VIII BO LIM. SHARQIY VA JANUBI-SHARQIY
OSIYODAGI QADIMGI DAVLATLAR
l-§ . Koreya yarimorolidagi qadimgi davlatlarining tashkil
topishi
M.av. I mingyillikning ikkinchi yarmida koreyaliklar yasha
gan hozirgi Koreya yarimoroli, Janubiy
Manchjuriya va Lyaodun
yarimorolida kirar edi. Mazkur joydagi o im o n lard a va vohalarda
dehqon qabilalari, o'rm on, tog‘lard a esa ovchilar istiqomat qili-
shar edi. M.av. VII asrlarda qadimgi koreyaliklar bronzadan tur-
li buyumlar, mehnat qurollari yasay boshlaganlar. Yarimorolning
shimolidagi daryo b o ‘ylarida yashagan
qabilalar esa tariq va arpa,
janubdagi qabilalar sholi ekib parvarishlaganlar. Ular ziroatchilik-
ning turli tarmoqlari bilan shug'ullangan.
M.av. I mingyillik oxirlariga kelib koreyaliklarda temirdan
yasalgan mehnat va jangovar qurollar tez tarqaladi. Bu jarayon
mamlakatda
ishlab
chiqarish kuchlarining rivojlanishi, ishlab
chiqarish xo'jaligining taraqqiy etishi, xususiy mulk, mulkiy teng-
sizlik va tabaqaviy jam iyat paydo bo‘lishiga olib kelgan. Shu muno-
sabat bilan Koreyada m.av. ill asrda ilk bor Choson davlati tashkil
topadi. Choson davlatining yerlari Lyaodun yarimoroli va hozirgi
shimoliy Koreyani o ‘z ichiga olar edi. M.av. I asrga kelib Shimoliy
Koreya hududida qabilalar ittifoqidagi kichik davlatlar: chunonchi
shimoliy-g‘arbda kochur qabilasi, janubda esa xan qabilasi atrofi-
da birlashadilar. Koguryo qabilalarining
ittifoqi natijasida Kogu-
ryo davlati tashkil topib. unga Koreya yarimorolining shimoli va
Janubiy Manchjuriya kirar edi. Ikki Xan qabilasi o'rnida esa Silla
davlati, uchinchisi o'rnida Pekche davlati vujudga kelgan.
331
Bular orasida Koguryo davlati birmuncha kuchli boMib, hukm-
dorlarini van deb ulug'lashar edi. Bu davlat uzoq yillar davomida
Xitoyning Xan davlati
bilan kurash olib borib, mamlakat mustaqil
b o iishiga erisbdi.
Qadimgi Koreya jamiyati ishlab chiqarish tarmoqlarining rivoj-
lanishi oqibatida tabaqalarga b o iin g an bo'lib, monarxlar bosh-
chiligidagi zodagonlar aholining yuqori tabaqasini tashkil etar edi.
Aholining katta qismi va qullar esa quyi tabaqaga mansub bo'lgan.
Qullar soni harbiy asirlar, jinoyatchilar va sotib olingan kishilar hi-
sobiga ko'paytirilardi. Qullarni Xitoyga olib borib sotishgani haqi
da m a’lumotlar bor. Koreyadagi davlatlarda qul mehnatidan keng
foydalanmaganlar, balki ular ko'proq uy xo'jaligida ishlatilgan.
Korevada huquqiy jihatdan ozod, lekin
iqtisodiy jihatdan davlatga
qaram aholi mamlakatda k o ‘pchilikni tashkil etgan. IJlar yuqori ta-
baqa vakillari manfaatlari va dabdabali hayoti uchun xizmat qilgan.
Dastlab Koreyada harbiy demokratiya tizirni boshqaruvda
hukm surgan. Milodiv l-II asrlarda esa Koreyada harbiy demokra
tiya asoslari bartaraf qilinib, jamiyatni monarxlar boshqargan. Ular
o 'n ikki rang darajadan iborat harbiy xizmatchilarga tayanib ish
ko'rganlar. Koguryo davlati harbiy xususiyatga ega bo'lgan.
M azkur davrda Koreya yarimorolidagi uchta davlat o'rtasida
hukmronlikni qo‘lga kiritish va saqlab qolish uchun qonli janglar
ham bo'lib turgan. Bu davrda yuqori sinf-tabaqa vakillari inan-
faatlarini himoya va muhofaza qiluvchi qonunlar joriy etiladi. I -
III asrlarda Koguryo Koreya yarimorolidagi
eng kuchli davlatga
aylangan. IV asrga kelib esa uzoq davom etgan o'zaro urushlardan
so'ng mamlakat janubi-g'arbida birlashish jarayoni yakuniga yetib.
u yerda Pekche davlati tashkil topdi. V asrga kelib esa yarimorol-
ning janubiy-sharqida Silla davlati kuchayadi.
Tashqi siyosat masalasida yarimoroldagi davlatlar oldidagi
muhim vazifa ularning ashaddiy duslimani Xitoyning Xan pod-
sholigiga qarshi kurash edi. Xitoy hukmdorlari bilan olib borilgan
kurashning og'irligi Koguryo davlati yelkasiga tushadi.
Shunday qilib. m.av. Ill asrlarda Koreya yarimoroli va unga tu-
tash joylarda tabaqaviy hokimiyatga asos
solgan ilk quldorlik dav-
latlari vujudga keldi.
Mazkur davrda koreyaliklar xitoyliklar madaniyatidan bahra-
mand bo'lib, o'zlariga xos madaniyat yaratganlar.
332