni, balki nonutqiy tovushlarni ham qabul qila olmaydi, qabul qilsa ham farqlay olmaydi. Shu bilan birga kar bola ovozli, sо‘zli nutq
14
mavjudligini, ular inson faoliyatini tashkil etishini, boshqarishini ham anglamaydilar. Natijada ular boshqalarning sо‘zlarini eshitmagach, о‘zlari ham sо‘zlarni talaffuz etishdek, gapirishdek oliy-ijtimoiy ne’matlardan bahramand bо‘la olmaydilar. Demak karlik juda chuqur insoniy sifatlarning shakllanishiga salbiy ta’sirini berganligi bois, kar bola jamiyatdan ajralib qolishi mumkin3.
Bola kо‘rib, ta’m, hid bilib, teri orqali sezib yashasa-da, bu harakatlar yashash uchun yetarli bо‘lmagan tizimiga mosdir.Kar va zaif eshituvchi bolada nutqning shakllanish mexanizmini aniqlash uchun ichki nutq mohiyatini anglash muhimdir. Ichki nutq rus olimlarining tadqiqotlarida quyidagicha ta’riflanadi: ichki nutq fikrning iqtisodiy ta’minoti, inson ongi va aqliy faoliyati mexanizmi, nazariy va amaliy faoliyatni rejalashtirish demakdir
“Aynan eshitish va nutqiy sezish ichki nutqning hosil bо‘lishi uchun asosdir, "о‘zgalar uchun nutqdan о‘zi uchun nutq" hosil bо‘ladi"-deb ta’kidlaydi A.S.Vigotskiy . Ushbu ma’lumotlar, ya’ni ilmiy qarashlar kar bolalarni tilga о‘qitishda о‘z о‘rniga ega. Bunda ichki nutq mexanizmining xususiyatlari uning eshitish qobiliyati nuqsonliligidagi о‘ziga xosligini aniqlashga imkon yaratadi. Bolada mantiqiy tafakkurning rivojlanishi uchun yetakchi va asosiy omil eshitish idrokining rivojlanishi hisoblanadi.
Fikrni nutq orqali ifoda etishda ichki nutqning ahamiyatini ochib berish bо‘yicha qator olimlar tadqiqot qilganlar . Ushbu tadqiqotlardan biz uchun muhim umumiy holatni keltiramiz, ya’ni ichki nutq natijasida fikr qurilmasi paydo bо‘ladi. Pirovardida u yoyiq nutqiy ifodaga aylanib qо‘llaniladi.
K.G Korovin kuzatishlarida fikr nutq shakllanishining birinchi komponenti sifatida tashqi kо‘zg‘atuvchi, ya’ni motivni tushunish hisoblanadi. Ikkinchi komponent sifatida ichki nutqda qurilgan fikr hisoblanadi. Nutq-fikrning hosil bо‘lishidagi bu bosqichda sо‘z tanlash, ya’ni ichki nutq kodining muayyan til birliklariga aylanishi sodir bо‘ladi.
Nutq hosil bо‘lishining uchinchi komponenti ichki nutq asosida fikr qurilmasini tuzish hisoblanib, bu bosqich fikr-gapning grammatik qurilishi bosqichi deb nomlanadi.
Tо‘rtinchi komponent fikrni nutqiy ifoda shaklida tashqarida qо‘llash hisoblanadi. Bunda nutqning tashqi bezagi-talaffuzi va intonatsiyasi, ichki bezagi esa-tuzilishi, grammatik qurilishi hisoblanadi4
Yuqorida keltirilgan "fikrdan nutqqacha yо‘l" ning ochib berilishi yuzasidan ma’lumotlar kar va zaif eshituvchi bolalarga til о‘rgatish amaliyotida qator xulosalarga olib keladi. Ular nutqiy murojaatlarning hosil bо‘lishida ichki nutq mexanizmlarining ahamiyatini ochib beradi va tafakkur bilan birga nutq orasidagi bog‘liqlikni namoyon qiladi.
Коровин К.Г. Практическая грамматика в системе специального обучения слабослышащих детей языку. – М., Педагогика, 19996. – 25 с.
Коровин К.Г. Усвоение основных грамматических понятий учащимся старших классов школы слабослышащих. –М.: Педагогика, 1988. -112 с.
15
I.Pavlov ta’limotiga asosan, nutq tafakkur zamiri hisoblanar ekan, u holda eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni о‘qitish mumkin bо‘lmaydi yoki cheklangan holda mumkindek tuyuladi. Biroq bu xulosa notо‘g‘ri, chunki kar va zaif eshituvchi bolalar ham sog‘lom bolalar qatori maxsus tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayoni natijasida maxsus belgilangan (aynan shu bolalar fiziologik, psixologik imkoniyatlaridan kelib chiqilgan) talablarni egallash imkoniyatiga egadir. Kar va zaif eshituvchi bolalarni tilni muloqot vositasi sifatida egallashga о‘rgatish jarayonining asosini sо‘zlashuv (og‘zaki, yozma) nutqini shakllantirish tashkil qiladi. Ushbu jarayonga psixologik-pedagogik tavsif berish kar va zaif eshituvchi bolalarda nutq shakllari va nutqiy vositalarning о‘zaro fiziologik, psixologik munosabatini tahlil qilishni taqozo qiladi.
Kar va zaif eshituvchi bolalarda nutqni shakllantirish va rivojlantirish boshqa sog‘lom analizatorlarga tayanish orqali amalga oshiriladi.Maxsus о‘qitish jarayonida eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda atrofdagilar og‘zaki nutqini qabul qilish malakalari shakllanadi, nutqiy ovoz va nafasdan foydalanish kо‘nikmalari ishlab chiqiladi, ayrim tovushlar, sо‘zlar va ularning birikmalarini talaffuz qilish asosida sо‘zlashuv nutqiga о‘qitishning dastlabki talablari bajariladi. Hatto oddiygina og‘zaki nutqni kо‘rib qabul qilish va talaffuz qilish surdopedagog hamda eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar tomonidan ma’lum vaqtni, mas’uliyatli e’tiborni talab qiladi. Shuning uchun og‘zaki nutq kar va zaif eshituvchi bolalarning eshituvchilar jamiyatida moslashishi uchun muhim vosita sifatida ta’limning boshlang‘ich (tayyorlov guruhi) davrida muloqot vositasi vazifasini bajara olmaydi.Eshituvchilar qо‘llaydigan nutqning yozma turi ham bu davrda о‘z xususiyatlari bilan kar va zaif eshituvchi bolalar uchun jonli muloqotda asosiy vosita sifatida ahamiyat kasb etmaydi. Kar va zaif eshituvchi bolalarga atrofdagilar bilan og‘zaki, yozma muloqot qilishni о‘rgatishdagi qiyinchilik birorta yordamchi vositaga, masalan, daktil nutqqa ehtiyojni tug‘diradi.
Daktil nutq orqali bola о‘z xohishi, istagi, iltimosini ifoda etadi va shu о‘rinda daktil nutqni qо‘llay oladigan atrofdagi insonlar fikrini tushunadi. Tayyorlov guruhiga kelgan bola daktil belgilarni juda tez va hatto darsdan tashqarida ham о‘zlashtiradi. Shuning uchun о‘qitishning dastlabki davrida daktil nutq sо‘zlashuv nutqining bir turi sifatida xizmat qiladi. Bu esa kar va zaif eshituvchi bolalarda sо‘zlashuv nutqini muloqot vositasi sifatida shakllantirishga atrofdagilar bilan nutqiy muomalani о‘rnatishga imkon beradi.
Agar kar va zaif eshituvchi bolalarga til о‘rgatishda birdaniga yozma yoki og‘zaki nutqdan foydalanilsa, ularning sо‘z-mantiq tafakkurining rivojlanishi, nutqni egallash jarayonlari sekinlashadi.
Daktillaganda bir belgidan ikkinchi belgiga о‘tish, ya’ni barmoq kinesteziyasi bolalarning nutqni egallashlarida muhim ahamiyatga egadir. qо‘l harakatlari orqali sо‘zni tafakkur qilish yetarlicha rivojlanmagan nutqiy organlarning nuqsonli harakatini kompensatsiyalovchi vositadir. Eshituvchilarning eshitish sezgisi qanchalik о‘z nutqini boshqarish imkonini bersa, kar va zaif eshituvchilar uchun esa bu vazifani barmoq harakatlari (daktillash) bajaradi. Daktil nutqqa о‘qitish bilan bir qatorda, eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni og‘zaki va yozma nutqqa о‘rgatish
16
sodir bо‘ladi.Og‘zaki nutqqa о‘qitish eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni daktil shaklda egallagan va nutqiy muloqotiga(lug‘atiga)kiritilgan sо‘zlarning talaffuzini egallashga majbur qiladi».-deb ta’kidlaydi T.K KorolevskaY. Artikulyatsiyaning rivojlanishi tovush talaffuzi va nutqiy kinesteziyaning mustahkamlanishi og‘zaki nutqning daktillashsiz qо‘llanilishiga olib keladi. Og‘zaki nutqdagi xatoni tuzatish tovush talaffuzining namunasini kо‘rsatish va tegishli daktilema bilan ifodalash, ya’ni sо‘zning tovush-harf tarkibini talaffuz qilish bilan birga daktillash orqali amalga oshiriladi.Daktil nutqni egallash о‘qish va yozishni egallashga yordam beradi. Daktil yordamida gapirganda eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar о‘qish va yozish malakalarining asosini tashkil qiluvchi jarayonni-sо‘zning analiz-sintezini amalga oshiradi. Barmoq harakati orqali sо‘zni qabul qilganda eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar sо‘zning grafik ifodasini emas, balki daktil shriftlar (belgilar)ni о‘qiydi. Sekin-asta daktil shriftlar harflar bilan almashtiriladi. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar bosma harfli sо‘z, jumlalarni daktillash orqali о‘qiy boshlaydi. Sо‘zning harfli tarkibini egallash og‘zaki nutq ustida ish davomida ham olib boriladi, ya’ni har bir talaffuz qilingan tovushga tegishli harf kо‘rsatiladi. Yozuvni egallash ham sо‘z tarkibini analiz-sintez qilishsiz amalga oshmaydi. Sо‘zlarni yozganda bolalardan daktillagan har bir harfning grafik ifodasini bilish talab qilinadi. Kar va zaif eshituvchi Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning og‘zaki nutqini rivojlantirish ham ta’limning dastlabki kunlaridan boshlanadi. Ular muloqotni egallash jarayonida tilning leksik va grammatik tizimini о‘rganadi. Eshitishning yо‘qligi yoki nuqsonliligi talaffuz malakalarini shakllantirish va og‘zaki nutqni qabul qilish bо‘yicha maxsus ishlarni amalga oshirishni talab qiladi. Har ikkala yо‘nalish ham о‘z maqsadi va vazifalariga egadir. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning eshitish qobiliyatini rivojlantirish yuzasidan F.Alimxо‘jayevaning tadqiqotlarida ma’lumotlar mavjuddir5.Ta’lim-tarbiya jarayonida ovoz kuchaytiruvchi apparatlardan foydalanish о‘qituvchining nutqini eshitib-kо‘rib qabul qilish imkonini beradi. Kar va zaif eshituvchi bolalarda og‘zaki sо‘zlashuv nutqini rivojlantirishning bir jihati axborotni qabul qilish, ya’ni atrofdagilar nutqini anglash bо‘lsa, ikkinchi tomoni о‘z fikrini talaffuz qilish, ya’ni axborotni og‘zaki tarzda yetkazish hisoblanadi. Surdopedagogika tarixining har bir davri vakillari shuni ta’kidlaydilarki, kar va zaif eshituvchilar tomonidan og‘zaki nutq faqat kо‘rish orqali qabul qilinadi. Bunda nutqiy organlar harakati nazarda tutiladi. Kar va zaif eshituvchi bolalar labdan о‘qiganda nutqiy organlarning alohida nutqiy harakatlariga tayanib emas, balki sо‘zni butun kontekstda qabul qiladi. Bunda fikrlash qobiliyati muhim rol о‘ynaydi. Bu о‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, labdan о‘qishning sifati bola nutqining rivojlanish darajasiga bog‘liqdir. Sо‘zlashuv nutqning rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bо‘lsa, labdan о‘qish malakasi shunchalik aniq bо‘ladi. S.A.Zikov shunday ta’kidlaydi: «Kar va zaif eshituvchi bola dastavval nutqiy materialni birdaniga 2 shaklda, ya’ni daktil va og‘zaki sо‘ngra faqat og‘zaki shaklda qabul qilishga
Alimxо‘jayeva F.J. Zaif eshituvchi bolalar eshitish qobiliyatini rivojlantirishda didaktik
materiallardan foydalanish. P.f.n. diss…avtoref. –M., 1992.
17
о‘rgatiladi va bunda labdan о‘qishga о‘rgatishning asosiy yо‘nalishi belgilanadi» . Kar bola sо‘zlashuv nutqining yozma shakliga ham о‘qitiladi. S.A.Zikov ta’kidlashicha: «Yozuv о‘zida nutq faoliyatining murakkab shaklini, yuqori darajali jarayonni aks ettiradi. Unda turli xil a’zolar faoliyati eshitish, kо‘rish, umumiy harakatlanish analizatorlari ishtirok etadi. Yozuv jarayonida ular orasida yaqindan bog‘lanish va о‘zaro aloqadorlik amalga oshiriladi6.
Sо‘zning tovush tarkibini tahlil etish, yozuv jarayonining eng murakkab operatsiyalaridan biri hisoblanadi. Sо‘zni tо‘g‘ri yozish uchun uning tovush tarkibini, uzluksizligini va har bir harf о‘rnini farqlash lozim. Sog‘lom bolalarda sо‘zning tovush tarkibini egallash eshitish va harakat analizatorlarining birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshadi. Tovushlarning sо‘zdagi о‘rni, ketma-ketligini farqlashda baland, past va ichki talaffuz katta rol о‘ynaydi. Eshitish va talaffuz qilish sо‘zning tovush tarkibini aniqlashga, о‘xshash tovushlarni farqlashga yordam beradi. Demak, sog‘lom bolalar yozuvni nutqning ikkinchi kо‘rinishi sifatida egallaydi, chunki yozuv og‘zaki nutqning harflar kо‘rinishidagi aksi sifatida о‘zlashtiriladi. Kar va zaif eshituvchi bola esa yozuv-alifbo orqali og‘zaki nutqning tovush-harf va butun tuzilishini egallaydi. Yozma nutqning kar va zaif eshituvchi bola uchun mos va sodda shakl ekanligi haqida kо‘pgina mualliflarning ishlarida ma’lumotlar mavjud. Ulardan masalan F.F.Rau ishlarida bolalarning kartochkalar asosida sо‘z yoki jumla tarkibini о‘zlashtirish jarayoni yoritilgan.YE.P.Musatovning fikricha yozma nutq dastlab predmetlar va namoyish etilishi kerak bо‘lgan yoki etilgan harakatni ifodalash uchun beriladi. Faqat ritmika darsida undan foydalanishga tо‘xtalganda muallif yozma nutqning ahamiyatini kо‘rsatib о‘tadi. Bunda u buyruqlar («о‘ngga», «tur», «yugur», «roslan» kabilar)ni bolalarga berishda kartochkalardan foydalanishni kо‘zda tutadi
.T.V. Nesterovich esa yozma nutqqa о‘zgacha yondoshadi. Uning tavsiyalarida kо‘rsatilishicha, kar bola qanchalik erta mustaqil yozishni bilsa, u atrofdagilar bilan kengroq muloqot qilish imkoniyatiga shunchalik tez ega bо‘ladi. Mazkur muallifning ishlarida kar va zaif eshituvchi Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning sо‘zlarni bilishi, predmetlarni nomlashi, gap tuzishi haqida ma’lumotlar mavjud. Biroq u ham nutqiy materialdan bevosita muloqot jarayonida foydalanish ustida tо‘xtalmaydi. Nesterovich T.V. Nesterovich fe’lning ahamiyatini holat va harakat ifodasi sifatida biladi. Boshqa mualliflar esa fe’lni harakatga undovchi sifatida ta’riflaydilar. Uning tavsiya qilishicha, yozma nutqqa о‘qitish ota-onalarga xat yozishdan boshlansa, unda u bolalarning ehtiyojiga javob beradi va nutqning rivojlanishiga turtki bо‘ladi.7Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda sо‘zlashuv (og‘zaki, yozma) nutqni shakllantirish masalasi nutqning fiziologik va psixologik xususiyatlarini о‘rganmasdan turib, tо‘g‘ri va tо‘la hal qilinmaydi. Fiziologlar tomonidan olib borilgan kuzatishlarning kо‘rsatishicha, nutq shartli reflekslar asosida shakllanadi. Bosh miyaga ta’sir qilgan nutqiy qо‘zg‘atuvchilar bolaning shu reaksiyaga javobi
С.А.Зиков. Развитие речи слабослышащих учащихся. –М., 1996. -240 с.
Нестерович Т.В. Некоторые вопросы формирования грамматического строя речи у глухих школьников младших классов // Дефектология. – 1989. -№6. – с. 46-49.
18
nutqiy reaksiyani chaqiradi. «Sо‘zlovchining nutqini eshitib qabul qilish nutqiy harakatga turtkidir»-deb hisoblaydi A.N.Sokolov.Demak eshitish orqali qabul qilingan qо‘zg‘alishlar takrorlash orqali mustahkamlanuvchi artikulyatsion reaksiya hosil qiladi. Bu holat quloq orqali qabul qilingan qо‘zg‘atuvchilarning ifodasigina emas, balki tovushlarning differensiatsiyasiga va qabul qilingan qо‘zg‘alishlardan qolgan izlarning saqlanishiga yordam beruvchi omildir.Ma’lumki, inson tovushlarni artikulyatsiya, ya’ni talaffuz qilgandagina, uni yaxshi differensiatsiyalaydi va esda saqlaydi. Tayyor kartochkalar bilan ishlaganda harakat sferasi mustasno qoladi. Chunki qо‘zg‘atuvchilarning differensiatsiyalanish va ulardan qolgan izlarning saqlanish jarayoni faqat kо‘rishga asoslanib qoladi.Kar va zaif eshituvchi bolalarni tayyor kartochkalar asosida talaffuz (artikulyatsiya) ning ishtirokisiz tilga о‘qitish yuqori natija bermaydi. Yuqorida keltirilganidek, kar va zaif eshituvchi bolalar sо‘zlashuv nutqining yozma shakli xususiyatlari yuzasidan tajribalar mavjud. О‘zbek tili yozuvining tovush-harf tarkibini egallash bilan bola murakkab nutqiy bilish faoliyat turiga kirib keladi. Bola о‘z nutqini ongli ravishda tahlil qiladi, talaffuzini farqlaydi. Eshitib farqlagan sо‘z (tovush, bо‘g‘in)ni yozuvda ifodalangan yoki kо‘z о‘ngida gavdalanayotgan grafik belgilar bilan solishtiradi. Shu tariqa kо‘p marta analitik-sintetik mashqlarning takroran bajarilishi natijasida nutqiy materialdan foydalanish kо‘nikma va malakalari ishlab chiqiladi.Kar va zaif eshituvchi eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar sо‘zlashuv nutqining shakllanishi F Qodirova fikricha, bolalarda nutqqacha bо‘lgan davr va ilk yoshdagi nutqiy rivojlanish davrining tо‘g‘ri
aniqlanib, yо‘nalganligiga bog‘liq .8 Aksariyat holda bunday bolalar nutqqacha bо‘lgan davrda (gugulash) ona ovoziga befarq bо‘lishlari va bunga kattalar
tomonidan «keyinchalik gapiradi» degan munosabat bildirilishi kuzatiladi. Bu esa bolada kattalar nutqiga taqlid qilish kabi jarayonni ham kechiktiradi. Natijada bola atrofdagilardan cheklangan munosabatdaligicha rivojlanadi. Shuning uchun kar va zaif eshituvchi bolaning tashhisi erta aniqlanib, tо‘g‘ri yondashilsa, uning muloqot qilish imkoniyatiga shunchalik zamin yaratiladi. Respublikamiz miqyosida U.Fayziyeva zaif eshituvchi bolalarda savodni egallash jarayonining tо‘g‘ri tashkil etilishi asosida bolaning keyingi nutqiy rivojlanishi uchun sharoit yaratilishini ilmiy tadqiq etgan9. Bundan tashqari I.K.Kislitina, YE.Ponamaryova va L.Kimlar olib borgan tadqiqotlari XX asr О‘zbekiston surdopedagogikasi fanining rivojida munosib о‘ringa egadir. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqiy rivojlanish oila va maxsus ta’lim ausasasasining о‘zaro hamkorlikda va izchil olib borishga bog‘liq. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolarni nutqiy rivojlanishining samarali shakl va usullarini izlab topish, yaratish hozirda dolzarbligi bilan muhimdir.
Qodirova F. «Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarso‘zlashuv nutqini shakllantirish». Ped.fan.nom.
..diss. –T., 2006.-69.b.
9 Fayziyeva U.Y. Zaif eshituvchilarni savodga tayyorlash va savod o‘rgatish.:
fan. nomz. dis. ... avtoref. – Toshkent: TDPI. 1994. – 18 b
Ped.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |