Bog'liq Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.
Kasb yuzasidan xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaslik
Aksariyat holatlarda tibbiy xodimlar mazkur jinoyatni sodir etganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi. 0 ‘zR JK 116-moddasiga muvofiq, shaxsningo‘zkasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast etkazishga sabab bo‘lgan holatlar jinoiy javobgarlikni yuzaga keltiradi. Ushbu-moddaning ikkinchi bandida qonun yoki maxsus qoidalarga muvofiq kasalga yordam ko‘rsatishi shart bo‘lgan shaxsning uzrli sababsiz unday yordam ko‘rsatmaganligi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast etkazilishiga sabab bo‘lgan holatlar uchun nisbatan jiddiyroq jazo belgilangan. Agarda yuqorida qilmishlar ehtiyotsizlik orqasidan
odamlar oMimiga, boshqacha og‘irroq oqibatlarga sabab bo‘Isa yanada og‘irroq jazo belgilangan.
Mazkur jinoyatning obyekti inson sog‘lig‘i va hayotidir. Sog‘liqqao‘rtaog‘iryoki og‘ir shikastko‘rinishidaziyon etkazilishi yoxud o‘lim sodir bo‘lishi qilmishnijinoyat sifatidatasniflash uchun lozim bo‘lgan asosiy shartdir. Odamlar o‘limi ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limini, va boshqa og‘ir oqibatlar esa - ikki yoki undan ortiq shaxslarga og‘ir shikast etkazilishini anglatadi.
Mazkur jinoyatlar subyekti tibbiyot, farmatsevtika xodimlari, shuningdek bu kabi vazifalar yuklatilgan boshqa sohalar vakillari bo‘lishi mumkin.
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston Respublikasining Qonuni 30-moddasi talablariga ko‘ra tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishlari shart. So‘nggi holatga muvofiq zarurat holatlarda ushbu yordam fuqarolarga joydan va vaqtdan qat’iy nazar, ya’ni tibbiy muassasadan tashqarida va ishdan tashqari vaqtlarda ham ko‘rsatilishi shart.
Shu bilan birga, ushbu moddada, “vrachgacha birlamchi shoshilinch yordam voqea joyida militsiya, yong‘in xavfsizligi, transport tashkilotlari xodimlari, shuningdek qonunchilikda bu kabi yordam ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan sohalar vakillari tomonidan ko‘rsatilishi lozim”ligi nazarda tutilgan. Ta’kidlash lozimki, yuqorida qayd etilgan sohalar vakillarini o‘qitish dasturida vrachgacha shoshilinch yordam ko‘rsatish masalalari ham nazarda tutiladi.
Beparvolik va o‘z o‘ziga ishonish ehtiyotsizlikning ko‘rinishlari sifatida jinoyatning subyektiv tomonini tashkil etadi. Demak, jinoiy javobgarlikka tortishning asosiy shartlaridan biri bu kasb yuzasidan xizmat vazifalarini uzrli sabablarsiz lozim darajada bajarmaslikdir. So‘nggi holatda yuklatilgan vazifani bajarishga monelik qiladigan tibbiy xodimning kasalligi, boshqa, nisbatan og‘irroq bernorga yordam ko‘rsatayotganligi sababli bandligi, zarur
bo‘lgan dori-darmonlar, asbob, uskuna, transportning yo‘qligi, tibbiy xodim hayotiga xavf soluvchi tabiiy ofatlar obyektiv sabablarga kiradi.
Dam olish va bayram kunlari, ishdan tashqari vaqt, mehnat
ta’tilida bo‘lish, shoshilinch yordam ko‘rsatish lozim bo‘lgan holatlarda maxsus bilimlarning yo‘qligi, bemor bilan shaxsiy adovatlarning mavjudligi va boshqalar uzrli sabab sifatida e ’tirof etilmaydi.
Har bir holatda sabablaming uzrli ekanligi masalasini hal
etish sudning tasarrufiga molikdir.
G. Vermelning (1988) fikriga ko‘ra tibbiy xodimlarni kasb yuzasidan xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish uchun, noxush oqibatlar mavjud bo‘lgan holatlarda ham, uchta shartning mavjudligi ko‘zda tutiladi:
Tibbiy xodim harakatlarining obyektiv noto‘g‘ri ekanligi va ulami umum tomonidan e’tirof etilgan va amaldagi rasmiy yo‘riqnoma, qoida, standartlarga zidligi va sh. k.
Tibbiy xodim o‘z kasbiy tayyorgarligi va toifasiga mos tarzda zarar etkazishi mumkin bo‘lgan harakati yoki xarakatsizligi noto‘g‘ri ekanligini anglashi lozim. Bunda xodimning bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va malakasi majmualari mavjud sharoitda unga to‘g‘ri qaror qabul qilish va uni bajarish real imkonini bergan.
Tibbiy xodimning harakati yoki harakatsizligi bevosita sabab-oqibatga bog‘lanishiga ega bo‘lgan jiddiy noxush oqibatlami yuzaga keltirganligi.
Fuqarolik javobgarlikni yuzaga keltirishda ham aynan ushbu shartlaming mavjud bo‘lishi ko'zda tutiladi.