Z. A, G‘iyosov


Individual va jamoa mehnat shartnomalari



Download 10,66 Mb.
bet20/45
Sana11.06.2022
Hajmi10,66 Mb.
#656189
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45
Bog'liq
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Individual va jamoa mehnat shartnomalari


Ishga qabul qilish vaqtida mehnat shartnomasi tuziladi. Mehnat shartnomasi mohiyati bo‘yicha xodim va ish beruvchi o‘rtasida ma’lum bir mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin qo‘shimcha holatlar (tanlovdan o‘tish, lavozimga saylanish va boshqalar) boiishi mumkin ( 0 ‘zR MK 72-modda).
Mehnat shartnomasida quyidagilar belgilangan bo ‘lishi lozim: xodimning ish joyi; xodimning mehnat vazifasi - mutaxassisligi, malakasi, lavozimi; ishning boshlanish vaqti; mehnat shartnomasi muayyan muddatga tuzilganda uning amal qilish muddati; mehnat haqi miqdori va boshqa shartlar. Alohida ta’kidlash lozimki, mehnat shartnomasini tuzish vaqtida xodimlarning qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan mehnat huquqlari va kafolatlari darajasi pasaytirilishi mumkin emas ( 0 ‘zR MK 73-modda).
Mehnat shartnomalari nomuayyan muddatga, besh yildan ortiq boimagan muayyan muddatga yoki muayyan ishni bajarish vaqtiga moijallab tuzilishi mumkin. Agarda mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko‘rsatiImagan boisa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi. Qonunchilikka muvofiq nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz muayyan muddatga, shuningdek muayyan ishni bajarish vaqtiga moijallab qayta tuzilishi mumkin emas ( 0 ‘zR MK 75-modda).
Ishga qabul vaqtida quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: pasport yoki uning o‘mini bosadigan boshqa hujjat; mehnat daftarchasi (birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno); harbiy bilet yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma; oliy yoki o ‘rta maxsus o‘quv yurtini tamomlaganligi to‘g ‘risidagi diplom yohud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnoma
yoki qonunchilikka mos tarzda ma’lum bir ishni bajarish imkonini beradigan maxsus ma’lumot yoki maxsus tayyorgarlikdan o‘tganligi haqidagi hujjat. 0 ‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan olingan ma’lumotnomani taqdim etadi ( 0 ‘zR MK 80-modda).
Qator holatlarda ishga qabul qilishdan oldin dastlabki sinov belgilanishi mumkin. Ushbu sinov xodimning topshirilayotgan ishga layotqatliligini tekshirib ko‘rish, xodim mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi uchun о‘tkaziladi. Mehnat qonunchiligiga muvofiq ayrim holatlarda dastlabki sinov belgilanmaydi (homilador ayol, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayolar ishga qabul qilinganda va boshq.) ( 0 ‘zR MK 84-modda). Dastlabki sinov uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatga belgilanadi ( 0 ‘zR MK 85-modda).
Dastlabki sinov muddati tugagunga qadar har bir taraf ikkinchi tarafni uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir. Agarda dastlabki sinov muddati qadar taraflardan birortasi ham mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilmagan bo‘Isa, shartnomaning amal qilishi davom etadi va bundan keyin uni bekor qilishga umumiy asoslarda yo‘l qo‘yiladi ( 0 ‘zR MK 87-modda).
Korxona kasaba uyushmasi о‘z vakillik organlari yoki bevosita jamoaning umumiy yig‘ilishi (konferentsiyasi) ish beruvchi bilan jamoa shartnomasini tuzish zaruriyati haqida qaror qabul qilish huquqiga ega.
0 ‘zR MK 29-moddasiga muvofiq jamoa shartnomasi korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlami tartibga soluvchi normativ hujjatdir.
Jamoa shartnomasi tuzishning asosiy tamoyillari 0 ‘zR MK 30-moddasida keltirilgan. Ular quyidagilar:
qonun hujjatlari normalariga rioya qilish; taraflar vakillarining vakolatliligi;
jamoa shartnomalari, kelishuvlari mazmunini tashkil etuvchi masalalami tanlash va muhokama erkinligi;
majburiyatlar olishning ixtiyoriyligi;
olinayotgan majburiyatlarning haqiqatda bajarilishini ta’minlash; tekshirib borishning muntazamligi;
javobgarlikning muqarrarligi.
Jamoa shartnomasining tomonlari bo‘lib kasaba uyushmalari yoki o‘zlari vakolat bergan boshqa vakillik organlari, ikkinchi tarafdan - bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar hisoblanadi. Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishi taraflar tomonidan belgilanadi. Jamoa shartnomasiga mehnatga oid, ijtimoiy, iqtisodiy, kasbga oid va boshqa masalalar borasida taraflaming o‘zaro majburiyatlari kiritiladi.
Jamoa shartnomasida muassasaning iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda boshqa shartlar, shu jumladan qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan me’yorlar va qoidalarda ko‘rsatilganga qaraganda imtiyozliroq mehnat shartlari va ijtimoiy-iqtisodiy shartlar (qo‘shimcha ta ’tillar, pensiyalarga ustamalar, muddatidan ilgari pensiyaga chiqish, transport va xizmat safari harajatlari uchun kompensatsiyalar va boshqa qo‘shimcha imtiyozlar).
Basharti amaldagi qonunlarda me’yoriy tusdagi qoidalar jamoa shartnomasida mustahkamlab qo‘yilishi shart deb bevosita ko‘rsatma berilgan bo‘lsa, bunday qoidalar jamoa shartnomasiga kiritiladi ( 0 ‘zR MK 37-modda).
Jamoa shartnomasining loyihasi muassasaning tuzilmalarida xodimlar tomonidan muhokama qilinadi, bildirilgan fikr va takliflar hisobga olingan holda takomiliga etkazilgandan so‘ng mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferentsiyasi) muhokamasiga qo‘yiladi.
Jamoa shartnomasining amal qilish muddati taraflar tomonidan belgilanadi va belgilangan muddat tugagach, yangi shartnoma tuzguncha yoki amaldagi shartnomani o‘zgartirguncha, to‘ldirguncha amalda bo‘ladi.

Download 10,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish