O‘rindoshlik, bir necha kasbda (lavozimda) ishlash va o‘rinbosarlik
Qonunchilikda asosiy ishdan tashqari o‘rindoshlik, o ‘rinbosarlik va bir necha kasbda (lavozimda) ishlashga imkon beriladi.
0 ‘rindoshlik asosida ishlash deb asosiy ishidan bo‘sh vaqtida muassasada (ichki o ‘rindoshlik) yoki boshqa muassasada (tashki o‘rindoshlik) haq toianadigan ishni shartnoma asosida bajarish tushuniladi.
Bir necha kasbda (lavozimda) ishlashda asosiy ish bilan bir qatorda qo‘shimcha tarzda muassasada boshqa kasb yoki lavozim bo‘yicha ish bajariladi. Xususan, sogiiqni saqlash muassasasi rahbariga vrach lavozimida yoki vrachlarga - o‘rta tibbiy xodim vazifasida ishlashga ruxsat beriladi. Belgilangan ish hajmi faqat asosiy ish o‘mida va asosiy ish vaqtida bajarilgandagina bir necha kasbda ishlash imkoniyati tugiladi.
Asosiy ishini bajarish bilan bir qatorda vaqtincha yo‘q, ammo lavozimi saqlangan boshqa xodimning ham ishini bajarishga o‘rinbosarlik deb ataladi.
Ish vaqti
Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim boigan vaqt ish vaqti hisoblanadi.
Ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq boiishi mumkin emas. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning davomiyligi etti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortiq boimasligi lozim.
Shu bilan birga qonunchilikka va mehnatga oid boshqa me’yoriy hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasiga muvofiq alohida toifadagi xodimlarga mehnatga toianadigan haqni kamaytirmasdan ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi. Bular qatoriga 18 yoshga toimagan shaxslar, I va II guruh
nogironlari, noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar, ishi alohida xususiyatlarga ega bo‘Igan xodimlar kiradi ( 0 ‘zR MK 116-modda).
So‘nggi toifa ishining o‘ziga xosligi yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tarangligi bilan bog‘liqdir. Qonunchilikka muvofiq ulaming ish vaqti haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. Bunday xodimlar ro‘yxati va ular ish vaqtining aniq muddati 0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi ( 0 ‘zR MK 118-modda). Xususan, ushbu toifaga tibbiy xodimlar ham kiradi.