Tibbiy xodimlaming kasb huquqbuzarliklari holatlarida komission sud-tibbiy ekspertizaning asosiy vazifasi bemorga ко‘rsatilgan tibbiy yordam sifatigabaho berishdan iborat.
Umum tomonidan qabul qilingan ayrim tushunchalami amaldagi qonunchilik nuqtai-nazaridan tavsifini bayon etish maqsadga muvofiqdir:
bemor - kasallik mavjudligi yoki yo‘qligidan qat’iy nazar tibbiy yordamga murojaat etgan, ushbu yordamni va u bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatni olayotgan shaxs;
tibbiy yordam sifati - tibbiy texnologiya va ulardan foydalanish natijalari, ko‘rsatilgan tibbiy yordamni zamonaviy tibbiyot fani, tibbiy yordam sifati standartlariga mosligini tavsiflovchi belgilar majmuasi;
tibbiy standartlar - tibbiy faoliyatning samaradorligini baholash bilan birga fan va amaliyot yutuqlarini aks ettiruvchi davolash-diagnostika chora-tadbirlaming hajmi va xarakterini tartibga solingan ketma-ketligi.
So‘nggi yillarda tibbiy yordam ko‘rsatishda standartlashtirish masalasiga aloxida e’tibor berilmoqda. Standartlar bemorga ко ‘rsatiladigantibbiy yordamning ко ‘rinishi vahajmini aniqlab olish uchun zarurdir. Ular tibbiy xodimlaming kasb huquqbuzarliklari holatlarida o‘tkaziladigan komission sud-tibbiy ekspertizalarda tibbiy yordamning to‘g‘riligi, asoslanganligi, to‘laqonligi va o‘z vaqtida ekanligi kabi masalalami hal etish uchun juda muhimdir.
Sog‘liqni saqlash tizimida standartlashtirish davolash sifatini boshqaruvi bo‘yicha xalqaro tamoyillariga asoslanishi lozim. U tibbiy yordam ko‘rsatishning turli bosqichlarida uslubiy nomutanosibliklarvatibbiyxodimlarharakatidaginomuvofiqliklami bartaraf etish orqali izchillikka erishish imkonini beradi. Shu bilan birga standartlar tibbiy xodimlami ulaming talablariga mexanik tarzda rioya etishga undamasligi lozim. Har bir holatda tibbiy yordam ko‘rsatishga vrach ijodiy munosabatda bo‘lib, daliliy
143
tibbiyot tamoyillari asosida umum tomonidan qabul qilingan standartlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish imkoniyatlariga ega bolishi lozim (P. R. Menliqulov, D. A. Asadov, 2005).
“Daliliy tibbiyot” yoki “dalillarga asoslangan tibbiyot” atamasi ilk bor o‘tgan asming 90-yillari boshlarida Mak Master universitetining bir guruh kanadalik olimlari tomonidan taklif etilgan. Keyinchalik vujudga kelgan bir qancha tavsiflaming mavjudligiga qaramay, 1996 yilda D. Sackett tomonidan taklif etilgan tavsif: “Daliliy tibbiyot - aniq bir bemomi davolash uchun klinik amaliyotning eng yaxshi natijalarini tanlab, ulardan vijdonan, ishonchli va anglagan holatda foydalanish” nisbatan keng tarqalgan. Bu bemorning manfaatlari yo‘lida foydalanish uchun izlanish, taqqoslash va olingan dalillami keng tarqatishni anglatadi. Daliliy tibbiyot vrachning individual klinik tajribasini tizimga solingan eng yaxshi va mustaqil klinik tekshiruvlar bilan uyg‘unlashtirishni ko‘zda tutadi. Daliliy tibbiyot tamoyillarining sog'liqni saqlash tizimiga tadbiq etilishi tibbiy yordam sifatini ham xavfsizlik, samaradorlik, va, eng muhimi, qiymati nuqtai-nazardan ham takomillashtirish imkonini beradi (D. A. Asadov, 2004).
Daliliy tibbiyot tamoyillariga asoslangan klinik amaliyot bo‘yicha zamonaviy qoilanmalami ishlab chiqish va tadbiq etish tibbiy yordam sifatini oshirishning muhim shartlaridan biridir. 2002 yilda JSST tomonidan klinik qoMlanmalar ishlab chiqish metodologiyasi tayyorlangan. Shu yilning o‘zida Klinik qo‘llanmalar ishlab chiquvchilaming xalqaro tizimi - Guidelines International Network (GIN) tashkil etilib, uning asosiy vazifasi xalqaro hamkorlik asosida klinik qo‘llanmalar yaratish bo‘yicha dasturlar tuzish orqali ko'rsatilayotgan tibbiy yordamning sifatini oshirishdan iboratdir.
Tibbiy yordam nuqsoni (TYON) huquqiy tushuncha bo‘lmay, keng ma’noda umum tomonidan qabul qilingan qoida, yo‘riqnoma, qo‘llanma, nizomlar talablarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik natijasida noxush oqibatlarga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlami anglatadi. Jinoiy huquq nuqtai-
144
nazaridan TYONga tibbiy yordam ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan va sababiy bogiiqlikda bo‘lgan noxush oqibatlami vujudga keltirgan nuqsonlar inobatga olinadi.
Tibbiy xodimlar harakatlarini obyektiv baholash uchun takomillashtirilgan kompleks yondoshuvning bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai-nazardan tibbiy yordam nuqsoning mohiyati, vujudga kelish sababi, shuningdek kasallik yoki jarohat oqibatiga ta’siri darajasini aniqlashni ko‘zda tutuvchi TYON tasnifidan foydalanish dolzarb hisoblanadi (1 jadval).
Bunday yondoshuv nafaqat tibbiy xodimlar harakatlarini baholash maqsadida o‘tkazilayotgan komission sud-tibbiy ekspertizalar jarayonida, balki davolash-profilaktika muassasalari, sog‘liqni saqlash idoralari, professional assotsiatsiyalar, sug‘urta kompaniyalari komissiyalari tomonidan o‘tkazilayotgan idoraviy va noidoraviy tekshiruvlar o‘tkazishda ham ahamiyatlidir. Qayd etilganlar tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida tibbiy xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni baholash bo‘yicha tuzilgan turli komissiyalar ishida lozim bo‘lgan ketma-ketlik va izchillikni ta’minlaydi, ulaming faoliyatidagi nomutanosiblik, qarama-qarshliklami bartaraf etadi.
Tibbiy yordam nuqsonlari qayd etilganda dastlab ulaming mohiyatiga, ya’ni yo‘l qo‘yilgan kamchilikning mohiyati, mazmuniga aniqlik kiritish lozim. Ushbu belgi bo ‘yicha nuqsonlami to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: diagnostika, davolash, profilaktika va boshqa nuqsonlar.
Birinchi guruhga - tashxisotdagi nuqsonlarga asosiy kasallik
(jarohat)ni aniqlamaslik, asosiy kasallik (jarohat) asoratini aniqlamaslik, muhim xamroh kasallikni aniqlamaslik, kech tashxis qo‘yish, va tashxisotdagi boshqa nuqsonlar taalluqli.
Davolashdagi nuqsonlar kechikib shifoxonaga yotqizish, jarrohlik usulida davolashdagi kamchiliklar, tibbiy muolajalami tayinlash va o‘tkazishdagi xatoliklar, tug‘ruqni noratsional olib borish, dori-darmonlardan noto‘g‘ri foydalanish va davolashdagi boshqa nuqsonlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
145
Profilaktikadagi nuqsonlar belgilangan sanitar me’yorlar, qoidalami buzish, immunoprofilaktikadagi kamchiliklar va profilaktikadagi boshqa nuqsonlar ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
To‘rtinchi guruhga - davolashdagi boshqa nuqsonlarga transportirovka qoidalarini buzilishi, dispanser kuzatuvidagi kamchiliklar, tibbiy hujjatlarni yuritishdagi xatoliklar va boshqa nuqsonlar taalluqli.
TYON yo‘l qo‘yilgan joy bo‘yicha uch guruh farqlanadi: shifoxonagacha bo‘lgan bosqich, shifoxona bosqichi va boshqa muassasalar.
Shifoxonagacha bo ‘lgan bosqichga qishloq vrachlik punktlari, tuman, shahar poliklinikalari, viloyat tashxisot markazlari, turli xil statsionar muassasalaming poliklinika bo‘limlari, tez tibbiy yordam va harbiy qismlardagi lazaretalar kiradi.
Shifoxona bosqichidagi muassasalarga: markaziy tuman va shahar shifoxonalari (shu jumladan tug‘ruq bo‘limlari), viloyat ko‘p tarmoqli markazlari, shifoxonalari, dispanserlari; klinik shifoxonalar; shoshilinch tibbiy yordam tuzilmalari; tibbiy- sanitariya qismlar; harbiy gospitallar kiradi.
Uchinchi guruhga sanatoriy-kurort muassasalari, bolalar uylari, uydagi statsionar, qon quyish xizmati, TMEK, sog‘liqni saqlashning nodavlat tizimi muassasalari xos.
Tibbiy xodimlar faoliyatidagi kamchiliklarga huquqiy baho berish uchun TYON sabablarini aniqlash alohida ahmiyatga ega. Binobarin, amaldagi qonunchilikka, jumladan 0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq ekspertiza xulosasida huquqbuzarlik sabablari va uni vujudga kelishiga imkon bergan sharoitlar, shuningdek ulami bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ko‘rsatilishi mumkin. Demak, TYON sabablarini aniqlash nafaqat yo‘l qo‘yilgan nuqsonni obyektiv baholash uchun, balki bu kabi holatlami kelgusida barataraf etish uchun maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ham muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |