Z. A, G‘iyosov


Odil sudlovga qarshi jinoyatlar



Download 10,66 Mb.
bet40/45
Sana11.06.2022
Hajmi10,66 Mb.
#656189
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Odil sudlovga qarshi jinoyatlar


Tibbiy xodimlar orasida ushbujinoyatlarning subyekti sifatida ko‘proq sud-tibbiy va sud-psixiatriya ekspertlari, shuningdek sud ekspertiza jarayoniga sud eksperti sifatida jalb etilgan boshqa sohalar vakillari bo‘lishi mumkin. Ulaming faoliyatiga nisbatan ushbu guruhdagi huquqbuzarliklardan “Yolg‘on guvohlik berish” (238-modda), “Surishtiruv vadastlabki tergovsirlarini oshkorqilish” (239-modda), “Jinoyat protsessini yuritish qatnashchilarining o‘z zimmasidagi vazifalami bajarishdan bo‘yin tovlashi” (240-modda) kabi holatlar uchrab turadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq
surishtiruv olib borish, dastlabki tergov yoki ishni sudda ko'rish vaqtida guvoh yoki jabrlanuvchining bila turib, yolg‘on ko‘rsatma berishi yoxud ekspertning bila turib noto‘g‘ri xulosa berishi, shuningdek bir tildan ikkinchi tilga bila turib noto‘g‘ri tarjima qilishi yolg‘on guvohlik berish sifatida baholanadi. Shunindek, surishtiruv olib borish, dastlabki tergov yoki ishni sudda ko'rish vaqtida guvoh yoki jabrlanuvchining bila turib, yolg‘on ko‘rsatma berishi yoxud ekspertning yolg‘on xulosa berishi yoxud tarjimonni noto‘g‘ri tarjima qilishi uchun pora evaziga og‘dirib olish, shuningdek, ularga yoki ulaming yaqin qarindoshlariga ruhiy yoki jismoniy tayziq o‘tkazish orqali yolg‘on ko‘rsatuv berishga majbur qilish ham yolg‘on guvohlik berish sifatida tasniflanadi.
Surishtiruv va dastlabki tergov sirlarini surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning ruxsatisiz oshkor qilish ham jinoyat sifatida baholanadi.
Surishtiruv olib borish, dastlabki tergov vaqtida yoki sudda guvoh yoki jabrlanuvchining ko'rsatuv berishni, yoxud ekspertning xulosa berishni rad etishi yoki bu ishdan bo‘yin tovlashi jinoyat sifatida baholanadi. Shu bilan birga, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari guvohlik ko'rsatuvi berishni rad etganligi yoki bundan bo‘yin tovlaganligi uchun, shuningdek guvoh o‘ziga qarshi ko‘rsatuv berishini rad etganda javobgarlikka tortilmaydi.
Ta’kidlash lozimki, yuqorida qayd etilgan javobgarliklar “Sud ekspertining majburiyatlari” haqidagi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasida, “Ekspertning huquq va majburiyatlari” haqidagi O'zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 68-moddasi ham keltirilgan. “Davlat sud ekspertiza muassasasi rahbarining majburiyatlari” haqidagi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida rahbar sud ekspertini yuqorida qayd etilgan jinoiy javobgarliklar haqida ogohlantirishi, undan bu haqida tilxat olishi va uni xulosa bilan birga ekspertiza tayinlagan shaxs (organga) yuborishi lozimligi ta’kidlangan.
Tibbiy xodimlar faoliyatida 0 ‘zR JK 241-moddasi bilan tasniflanadigan huquqbuzarliklar ham uchrashi mumkin. “Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish”, ya’ni tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat haqida aniq bilani holda xabar bermaslik, shuningdek, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni oldindan va’da bermasdan yashirish holatlarini anglatadi. Shunga ko‘ra bu kabi holatlarda fuqarolar tibbiy yordamga murojaat etganda tibbiy xodimlar bu haqida huquq- tartibot idoralariga xabar berishlari shart. Ushbu ma’lumotni rasmiy tibbiy hujjatga qayd etib qo‘yish (kimga, qachon, qanday ma’lum qilingan) maqsadga muvofiq.

Download 10,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish