“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Qonun 1996 yilda qabul qilingan. Uning talablari tibbiy xodimlar va muassasalar faoliyatiga ham tadbiq etilishi mumkin. Awalroq qayd etilganidek, ushbu Qonun nuqtai-nazaridan agarda
tibbiy xodim va muassasa tibbiy xizmat, ya’ni muolajalarning ijrochisi sifatida inobatga olinsa, bemor - iste’molchi sifatida e’tirof etiladi.
Qonunining 4-moddasiga muvofiq, iste’molchilar xizmat va ijrochi to‘g‘risidato‘liq ma’lumot olish, xizmatlarni erkin tanlash va lozim darajada sifatli ko‘rsatilishi, xizmatlarning xavfsiz bo'lishi, xizmatlar va ijrochining g‘ayrihuquqiy harakatlari natijasida etkazilgan moddiy va ma’naviy zararlami qoplanishi huquqiga ega. Qonunning 20-moddasi maxsulotlardagi (ishlar, xizmatlar) nuqsonlar oqibatida etkazilgan zararlarga moddiy javobgarlikni nazarda tutadi. Xususan, maxsulotning (ish, xizmat) konstruktiv, ishlab chiqarish, retseptur yoki boshqa nuqsonlari oqibatida, shuningdek iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mulkiy xavfsizligiga javob bermaydigan ashyolar, qurilmalar, asboblar, uskunalar, moslamalar yoki boshqa vositalardan foydalanish oqibatida iste’molchining hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mulkiga etkazilgan zarar sotuvchi (tayyorlovchi, ijrochi) tomonidan qoplanadi. Bunda iste’molchi ijrochi (tayyorlovchi, sotuvchi) bilan shartnomaviy munosabatda bo‘lish yoki bo‘lmasligidan qat’iy nazar zarami qoplashni talab qilish huquqiga ega. Agar ijrochi (ishlab chiqaruvchi, sotuvchi) zarar engib bo'lmas kuch ta’sirida yoki iste’molchining aybi bilan etkazilganligini isbotlasa zarami
qoplash ma’suliyatidan ozod qilinishi mumkin,.
Zarar etkazuvchi aybdor deb topilganda moddiy zarami va sarflangan harajatlarni qoplashidan qat’iy nazar, ist’emolchi huquqlarining buzilishi natijasida etkazilgan ma’naviy zarar uchun to‘lov u tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ma’naviy zarar uchun to‘lov miqdori sud tomonidan aniqlanishi lozim (22-modda).
Fuqarolik huquqi to‘g‘risida tushuncha.
Fuqarolik huquqining subyektlari va huquq subyekti maqomining asosiy shartlari.
Fuqarolik qonunining obyektlari.
Deliktjavobgarlik tushunchasi.
Delikt va shartnomaviy javobgarliklar farqi.
Qanday holatlarda zarami qoplash uchun javobgarlik vujudga keladi?
Fuqarolik javobgarlik sug‘urtalanganda zarami qoplash hususiyatlari?
Zarami qoplashda da’vo muddati.
Haq evaziga xizmat ko‘rsatadigan shartnomalar tuzishga talablar va uni bekor qilish asoslari.
Ma’naviy zarar tushunchasi va uni to‘lash shartlari.
“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston Respublikasining Qonuni nuqtai-nazaridan tibbiy xodimlar va muassasalar faoliyatiga qanday talablar qo‘yiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |