Bog'liq Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.
jinoyatobyekti - bu jinoiy qilmish yo‘naltirilgan, zarar etkazilgan narsa. Tibbiy xodimlaming jinoiy qilmishida odatda fuqarolaming sog‘lig‘i va hayoti jinoyat obyekti bo‘ladi.
v. jinoyat subyekti -ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs. Jinoiy huquqning subyekti faqat jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. Tibbiy xodimlar jinoiy harakatining subyekti ko‘proq vrachlar, ayrim holatlarda - o‘rta va kichik tibbiy xodimlar bo‘lishi mumkin. Ta’kidlash lozimki, sog‘liqni saqlash tizimidagi mansabdor shaxslar (masalan, muassasa va uning tuzilmalarini rahbarlari) ham boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlaming subyekti boiishi mumkin.
g. jinoyatningsubyektivtomoni-shaxsning o‘zi sodir etgan qilmishga va uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga nisbatan ruhiy munosabati bo‘lib, u o‘z tarkibida ayb, jinoyatning motivi va maqsadini tutadi. Ayb shaxsning o‘zi sodir etgan qilmishga nisbatan ruhiy munosabatini (qasd yoki ehtiyotsizlik) aks ettiradi. Motiv - shaxsda ongli tarzda j inoyat sodir etishga intilishni vujudga keltirgan mayl, istak. Maqsad - shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etish natijasida erishmoqchi bo‘lgan narsa.
Tibbiy xodimlaming faoliyatida turli xil ko‘rinishdagi ijtimoiy xavfli qilmishlar kuzatilishi mumkin. 0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq ulami quyidigi guruhlarga bo‘lish mumkin: I
Sog‘liqqavahayotgaqarshijinoyatlar: \
ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish (102-modda); \
turli og‘irlikdagi tan jarohatlari etkazish (104, 105, 109. 111-moddalar); \
tanosil yoki OITS kasalliklarini tarqatish (113-modda); '
jinoiy ravishda homila tushirish (abort) (114-modda);
kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik (116-modda);
xavf ostida qoldirish (117-modda).
Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar:
bolani almashtirib qo‘yish (124-modda);
farzandlikka olish sirini (125-modda);
inson to‘qima yoki a’zolarini olish (133-modda);
Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar:
savdo yoki xizmat ко ‘rsatish qoidalarini buzish (189-modda);
faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish (190-modda);
Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar:
mansabga sovuqqonlik bilan qarash (207-modda);
mansab soxtakorligi (209-modda);
pora olish (210-modda);
pora berish (211-modda);
tovlamachilik yo‘li bilan haq berishni talab qilish.
Ekologik jinoyatlar.
ekologik xavfsizlikka oid normalar va talablarni buzish (193-modda);
atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to‘g‘risidagi maTumotlarni qasddanyashirishyoki buzib ко ‘rsatish (194-modda);
atrof tabiiy muhitni ifloslantirish (196-modda).
Odil sudlovga qarshi jinoyatlar.
yolg‘on guvohlik berish (238-modda);
surishtiruv yoki dastlabki tergov sirlarini oshkor qilish (239-modda);
jinoyat protsessini yuritish qatnashchilarining o‘z zimmasidagi vazifalarni bajarishdan bo‘yin tovlashi (240-modda);
jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish (241-modda).
Jamiyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar.
radioaktiv materiallardan foydalanish qoidalarini buzish (253-modda);
tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish (256-modda);
sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish (257-modda).
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop-moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar.
giyohvandlik vositalari yoki psixotrop-moddalar ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish (275-modda).