27-variant
1.«Nutq madaniyati» tushunchasi haqida.
Nutq madaniyati, nutq odobi — 1) ogʻzaki va yozma adabiy til meʼyorlari (talaffuz, urgʻu, soʻz qoʻllash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida meʼyorlashtirish (tartibga solish) muammo larini oʻrganuvchi boʻlimi. Gʻarb tilshu-nosligida umumiy maʼnoda “til madaniyati” termini ham qoʻllanadi. 1-maʼnodagi “Nutq madaniyati” tushunchasi adabiy tilni oʻzlashtirishdagi ikki bos-qichni qamrab oladi:Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa boʻlib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas boglik holda taraqqiy etadi. Jamiyat aʼzolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, Nutq madaniyati qoidalari va meʼyorlariga muvo-fiq holda takomillashib boradi. Nutq madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, sanʼat, radio, televideniye va davriy matbuotning alohida oʻrni bor. 2. O‘zbek tilida tinish belgilari haqida. Tinish belgilari – muayyan tilda yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlari (ran boʻlaklari)ning oʻzaro mantiqiygrammatik munosabatlarini koʻrsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalar. Tinish belgilari markaziy, asosiy belgilar tizimiga (harflar va Tinish belgilari) mansub boʻlib, u qoʻshimcha, yordamchi belgilar tizimidan (raqamlar, turli fanlarga oid ilmiy belgilar, bosmaxona belgilari) maʼlum jihatlari bilan farq qiladi. Tinish belgilari ning yozuvda qoʻllanishi oʻziga xos tizimga ega. Bu tizim — Tinish belgilari miqdori, qoʻyilish tartibi va qoʻllanish prinsiplari yigʻindisi — punktuatsiyani vujudga keltiradi. Bular yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) xamda til birliklari (soʻzlar, morfemalar) bilan koʻrsatish mumkin boʻlmagan turlicha fikriy munosabatlar va psixologik holatlarni ifodalashda ham muhim ahamiyatga ega boʻlib, yozma nutqning tushunilishini osonlashtiradi. Tinish belgilari ning asosiy vazifasi nutqning mazmuniy boʻlinishini koʻrsatish, shuningdek, uning sintaktik tuzilishi va intonatsion jihatini aniqlashga yordam b 3. Aksentologik me’yor haqida.Aksentologik me‟yor. Aksentologik me‘yor urguni togri qollash bilan bogliq me‘yordir. Adabiy tilning aksentologik me‘yorida har bir sozda urguningq ollanish orni qat‘iy tarzda belgilab beriladi.Ma‘lumki, sozdagi urgu ma‘no farqlash xususiyatiga ega. Urgu yordamida yozuvda farqlanmaydigan sozlar ozaro farqlanadi. Buni quyidagi sozlar misolida ham kuzatish mumkin: atlas-atlas, fizik-fizik, bosma-bosma, hozir-hozir.Anglashiladiki, urguning ozgarishi soz ma‘nosining ozgarishiga olibKeladi. Shu sababli har bir sozdagi urguni oz ornida qollash maqsadga muvofiq 4. So`zlashuv uslubi nima?So‘zlаshuv uslubidаgi nutq hаm hаmmа uchun umumiy vа til vоsitаlаrini sаylаb ishlаtishdа erkindir. Bu uslub nutqi g‘аyri rаsmiyligi, eksprеssivligi, bаyonning erkinligi vа аsоsаn, diаlоgik xаrаktеrdаligi bilаn izоhlаnаdi. So‘zlаshuv uslubdа mеtоfоrik so‘zlаr, diаlеktizm, vulgаrizm vа frаzеоlоgik ibоrаlаr ko‘prоq qo‘llаnаdi. Turli ekstrаlingvistik fаktоrlаr (qo‘l, bоsh, bаdаn hаrаkаtlаri, mimikаlаr) so‘zlаshuv nutqi uslubgа xоsdir. So‘zlаshuv uslubidаn аdаbiy аsаrdа pеrsоnаjlаrning nutqiy tаvsifini bеrish mаqsаdidа fоydаlаnilаdi: – Mеn sizgа inаk sоg‘ishniyam, – dеdi Rаyhоnbibi Оliyagа, – o‘t o‘rishniyam, pоlizgа qаndаy ishlаshniyam o‘rgаtаmаn. Qishlоqqа ish bilmаgаn оdаm dаr qоlаdi. (О.Muxtоrоv.)Subyеktiv bаhо shаklli оtlаr, sifаtlаrning оzаytirmа vа kuchаytirmа shаkllаrining(tоychоq, kеlinchаk, qizchа, оqqinа, qizgish) ko‘p ishlаtilishi bu uslubning mоrfоlоgik xususiyatidir. Shuningdеk, turli diаlеktаl shаkllаrni ishlаtish (-dа o‘rnidа -gа; -ning o‘rnidа -ni, -lаr o‘rnidа -lа) yoki аffikslаrni nutqiy tеjаm qilish (mаktаbdа o‘kiydi o‘rnidа mаktаb o‘qiydi) hаm bu uslubning xаrаktеrli bеlgisidir.Sintаktik jihаtdаn so‘zlаshuv nutqining аsоsini to‘liqsiz gаplаr (– Аytаmаn. -Kimgа?-Оting nimа? – Yodgоr) tаshkil qilаdi.Shuningdеk, so‘z-gаplаr (-Hа.-Yo‘q.-Nаhоt.), emоtsiоnаl gаplаr (Hа, bаrаkаllа! Yashа, аzаmаt! Vоy, rаhmаt!), ritоrik so‘rоq gаplаr hаmdа bоg‘lоvchisiz qo‘shmа gаplаrning ko‘p ishlаtilishi hаm so‘zlаshuv uslubi uchun xаrаktеrli xususiyatdir.So‘z tаrtibi nisbаtаn erkin, so‘zlоvchi uchun muhim sаnаlgаn so‘z gаp bоshidа bеrilаdi. 5. Guvohnoma haqida ma’lumot bering. GUVOHNOMA — 1) yuridik faktlarni (mas, bola tugʻilganini, nikohdan oʻtilganini, nikoh bekor qilinganini) tasdiqlaydigan hujjat. G., albatta, tasdiqlanishi shart boʻlgan yuridik faktlarni nazarda tutadi, bu shart qonun yoki boshqa huquqiy hujjatlarda koʻrsatiladi. Guvohnoma shaqli va belgilari tegishli huquqiy hujjatda qayd etilib, ularga rioya qilmaslik Guvohnoma haqiqiy deb topilmasligiga sabab boʻlishi, mazmuni boʻyicha faqat sud orqali bahslanishi mumkin. Guvohnoma maxsus nom bilan ataladi (mas, oliy oʻquv yurtini bitirganlik toʻgʻrisida yoki prof. Ilmiy unvonini berish toʻgʻrisida Guvohnoma va h. K.); 2) muayyan sohada ishlayotgan yoki tahsil olayotgan shaxslarga (mas, Prezident devoni, Milliy xavfsizlik xizmati, prokuratura, sud, militsiya, Adliya vazirligi xodimlariga, advokatlarga, oliy oʻquv yurti talabalari, oʻqituvchilari va h. K. Ga) topshiriladigan, egallab turgan lavozimlari yuzasidan guvohlik beradigan hujjat; 3) maʼlum bir shaxsning xizmat va b. Holatlarini, shuningdek, biror ishga (mas, taftish oʻtkazishga) vakolatini tasdiklovchi hujjat. Shaxsga muayyan malaka berilganligi haqidagi Guvohnoma va shu turdagi boshqa Guvohnoma larda uning muddati koʻrsatilmaydi, malaka komissiyasi raisi va aʼzolari imzosi boʻladi. Biror shaxsga muayyan imtiyoz berilganligi haqidagi Guvohnoma matnida tegishli qonun yoki hukumat qaroriga havola yoziladi. 28-variant
Annotatsiya haqida malumot Annotatsiya (lotincha: annotatio – qayd) – qisqacha ta’rif. Kitob, maqola, qoʻlyozma mundarijasini, gʻoyaviy-siyosiy yoʻnalishini va boshqa jihatlarini ochib beradi. Annotatsiyani, masalan, kitobning oʻzida, bi-bliografik koʻrsatkichlarda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. Uning vazifasi oʻquvchilarda muayyan kitob, maqola, qoʻlyozma toʻgʻrisida umumiy ta-savvur tugʻdirish va ularga adabiyotlar tanlashda yordam koʻrsatishdir. 2. Punktuatsion me’yor nima?Punktuatsiya (lot. Punctum — nuqta; kichkina dogʻ) — 1) alifbodan tashqari boʻlgan grafik belgilar (tinish belgilari) tizimi boʻlib, grafika va orfografiya (imlo) bilan birgalikda yozma tilning asosiy vositalarini tashkil etadi. P.ning asosiy vazifasi yozma (bosma) matnni qismlarga ajra-tish, grafik jihatdan shakllantirishdir; 2) yozma matnni punktuatsion rasmiylashtirishni tartibga soluvchi, har bir til uchun tarixan shakllangan qoidalar, meʼyorlar; 3) P. Tizimi qonuniyatlarini, shuningdek, tinish belgilarining qoʻllanish meʼyorlarini oʻrganadigan tilshunoslik boʻlimi.P. tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini taʼminlashda muhim vositadir. Oʻz navbatida, muayyan tiddagi P. Anʼanalarining mustahkamlanishi va takomillashuvida tanikli yozuvchilarning ijo-di hamda tinish belgilarining qoʻllanish kridalarini belgilovchi va tartibga soluvchi tilshunoslar faoliyati katta ahamiyatga ega. 3. Tilning pаydо bо‘lishi haqida ma’lumot bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |