orolining shimolidagi qabrlardan bronza
qurollari va buyuinlari
topilgan. Bu bronza qurol va buyumlarning bir qismi Janubi-shar-
qiy Osiyo bilan bog'lanib ketadi. Mazkur dalillarga tayanib shuni
aytish joizki, Yaponiya orollariga odamlar faqat Koreya yarimoro-
li. Sharqiy Osiyodan emas, balki Janubi-sharqiy oikalaridan ham
kirib kelib joylashgan ekan.
Shunday qilib, Yapon orollarida yashagan
qabilalarning kelib
chiqishi bir tomondan Sharqiy Osiyo, ikkinchi tomondan Janu-
bi-sharqiy Osiyoga borib taqaladi. Yapon orollariga ko‘chib kel-
ganlar ziroatchilikning sug‘orma sholikorlik texnikasini egallagan
kishilar bo'lgan. Bu jarayon dastlab Sharqiy Xitoy va hozirgi Ko
reya yarimorolida sodir bo'lgan bo'Isa kerak.
Yaponiyada sholikorlik ilk bor so'nggi “dzemon" davridan
ma'lum.
Ilk yapon qabilalari sholi. tariq, qora javdar kabi donli ekinlarni
ekib, parvarish qilishgan. Atrofi dengiz va okean suvlari bilan o'ral-
ganligi uchun xo'jalik hayotida baliqchilik. dengiz hayvonlarini
ovlash, quruqlikda esa termachilik va ovchilik ham muhim o'rin
tutgan. Yaponiya hududida sug'orm a sholikorlikning
rivojlanishi
va keng tarqalishi hududda xo‘jalik-madaniy sohalari rivojlanishi-
ga olib keldi.
M.av. 1 asrda Yaponiya orollarida jez-bronza qurollardan keng
foydalanilgan. Shuningdek, qishloq xo'jaligi asboblari tosh va
yog'ochdan tayyorlangan. Yerni yumshatishda va ekinlarga ishlov
berishda motiga-ehopqilardan
foydalanilgan, hosilni o'rib olish-
da esa varim oy shaklidagi o'roqlar yordami bilan o‘rib olganlar.
Keyinchalik yapon orollariga Sharqiy Osiyodan ko'chib kelganlar
o'zlari bilan yirik shoxli qoramol, ot kabi uy hayvonlarini ham olib
kelganlar.
Yapon qabilalarining moddiy va ma'naviy madaniyatini,
shuningdek, xo'jalik faoliyatlarini o'rganishda arxeologik ashyolar
bilan bir qatorda xitoy yilnomalari ham muhim ahamiyatga ega. Bu
jihatdan milodiy 111 asr oxirlarida yozilgan ‘‘Vey chji” muhim man-
ba hisoblanadi. Bu manbada keltirilgan m a'lum otlarga asoslanib
shuni aytish mumkinki, Yaponiyada sholikorlikka o'tish hududning
335
Hcbta’/do <№>11
har xil joylarida jadal sur’at
bilan olib borilgan. “Vey
chji”
muallifi Yaponiyada
don, sholi, ju t
va tut darax-
ti ekib parvarish qilinishini
ta'kidlar ekan, Kusima, Tki
va boshqa orollardagi aholi
xo'jaligining alohida xus-
usiyatlari haqida to'xtalib.
‘'Ular sholi ekiladigan da-
lalarga ega emaslar,
dengiz
mahsulotlari hisobiga ya-
shaydilar. Kemalarga o'tirib
shimol va janub uchun g 'alla sotib oladilar" deb yozadi. Shu man-
bada keltirilishicha, u yerdagi kishilar Yaponiyada keng tarqalgan
udumga muvofiq badan terilariga tatuirovka qilishgan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: