VII bob. TIBBIY XODIMLARNING MA’MURIY JAVOBGARLIGI
Ma’muriy qonunchilik haqida tushuncha
Qonunchilikning alohida mustaqil tarmog‘i sifatida ma’muriy qonunchilik davlat boshqaruv tizimi va boshqa turli sohalarda ijtimoiy (jamoat) munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar majmuasidan iboratdir. Qonunchilikning ushbu turi fuqarolaming ko‘plab huquqlarini mustahkamlaydi, turli xil muassasalaming faoliyati, mansabdor shaxslar va fuqarolaming xulqi qoidalarini belgilaydi (masalan, sanitariya qoidalari, litsenziyalash qoidalari, atrof muhitni asrash va boshq.), qoidalarni buzganlik uchun javobgarliklarni, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik uchun jazo qo‘llash tartibini ko‘zda tutadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolaming nafaqat huquq va erkinliklari, balki ularning majburiyatlari ham tengligini belgilaydi. Demak, fuqarolar o‘z huquqlaridan foydalanish bilan bir qatorda, ularga qonun bilan yuklatilgan majburiyatlami ham bajarishlari shart.
Fuqarolaming o‘z majburiyatlarini bajarmasligi, ularga rioya etishdan bo‘yin tovlashi, huquqlarini suiste’mol qilishi mos tarzdagi qonuniy chora ko‘riIishiga sabab bo‘ladi.
Ma’muriy qonunchilikda ko‘zda tutilgan huquq va majburiyatlami amalga oshirish jarayoni, fuqarolar tomonidan qonuniy yoki noqonuniy ko‘rinishda bo‘ladiganyuridik harakatlami bajarish orqali amalga oshiriladi.
Fuqarolaming qonuniy harakatlari ulaming ham huquqlari (mavjud huquqlardan foydalanish, qonuniy huquqlarga ega bo‘lish, buzilgan huquqini himoya qilish), ham majburiyatlari (majburiyatlarini ixtiyoriy bajarish, qonun talablariga rioya etish) bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Fuqarolaming noqonuniy harakati, ya’ni ma’muriy qonunchilik me’yorlarining buzilishi ma’muriy majburlovni ko‘zda tutuvchi ma’muriy huquqbuzarliklami keltirib chiqaradi.
92
Qonunchilikka muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik deganda fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Ushbu huquqbuzarlik jamiyat uchun xavf alomatlarini tutmaydi, va mos tarzda jinoiy javobgarlikni yuzaga keltirmaydi. Ta’kidlash lozimki, ma’muriy huquqbuzarlikr jinoyat uchun xos bo‘lgan qator umumiy belgilarga ega. Ahamiyati, oqibatining og‘irligi, sodir etilish sonini inobatga olganda ayrim huquqbuzarliklar jinoiy qonunchilik nuqtai-nazaridan baholanib, jinoyat sifatida tasniflanishi mumkin. Ya’ni, masalan. sanitariya qonunchiligini, epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini, radiatsion va yong‘in xavfsizligi talablarini, davlat hisobotlarini rasmiylashtirish tartibini buzilishi, yuqorida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha ijtimoiy xavf alomatlarini yuzaga keltirishi va mos tarzda jinoyat sifatida qayd etilishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakati yoki harakatsizligi g‘ayrihuquqiy ekanligini bilgan bo‘Isa, uning zararli oqibatlariga ko‘zi etgan, yuz berishini istagan bo‘lsa yoki bu oqibatlaming kelib chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bunday ma’muriy huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan deb hisoblanadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o ‘z harakati
yoki harakatsizligi zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan ko‘ra bila bo‘lgan bo‘lsa ham, lekin engiltaklik bilan ulaming oldini olish mumkin deb o‘ylagan bo‘lsa, yohud bunday oqibatlaming kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘rishi lozim va mumkin bo‘lgan holda oldindan ko‘ra bilmagan bo‘lsa, bunday ma’muriy huquqbuzarlik ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan deb hisoblanadi.
Qonun bilan himoya etiladigan huquq va manfaatlarga
oxirgi zarurat holatida zarar etkazilishiga sabab boMgan harakatlar 93
ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblanmaydi. Bunda shaxsga yoki shaxsning huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga tahdid etayotgan xavfni o‘sha holatda boshqacha choralar bilan bartaraf etib bo‘lmasa hamda etkazilgan zarar oldi olingan zararga qaragandan kamroq bo‘lsa, bartaraf etish uchun sodir etilgan harakatlar ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblanmaydi.
Qonunchilikka muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan paytda o‘n olti yoshga to'lmagan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.
Sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli bo‘lgan taqdirda, shu ishni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organ (mansabdor shaxs) huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etib, uni ogohlantirish bilan kifoyalanishi mumkin ( 0 ‘zR. MJhK 21-modda).
Do'stlaringiz bilan baham: |