0 ‘zR Ж 113-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatning subyekti aksariyat holatlarda tanosil kasalligi bilan og‘rigan bemorlar yoki OlV-infektsiyasi bilan zararlangan (odam immuntanqisligi virusini yuqtirgan) shaxslar bo‘lib, ular tomonidan o‘z kasalliklarini bilgan holda, boshqa shaxslarga tanosil kasalligi yoki OlV-infektsiyasini yuqtirishi yoki yuqtirish xavfi ostida qoldirishi tushuniladi. Bunda tanosil kasalligining turi, xususiyatlari, shu jumladan davolash imkoniyatining mavjudligi va oqibatlari jinoyatga huquqiy baho berishda inobatga olinmaydi.
Keyinroq, 2010 yilda ushbu moddaga tibbiy xodimlaming javobgarligini ko‘zda tutuvchi o‘zgartishlar kiritildi. Ushbu holatda boshqa shaxsga OIV-infektsiya/OITS yuqtirish kasb yuzasidan xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaslik oqibatida sodir bo'lishi ko‘zda tutiladi. Shunday qilib, 0 ‘zR Ж 113-moddasining beshinchi bandida nazarda tutilgan jinoyat obyekti sifatida bemor, subyekti esa asosan tibbiy xodimlar, shu jumladan vrachlar va o‘rta tibbiy xodimlar bo‘lishi mumkin. Ushbu-moddaning, shu jumladan qabul qilingan o‘zgartirishning mohiyati OIV-infektsiya/OITS tarqalishini oldini olishga qaratilgan.
Shuningdek, ushbu masalaga 1999 yilda maxsus qabul qilingan “Odam immun tanqisligi virusi (OlV-infektsiyasi) chaqiradigan kasalliklaming profilaktikasi to‘g‘risida” 0 ‘zbekiston RespublikasiningQonuni bag‘ishlanganliginita’kidlashlozim. Unga muvofiq, OIV-infektsiya/OITS profilaktikasi bilan shug‘ullanish davlat tasarrufiga molik (4-modda) va qonunchilikka mos tarzda
davlat byudjeti, maqsadli fondlar, yuridik va jismoniy shaxslaming ixtiyoriy badallari, boshqa moliyaviy manbalar hisobidan moliyalashtiriladi (5-modda). Ushbu Qonunda OIV-infektsiyasi/ OITS kasalligi bilan og‘riganlar, ularning oila a’zolarini huquqlari va ijtimoiy ta’minoti (9-modda), OIV-infektsiyasi yuqtirganlar va OITS bilan kasallanganlar huquqlarining kafolatlanishi (10-modda) masalalari alohida keltirilgan
Qonunning alohida bir-moddasi (11-modda) o‘z kasb vazifalarini bajarish davrida odam immuntanqisligi virusi bilan zararlanish xavfi mavjud bo‘lgan tibbiy xodimlami ijtimoiy himoyalash masalasiga bag‘ishlangan. Jumladan, ushbu toifaga mansub bo‘lgan tibbiy xodimlarga alohida imtiyozlami berish ко‘zda tutilgan.
Qonunga muvofiq OIV yuqtirgan 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqarolari qon, biologik suyuqliklar, a’zo, to'qimalarini berish uchun donor bo‘lishi mumkin emas va tibbiy nazoratda bo‘lishi talab etiladi. OIV-infektsiyasi chet el fuqarosida aniqlangan holatlarda, ular qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda deportatsiya qilinishlari mumkin (6-modda).
Do'stlaringiz bilan baham: |