Z. N. Mamarajabova ona tili o’qitish maxsus metodikasi


CHAPTER III METHODS OF TEACHING CHILDREN TO READ HEARING IMPAIRMENT



Download 3,53 Mb.
bet8/70
Sana13.07.2022
Hajmi3,53 Mb.
#790358
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
Bog'liq
ona tili Mamarajabova

CHAPTER III METHODS OF TEACHING CHILDREN TO READ HEARING IMPAIRMENT


Section I Methods of teaching children to read with hearing impairments I .1-§. The task and importance of reading lessons in a special school
I .2-§. Modern approach to teaching children with hearing impairments
I. 3-§. The main directions of work on the lessons of reading in a special school. I. 4-§. Description of the components of the pedagogical system of speech development of children with hearing impairments in the process of literary education


CHAPTER VI SEMANTIC APPROACH TO GRAMMAR EDUCATION IN SCHOOL FOR CHILDREN WITH HEARING IMPAIRMENTS


Section I. Methods of teaching grammar to children with hearing impairment

I .1-§. Methods of teaching grammar to children with hearing impairment


I .2 - § methods of teaching grammar in a special school


10



KIRISH


Mamlakatimiz mustaqillikni qо‘lga kiritgan davrni sarhisob qilsak, hukumatimiz tomonidan inson manfaatlarini kо‘zlash va himoyalash jarayonida jamiyatimizning alohida yordamga muhtoj qatlamiga jiddiy e’tibor qaratib kelinayotganini kuzatamiz. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilarni boshqa barcha fuqarolar bilan teng imkoniyatlarga ega bо‘lishini ta’minlash, ularning turmush faoliyatidagi cheklanishlarni bartaraf etish, tо‘laqonli hayot kechirishlariga, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy turmushida faol qatnashishlariga, shuningdek, о‘zlarining fuqarolik burchlarini bajarishlariga imkon beradigan qulay shart-sharoitlar yaratish davlatimiz insonparvarlik siyosatining asosiy mazmunini tashkil etadi. 2017 yil 1 avgustdagi “Nogironlarni davlat tomonidan qо‘llab –quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi nogironlarni davlat tomonidan qо‘llab – quvvatlash, ularni tо‘laqonli ta’lim olishi, jamiyat tomonidan qо‘llab – quvvatlanishi, ularni sog‘lomlar qatorida jamiyatga uyg‘unlashib, ijtimoiy hayotda moslashib ketishiga oid chora-tadbirlarni takomillashtirishni kо‘zda tutadi. 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishni beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha “Harakatlar strategiyasi”ning tо‘rtinchi ustuvor yо‘nalishida “aholini ijtimoiy himoya qilish, nogiron, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarni davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlanishi ”ni kuchaytirishga alohida e’tibor berildi1.Xususan eshitishda nuqsoni bо‘lgan shaxslarni og‘zaki nutqini muloqat quroli sifatida rivojlanitirish orqali ularni ma’naviy yetuk, har tomonlama uyg‘un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni о‘z zimmasiga olishga qodir bо‘lgan yosh avlod sifatida tarbiyalab voyaga yetkazish vazifasini izchil davom ettirish uchun aniq maqsadga qaratilgan keng kо‘lamdagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini shu yо‘lda safarbar etish lozimligi bilan ifodalanadi. Zamonaviy maxsus ta’lim tizimining nazariy asoschisi L. S. Vigotskiy eshitishning buzilishi oqibatida yuzaga kelgan soqovlik – insoniy nutqning mavjud bо‘lmasligini keltirib chiqarsa, о‘z navbatida, nutqni egallay olmaslik umumiy madaniy rivojlanishga katta salbiy ta’sir kо‘rsatishini alohida qayd etadi. Eshitishida muammoci bо‘lgan bolalarni atroflicha о‘rgangan R .M. Boskis eshitish analizatori funksiyasining nisbatan oz buzilishi – shivirlashni, idrok etish imkoniyatining chegaralanishi ham bola nutqining meyorda rivojlanishiga, buning oqibatida mantiqiy tafakkurining shakllanishiga tо‘sqinlik qilishini kо‘rsatib о‘tadi.2 Malakali o‘qituvchi – surdopedagoglarni tayyorlash oliy o‘quv yurtlarinnng defektologiya bo‘limlarida amalga oshiriladi. Defektologiya fakultetining o‘quv rejasi kar va zaif eshituvchilar maktablarida ona tili o‘qitish

  1. Sh.M. Mirziyoev Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: «O‘zbekiston», 2016. -56 b.

2Боскис Р.М. Учителю о детях с нарушениями слуха.–М.:Просвешиение, 1998. – 18 с.
11
maxsus uslubiyati fanini o‘z ichiga qamrab olgan. Bu uslubiyat nazariyaga asoslanib, eshitishda nuqsoni mavjud o‘quvchilarini tarbiyalash, rivojlanishi va o‘qitishning amaliy vazifalarni amalga oshiradi. Uning predmeti ona tiliga o‘rgatishning maxsus uslubiyati usullarini eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqni shakllantirish, yozuv, o‘qish, grammatikani egallash o‘rgatish hisoblanadi.

Ona tili o‘qitish maxsus uslubiyati talabalarga eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda til bo‘yicha bilimni shakllanishining qonuniyatini o‘rganishiga, korreksion (fikrlash va nutqning rivojlantirish, to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish, eshitish idrokini rivojlantirish) va tarbiyaviy vazifalarni yechishga imkon beradi.


Ona tili o‘qitish maxsus uslubiyati pedagogik fan sifatida pedagogik tajribani o‘rganish, tekshirish, umumlashtirish va ommalashtirishni ko‘zda tutadi. Ona tili o‘qitish maxsus uslubiyati fanini boyitishda pedagogik amaliyot bosh omillaridan biri hisoblanadi. Nutqiy va eshitish holatiga qarab, kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarni o‘qitishda differensial yondashuv amalga oshiriladi. Hozirda O‘zbekistonda kar bolalar maktabi va zaif eshitadigan bolalar maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu maktablarda ona tili dasturlari bir-biridan sezilarli darajada ajralib turadi, bu o‘quvchilarning umumiy va nutqiy rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Eshitishda nuqsoni mavjud o‘quvchilarni o‘qitish jarayonida diferensial yondashish, ta’lim jarayoni usullarini o‘ziga xosligi oliy o‘quv yurtida “Karlar va zaif eshituvchi bolalar maktablarida ona tili o‘qitish maxsus uslubiyati” fanini tasniflangan holda o‘qitishni talab etadi. Bunda kar o‘quvchilarni ona tiliga o‘qitish uslubiyati mazmuni va o‘ziga xosligi yoritiladi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar maktabida ona tili o‘qitish maxsus uslubiyatiga yondashgan tarzda ushbu darslikning vazifalari quyidagicha:





  • zamonaviy bosqichda eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni ona tili faniga o‘qitishga qo‘yilgan talablarni yoritish;




  • ona tili o‘qitish maxsus uslubiyatining metodologik asoslarini tavsiflash;




  • ona tili o‘qitish maxsus uslubiyatini boshqa fanlar bilan bog‘liqligini ko‘rsatish;




  • eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni ona tiliga o‘rgatish zamonaviy tizimini o‘ziga xosligini aniqlash;







  • og‘zaki nutqni shakllantirish bo‘yicha darslarni va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni rejalashtirish malakasini shakllantirish;




  • maxsus maktab dasturlaridan foydalanib, o‘qitishning har xil bosqichlariga xos darslar ishlanmasini tuzish qobiliyatini shakllantirish;




  • to‘g‘ri talaffuz malakasi va eshitish qoldiqlarini rivojlantirish talablarini hisobga olib, ona tili darslarini rejalashtirish va o‘tkazish qobiliyatini shakllantirish;




  • uslubiy adabiyot, ilmiy izlanish ma’lumotlari va maktab hujjatlari bilan mustaqil ishlash malakasini shakllantirish;




  • olingan bilimlarni umumlashtirish va amaliyotda qo‘llash;

Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni og‘zaki nutqga o‘rgatishning maxsus uslubiyati bo‘lajak surdopedagoglarni nafaqat aniq bir usullar haqidagi kuchli bilimlar bilan ta’minlaydi, balki ularda kar bolalarning ijtimoiy moslashish va


12
rivojlanishi maqsadida nutqning rivojlanish darajasini uzluksiz ko‘tarish shartliligiga ishonchni shakillantiradi.


Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni tilga o‘rgatish bo‘yicha samarali usullarni egallash avvalombor o‘quv jarayonini psixologik, lingvistik, uslubiy jihatdan baholash va o‘qitishning samarali usullarini maqsadga muvofiq tanlashni ko‘zda tutadi. Shuning uchun bu fanni egallash surdopedagogika, umumiy va maxsus psixologiya, fizialogiya, ona tili va didaktika haqidagi mavjud bilim va ma’lumotlarni faollashtirish bilan bog‘liq amalga oshadi.


Ona tili o‘qitish maxsus metodikasi bo‘yicha nazariy ma’lumotlar talabalarga kar bolalarni ona tiliga o‘qitish tizimining tuzilishining boshlang‘ich tamoyillarini anglash, bu jarayonni o‘ziga xosligini tushunish, uni nutqiy rivojlantirishning umumiy qonuniyatlari bilan taqqoslash, kuzatishlarni umumlashtirish hamda ta’limning yangi, samarali uslublarini amalda qo‘llash imkonini beradi.


Darslik IV bо‘limdan iborat: Birinchi bо‘lim Ona tili о‘qitish maxsus metodikasi fan sifatida nomlanib, eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar maktabida ona tilga


о‘qitish ishlarini tashkil qilish, ona tili darslarida didaktik tamoyillarni qо‘llash, dars - eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar maktabida ona tiliga о‘qitish shakli sifatida, eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar maktabida ona tiliga о‘qitish jarayonida pedagogik texnologiyalarni qо‘llash, eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar maktabida ona tiliga о‘qitish jarayonida qо‘llanuvchi nutqiy vositalar kabi mavzularn qamrab


oladi. Ikkinchi bо‘lim Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktabida nutqqa o‘rgatish nomlanib, mazkur bо‘limda eshitishda nuqsoni bor bolalarga daktil nutqini o‘rgatish uslubiyati, eshitishda nuqsoni bor bolalar og‘zaki nutqni shakllantirish uslubiyati, eshitishda nuqsoni bor bolalarni savodga o‘rgatish uslubiyati, eshitishda nuqsoni bor bolalarni so‘zlashuv nutqini shakllantirish uslubiyati, eshitishda nuqsoni bor bolalarni bog‘langan nutqni rivojlantirish uslubiyati kabi mavzularn yoritiladi. Uchinchi bо‘lim Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktabida o‘qish metodikasi


nomlanib, maxsus maktabda о‘qish darslarining vazifasi va ahamiyati, eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarni о‘qishga о‘rgatishga zamonaviy yondoshish, maxsus maktabda о‘qish darslarida ishni asosiy yо‘nalishlari, adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar bolalar sо‘zlashuv nutqini rivojlantirish bо‘yicha pedagogik tizim komponentlari tavsifi kabi mavzularn qamrab oladi. Tо‘rtinchi bо‘lim Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktabida grammatikani o‘rgatishga semantik yondashuv deb nomlanib, bu bо‘limda maxsus maktabda grammatikani о‘rgatish uslubiyati, maxsus maktabda grammatikani о‘rgatish dasturi mazmuni kabi mavzularn yoritiladi.

13



Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish