Z. A, G‘iyosov


Intizomiy jazolar va ularni qo‘llash tartibi



Download 10,66 Mb.
bet24/45
Sana11.06.2022
Hajmi10,66 Mb.
#656189
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45
Bog'liq
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Intizomiy jazolar va ularni qo‘llash tartibi


Mehnat intizomini, shu jumladan individual va jamoa mehnat shartnomasi talabalarini buzilishi intizomiy qilmish sifatida baholanadi va bunga yo‘l qo‘yganligi uchun ish beruvchi xodimni intizomiy jazoga tortish huquqiga ega. Qonunchilikda quyidagi jazo turlari ko‘zda tutilgan: hayfsan, o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima, mehnat shartnomasini bekor qilinishi. Shu bilan birga muassasaning ichki tartibiga binoan alohida turdagi intizomiy qilmishlarga o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizi miqdorida jarima belgilanishi mumkin ( 0 ‘zR MK 181-modda).
Intizomiy jazoni qoMlashda o‘zga xos tartib mavjud. Jumladan, intizomiy jazo qilmish aniqlangandan bir oylik muddatda qo‘llanilishi mumkin. Ushbu muddatga xodimning bemor yoki mehnat ta’tilida bo‘Igan vaqt kirmaydi. Intizomiy jazo qilmish sodir etilgandan olti oy o‘tgandan so‘ng, moliya-xo‘jalik faoliyatining taftish etish yoki tekshirish natijasi aniqlanganda esa sodir etilgan kundan boshlab ikki yil o‘tgandan keyin jazoni qo‘llab bo‘lmaydi. Intizomiy jazo qo‘llanilishidan oldin xodimdan yozma tarzda tushuntirish xati talab qilinish lozim. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning ilgari sodir qilgan nojo‘ya hatti- xarakati uchun jazo qo‘llashga to‘siq bo‘la olmaydi. Mehnatga oid qonunchilikka muvofiq har bir huquqbuzarlikka bitta intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin va xodimning jazoga tortilganligi buyruq bilan e’lon qilinadi ( 0 ‘zR MK 182-modda).
Intizomiy jazo amal qilish muddatiga ega bo‘lib, u jazo qo‘Ilanilgan kundan boshlab bir yilni tashkil etadi. Agar xodim shu muddat ichida yana intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi. Qonunchilikka muvofiq ish beruvchi o‘z tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga yoki mehnat jamoasining tavsiyasiga ko‘ra muddatdan oldin bekor qilishi mumkin ( 0 ‘zR MK 183-modda).

Nazorat savollari:


  1. Qonunchilikka muvofiq xodim va ish beruvchi qanday huquqlarga ega?

  2. Individuval va jamoa mehnat shartnomalarining tuzish

shart-sharoitlari?

  1. 0 ‘rindoshlik, o‘rinbosarlik va bir necha kasbda ishlash xususiyatlari?

  2. Qonunchilikda ish vaqtiga nisbatan qanday talablar

mavjud?

  1. Mehnatni muhofaza qilish borasida xodim va ish beruvchining majburiyatlari?

  2. Mehnat shartnomasini bekor qilish uchun umumiy asoslar?

  3. Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga ko‘ra bekor qilish tartibi?

  4. Ish beruvchining tashabbusiga binoanmehnat shartnomasini bekor qilish xususiyatlari?

  5. Ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini

bekor qilishga imkon beradigan sabablar?

  1. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish tartibi?

  2. Intizomiy qilmish sodir etilgandajazo turlari?

  3. Intizomiy jazoni qoilash tartibi?

Download 10,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish