Lavozim jinoyatlari boshqamv tartibiga qarshi yo ‘naltiriladi va bu tibbiy xodimlar faoliyatiga nisbatan bu turdagi jinoyatlardan “Hokimyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish” (205-modda), “Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish” (206-modda), “Mansabga sovuqqonlik bilan qarash” (207-modda), “Mansab soxtakorligi” (209-modda), “Pora olish” (210-modda) kabi holatlar ko‘proq uchrab turadi.
Qayd etilgan jinoyatlaming subyekti faqat mansabdor shaxs bo‘la oladi. Qonunchilikka muvofiq mansabdor sifatida mulk shaklidan qat’iy nazar tashkilot, muassasa, korxonada ma’muriy- xo ‘j alik, tashkiliy, taqsimlash va nazorat qilish huquqiga ega bo ‘lgan shaxslar tushuniladi. Tibbiy xodimlardan ushbu toifaga sog‘liqni
saqlash muassasalari rahbarlari va ulaming o‘rinbosarlari, muassasa tuzilmalari rahbarlari (bo‘lim, bo‘linma, laboratoriya, dorixona mudirlari), shuningdek bosh (katta) hamshiralar taalluqlidir.
Vrachlar va o‘rta tibbiy xodimlar o‘z kasbiy vazifalarini bajarish jarayonida, ya’ni tashxisot, davolash, profilaktika amaliyotlarini o‘tkazishda, mansabdor shaxs hisoblanmaydi va mos tarzda mansab jinoyatlarining subyekti bo‘la olmaydilar. Ammo, ayrim holatlarda ular mansabdor shaxs sifatida e’tirof etilishi va shunga ko‘ra javobgarlikka tortilishlari mumkin. Bu kabi hollar vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqasini berish, nogironlikni aniqlash, attestatsiyadan o‘tish masalasini hal etish, toifa kategoriyasini berish, harbiy xizmatga layoqatni (ruxsat berish yoki ozod etish) aniqlash va shu kabi holatlarda kuzatiladi. Bunday holatlarda yo‘l qo‘yilgan nuqsonlar mansab jinoyatlari sifatida talqin etilishi mumkin.
Mansab jinoyatlari quyidagi uchta belgining bo‘lishi bilan ajrab turadi:
mansabdor shaxsga egallab turgan mansabiga mos tarzda unga yuklatilgan majburiyatlarini buzishi;
ijtimoiy xavf alomatlarining vujudga kelishi;
huquqbuzarlik va oqibat o‘rtasida bevosita sabab-oqibat bog‘lanishining mavjudligi.
Hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish deganda, fuqarolaming huquqlari yoki qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon etkazilishiga olib kelgan mansabdor shaxsning o‘z vakolatlaridan qasddan foydalanishi tushuniladi. Masalan: noto‘g‘ri taqsimlash, ishga qabul qilish va xodimlami ishdan bo‘shatish, muassasa rahbari tomonidan xodimlarni asossiz rag‘batlantirish yoki jazolash; aniq ko‘rsatmalar bo‘lganda bo‘lim mudiri yoki navbatchi vrach tomonidan bemorning yotqizilishini rad etilishi yoki ahvoli og‘ir bemorlami shifoxonada erta chiqarilishi.
Agarda shu kabi oqibatlar mansabdor shaxs tomonidan o‘ziga qonun bilan berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqadigan harakatlami qasddan sodir etishi natijasida vujud kelsa, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish sifatida baholanadi. Bunda mansabdor shaxs tomonidan ma’lum holatlarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilmagan harakatlami sodir etishi inobatga olinadi. Masalan, shifoxona bosh vrachining birgalikda echilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan shaxsan bir o‘zi qaror qabul qilishi; oila vrachi birdan 30 kunga vaqtincha mehnatga yaroqsizlik varaqasini berishi va sh. k.
Mansabdor shaxsning o‘z vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishi oqibatida ulami bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi fuqarolaming huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon etkazilishi, fuqarolarga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir tan jarohati etkazilishi, odam o‘lishi; giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning ko‘p miqdorda 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat yoki bojxona chegaralari orqali qonunga xilof ravishda olib o‘tilishiga sabab bo‘Isa, mansabga sovuqqonlik bilan qarash sifatida baholanadi. Masalan: tibbiy xodimning sanitariya-epidemiologiya tartibini qo‘pol darajada buzishi og‘ir oqibatlarni keltirib chiqargan shifoxona ichi infektsiyasining tarqalishiga sabab bo‘lishi; fizioterapiya bo‘limida texnika xavfsizligi talabalarining buzilishi elektrotravma natijasida bemorning o'limiga sabab bo‘lishi; rentgen apparatning nosozligi yoki mutaxassisning yo‘qligi sababli rentgenologik tekshiruv o‘tkazishning imkoni bo‘lmaganligi kalla suyaklaridagi jarohatlarni aniqlanmay qolishiga sabab bo‘lishi. Bu kabi holatlarda davolash-diagnostika jarayonini tashkil etishga mas’ul bo‘lgan davolash-profilaktika muassasalari yoki ularning tuzilmalarining rahbarlari mansabga sovuqqonlik bilan qaraganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Mansabdor shaxsning g‘arazgo‘ylik yoki boshqa manfaatlami
koV.lab rasmiy hujjatlarga bila turib soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritishi, hujjatlarni qalbakilashtirishi yoki bila turib, soxta hujjatlar tuzishi va taqdim etishi fuqarolaming huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon etkazilishi mansab soxtakorligi sifatida tasniflanadi. Nisbatan jiddiyroq jazo bu kabi jinoyatlarni takroran yoki uyushgan guruh manfaatlari yo‘lida sodir etilgan holatlar uchun ko‘zda tutilgan. Masalan: harbiy xizmatdan ozod qilish yoki aksincha, yuborish maqsadida soxta hujjat taqdim etish; tan jarohatining og‘irlik darajasini pasaytirish uchun vrach qovurg‘adagi siniqni kasallik tarixida qayd etmasligi. Aksariyat holatlarda ushbu jinoyat boshqa jinoyatlar, masalan, pora olish bilan birga sodir etiladi.
Pora olish deganda mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o ‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy naf ko‘rishi tushuniladi. Jinoyatni og‘irlashtiruvchi holatlarga bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uyushgan guruh manfaatlarini ko'zlab, ta’magirlik yo‘li bilan, mas’ul mansabdor shaxs tomonidan sodir etilishi va juda ko‘p miqdorda pora olinishi kiradi.
Mansab jinoyati bo‘lmasa ham, boshqaruvning belgilangan tartibiga qarshi jinoyatlar toifasiga “tovlamachilik yo‘li bilan haq berishni talab qilish” (214-modda) ham kiritilgan. Tovlamachilik bilan haq berishni talab qilish, ya’ni davlat organining mulk shaklidan qat’iy nazar korxona, muassasa yoki tashkilotning, jamoat birlashmasining, fuqarolar o ‘z o‘zini boshqarish organining mansabdor shaxs boimagan xizmatchisining xizmat vazifasi doirasiga kiradigan muayyan ishni bajarishi yoki xizmat ko‘rsatishi evaziga haq berishni yoki mulkiy yo‘sindagi manfaatni talab qilish, shuningdek, shaxsan qasddan fuqarolaming huquqlari yoki qonun
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishining oldini olish uchun haq berishga majbur etadigan ahvolga solib qo‘yishi tovlamachilik bilan haq berishni talab qilish sifatida tasniflanadi. Ushbu jinoyat subyekti sifatida deyarli barcha tibbiy xodimlar - vrachlar,o‘rta va kichik tibbiy xodimlar ham bo‘lishi mumkin.
Tibbiy xodimlaming mansab jinoyatlarining aksariyati asosan qasddan sodir etiladi, faqat mansabiga sovuqqonlik bilan qarash bundan mustasno bo‘lib, u asosan ehtiyotsizlik orqasida vujudga keladi.