Z. A, G‘iyosov


Etkazilgan zarar uchun javobgarlikning yuzaga kelish shartlari



Download 10,66 Mb.
bet30/45
Sana11.06.2022
Hajmi10,66 Mb.
#656189
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45
Bog'liq
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Etkazilgan zarar uchun javobgarlikning yuzaga kelish shartlari


Etkazilgan zarar uchun majburiyat, va mos tarzda javobgarlik quyidagi holatlar mavjud bo‘lgan vujudga keladi:

  • zarar etkazilganlik fakti;

  • zarar etkazgan shaxs harakatining g‘ayriqonuniyligi (harakat yoki harakatsizlik);

  • zarar etkazgan shaxsning g‘ayriqonuniy harakati va vujudga kelgan zarar o‘rtasida sababiy bog‘liqlikni mavjudligi;

  • zarar etkazgan shaxsning aybini mavjudligi.

Sog‘liqqa zarar etkazgan tibbiy xodimning aybi ikki shaklda: qasddan (vrach zarar etishini istaydi va vujudga kelishiga imkon beradi) va ehtiyotsizlik orqasidan (zarar vrachning beparvoligi, o‘z o‘ziga o‘ta ishonish natijasida yuzaga keladi) sodir bo‘ladi.
Ko‘rsatilgan tibbiy xizmat mavjud standartlarga, shartnoma shartlariga yoki odatdagi talablarga mos kelmasa, shu jumladan tibbiy yordam nuqsonlari vujudga kelishiga sabab bo‘lsa, lozim darajada boimagan tibbiy yordam sifatida tasniflanadi. Ta’kidlash lozimki, bu kabi holatlarda zarar etkazishda aybning yo‘qligini isbotlash kamchilikka yo‘l qo‘ygan shaxsga (tibbiy xodim, davolash-profilaktika muassasasi) yuklatiladi.
Odatda uch holat mavjud bo‘lgan tibbiy xodim aybsiz deb topiladi:

  1. Favqulotda holat yoki engib bo‘lmas kuch ta’siri (masalan, tabiiy ofatlar va sh. k. ) bo‘lganligi isbotlansa;

  2. Agarda zarar bemorning iltimosi yoki uning roziligi bilan etkazilgan bo‘Isa. Ushbu holat bemorning ma’lumotli roziligini olish talablariga rioya etish nechog‘li muhim ekanligidan dalolat beradi.

  3. Bemor tomonidan qo‘pol ko‘rinishdagi ehtiyotsizlikka, vrach tomonidan belgilangan talablarning buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi isbotlansa (V. V. Chernobay, 2005).

Bunday holatlarda tibbiy hujjatlami yuritish holati alohida ahamiyat kasb etadi - asl nusxaning mavjudligi, kundaliklardagi ma’lumotlarning to‘laqonligi, to‘g‘rilashlaming yo‘qligi va h. k.
0 ‘zR FK 985-moddasiga muvofiq, g‘ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga etkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga etkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zarami etkazga shaxs tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim. Zarami to‘lash majburiyati zarar etkazuvchi bo‘lmagan shaxsga ham yuklatilishi mumkin. Qonun hujjatlarida yoki shartnomada jabrlanuvchilarga zarami to‘lashdan tashqari tovonto‘lash majburiyati belgilab qo‘yilishi mumkin. Zarar etkazgan shaxs, agar zarar o‘z aybi bilan etkazilmaganini isbotlasa, zararni to‘lashdan ozod qilinadi. Shu bilan birga qonunda zarar etkazgan shaxsning aybi boMmagan taqdirda ham zarami toiash nazarda tutilishi mumkin. Agar zarar jabrlanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan etkazilgan bo‘Isa, zarar etkazgan shaxsning harakatlari esa jamiyatning axloqiy tamoyillarini buzmasa, zarami to‘lash rad etilishi mumkin.
Agarda jinoiy qonunchilikda oxirgi zarurat holatida sodir etilgan harakat javobgarlikka tortilmasa, fuqarolik qonunchiligida ular zarami qoplash ko‘rinishidagi javobgarlikka tortishdan ozod qilish uchun asos bo‘la olmaydi. Ya’ni, oxirgi zarurat holatida etkazilgan zarar, ya’ni zarar etkazgan shaxsning o‘ziga yoki boshqa shaxslarga tahdid solgan xavfhi bartaraf etish uchun oxirgi zarurat
holatida etkazilgan zarar, agar bu xavf mazkur holatlarda boshqa vositalar bilan bartaraf etilishi mumkin bo‘lmasa, zarar etkazgan shaxs tomonidan to‘lanishi lozim. Bunday zarar etkazilgan holatlami hisobga olib, sud uni to‘lash majburiyatini zarami etkazgan shaxs uchinchi shaxsning manfaaatini ko‘zlab harakat qilgan bo ‘Isa, o‘sha shaxsga yuklashi yoxud bu uchinchi shaxsni ham, zarar etkazgan shaxsni xam zarami to‘lashdan to‘liq yoki qisman ozod qilishi mumkin ( 0 ‘zR FK 988-modda).
0 ‘zR FK 989-moddasiga muvofiq, yuridik shaxs yoki fuqaro o‘z xodimi mehnat (xizmat, lavozim) majburiyatlarini bajarib turgan vaqtida etkazgan zarami qoplaydi. Tibbiy faoliyatga nisbatan qo‘llaganda sog‘liqni saqlashning turli tizimidagi muassasalar xodimlari o‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida etkazgan zarar uchun fuqaroviy-huquqiy javobgarlikka tortiladi.
Bu masalada etkazilgan zarar sug‘urta kompaniyasi tomonidan toianadigan fuqaroviy javobgarlikni sug‘urtalash alohida ahamiyat kasb etadi. Ixtiyoriy yoki majburiy sug‘urta tartibida jabrlanuvchi foydasiga o‘z javobgarligini sug‘urtalagan yuridik shaxs yoki fuqaro etkazilgan zarami to‘liq qoplash uchun sug‘urta puli etishmgan taqdirda, sug‘urta puli va zaraming haqiqiy miqdori o‘rtasidagi farqni to‘laydi ( 0 ‘zR FK 992-modda).
Qonunchilik zarar etkazgan shaxsga nisbatan regress huquqini belgilaydi ( 0 ‘zR FK 1001-modda). Ya’ni, o‘z xodimi tomonidan etkazilgan zarami to‘lagan yuridik shaxs (masalan, davolash-profilaktika muassasasi), to‘langan mablag‘ni xodimdan muassasa hisobiga qaytarishni talab qilishi mumkin. Lekin, amalda tibbiy muassasa o‘z xodimi (vrach, o ‘rta tibbiy xodim) tomonidan etkazilgan zarami qaytarish masalasida qarshi da’vo taqdim etgan holatlar juda kam uchraydi.
Agar jabrlanuvchining mehnat qobiliyati zarami undirish belgilangan paytda bo‘lgandagiga nisbatan yomonlashgan yoki aksincha oshgan bo‘lsa sud jabrlanuvchi yoki zarar etkazgan shaxsning talabiga ko‘ra zarami qoplash miqdorini ko‘paytirishi
yoki karaaytirishi mumkin ( 0 ‘zR FK 1012-modda).
0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida tibbiy yoki farmatsevtika faoliyatiga ham taalluqli bo‘lgan tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida etkazilgan zaraming o‘mini qoplash masalasi alohida yoritilgan. Ya’ni, mahsulotning (ishning, xizmatning) konstruktiv, retseptur yoki boshqa nuqsonlari oqibatida, shuningdek tovar (ish, xizmat) to‘g‘risidagi ma’lumot noto‘g‘ri yoki etarli emasligi oqibatida fiiqaroning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yoxud yuridk shaxsning mol-mulkiga etkazilgan zarar sotuvchi yoki tayyorlovchi (ijrochi) tomonidan, ulaming aybidan va jabrlanuvchi ular bilan shartnoma munosabatlarida bo‘lgani yoki bo‘lmaganidan qat’iy nazar, qoplanishi lozim ( 0 ‘zR FK 1017-modda).
Bunday holatlarda zararni qoplash ayrim xususiyatlarga ega. Mahsulotningnuqsonlarioqibatidaetkazilganzararjabrlanuvchining tanloviga ko‘ra tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi (masalan, farmatsevtika faoliyatida dori-darmon, yoki boshqa vositalar, tibbiy texnika va buyumlar) tomonidan qoplanishi lozim. Ishning (xizmatning) nuqsoni oqibatida etkazilgan zarar ishni bajargan yoki xizmatni ko‘rsatgan shaxs (ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim. Xuddi shu tartibda tovar (ish, xizmat) to‘g‘risida to‘liq yoki ishonchli ma’lumot bermaganlik oqibatida etkazilgan zarar qoplanishi lozim ( 0 ‘zR FK 1018-modda).
Shu bilan birga tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi, ishning (xizmatning) ijrochisi, zarar engib bo‘lmas kuch ta’sirida yoki iste’molchi tovarlami saqlash yoki ulardan (ishning natijalaridan, xizmatlardan) foydalanish yuzasidan belgilangan qoidalami buzishi oqibatida etkazilganligini isbotlagan hollarda javobgarlikdan ozod qilinadi ( 0 ‘zR FK 1020-modda).



Download 10,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish