Nazorat savollari:
1. Ma’muriy qonunchilik vazifalari?
Ma’muriy huquqbuzarlik haqida tushuncha?
Ma’muriy qilmish jinoyatdan qanday farqlanadi?
Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan harakat ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadimi?
Ma’muriy javobgarlik qaysi yoshdan yuzaga keladi. ?
Ma’muriy jazo turlari?
Ma’muriy jazolami qo‘llash tartibi?
Tibbiy xodimlaming kasbhuquqbuzarliklari holatlarida ma’muriy jazoning ko‘proq qaysi turi qo‘llaniladi?
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlami ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organlar?
Ma’muriy huquqbuzarliklami ko‘rib chiqish tartibi?
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga qanday talablar mavjud?
Ma’muriy jazoga tartilayotgan shaxs qanday huquqlarga
ega?
Qanday holatlarda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi
ishlar ко‘rib chiqilayotganda ekspertiza tayinlanadi?
Fuqarolaming huquq va erkinliklariga tajovuz qiliuvchi ma’muriy huquqbuzarliklami sanab bering?
Aholi sog‘lig‘ini saqlash sohasida sodir etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklar?
Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi ma’muriy huquqbuzarliklami sanab bering?
VIII bob. TIBBIY XODIMLARNING FUQAROVIY- HUQUQIY JAVOBGARLIGI
Fuqarolik huquqi haqida tushuncha
Fuqarolik huquqi - fuqarolar va turli tashkilotlaming mulkiy va u bilan bog‘liq bo‘lgan nomulkiy munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar tizimidir. Fuqarolik qonunchiligi Fuqarolik kodeksi va boshqa normativ hujjatlardan tashkil topadi.
Fuqarolik huquqiy munosabatlar subyekti sifatida ham jismoniy (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar), ham yuridik shaxslar (tashkilotlar, muassasalar, korxonalar va h. k .), fuqarolik subyekti maqomiga ega bo‘lgan davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalar bo‘lishi mumkin.
Fuqarolik subyekti maqomining asosiy sharti bu fuqarolik protsessual huquq layoqati va fuqarolik protsessual muomala layoqatining mavjudligidir. Agarda huquq layoqati subyektning huquq va majburiyatlarga, ya’ni fuqarolik munosabatlaming ishtirokchisi bo‘lish uchun subyektning ijtimoiy-huquqiy imkoniyatlarga ega bo‘lishini ko‘zda tutsa, protsessual muomala layoqati - subyektning o‘z harakatlari bilan o‘zi uchun fuqarolik huquq va burchlami vujudga keltirish, shuningdek sodir etgan fuqarolik huquqbuzarliklari uchun mustaqil javob bera olish layoqatini anglatadi.
Fuqarolik huquqlarining obyektlariga ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli qog‘ozlar, boshqa buyumlar, mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat namunalari, fan, adabiyot, san’at asarlari va intellektual faoliyatning boshqa natijalari, shuningdek shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy boyliklar kiradi. ( 0 ‘zR FK 81-modda). Ta’kidlash lozimki, shaxsning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si ham nomulkiy huquqlarga taalluqli bo‘lib, fuqarolar ularni sud orqali himoya qilishni talab etishlari mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi shaxsning huquq
va erkinliklarini himoya qilishni kafolatlaydi. Xususan, fuqarolik huquqlarini himoya qilishning boshqa usullari qatorida zarami to‘lash, ma’naviy ziyonni qoplashni ko‘rsatib o‘tish mumkin ( 0 ‘zR FK 15-modda).
Do'stlaringiz bilan baham: |