Jinoiy abort ham tibbiy xodimlar faoliyatidan ko‘p uchraydigan jinoyatlardan biridir. 0 ‘zR JK 114-moddasining birinchi qismida shifokor akusher yoki ginekolog tomonidan davolash muassasalaridan tashqari joylarda yoki tibbiy nuqtai nazardan mumkin boimagan holda sun’iy ravishda homila
tushirganligi (abort) uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan. Ushbu moddaning ikkinchi qismi sun’iy ravishda homila tushirishga huquqi boMmagan shaxsning bunday ishni amalga oshirishiga taalluqlidir.
Ushbu jinoyat obyekti homilador ayolning sog‘lig‘i va hayoti, jinoyat subyekti esa ham vrach - akusher-ginekologlar, shuningdek, boshqa mutaxassislikdagi vrachlar, o‘rta tibbiy xodimlar, ayrim holatlarda esa biron-bir tibbiy bilimi bo‘lmagan shaxslar ham bo‘lishi mumkin. Jinoyatning subyektiv tomoni qasddan sodir etilganligi, ya’ni sun’iy ravishda homila tushirishni amalga oshirgan shaxs, muolajaning mutlaqo qonunga zid ekanligini anglagan va ushbu harakatlar natijasida homiladorlik uzilishini oldindan ko‘ra bilgan, va shu kabi oqibat yuz berishini istagan. Aksariyat holatlarda shaxsiy manfaatning mavjudligi ushbu jinoyatning motivi hisoblanadi.
Mamlakatimizda ma’lum bir sharoitlarda va tegishli talablarga rioya etilganda homiladorlikni uzishga rasman ruxsat beriladi. Ya’ni, ayolning hohishi bilan 12 haftagacha homiladorlikni uzish amaliyotini ixtisoslashtirilgan muassasalarda o‘tkazish mumkin. Ijtimoiy (22 haftagacha), tibbiy (muddatidan qat’i nazar) ko'rsatmalar mavjud bo‘lganda homiladorlikni uzish amaliyotini nisbatan kechroq muddatlarda ham o ‘tkazishga imkon beriladi. Ijtimoiy ko‘rsatmalar ro‘yxati 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, tibbiy ko‘rsatmalar esa - 0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Ular sohaga taalluqli bo‘lgan me’yoriy hujjatlarda keltirilgan.
Ta’kidlash lozimki, ushbu operatsiya faqat vrach - akusher- ginekolog tomonidan, ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasa yoki tuzilmalarda belgilangan tartibga rioya etilgan holda amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra homiladorlikni uzish amaliyotini boshqa mutaxassislikdagi vrachlar, ayniqsa o‘rta tibbiy xodimlar (masalan: hamshiralar, akusherkalar) va tibbiy ma’lumoti bo‘lmagan shaxslar tomonidan o ‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shunindek, homiladorlikni sun’iy ravishda uzish amaliyoti nafaqat tibbiy muassasalardan tashqarida, balki davolash-profilaktika muassasalarining boshqa profil tuzilmalarida ham o ‘tkazilishiga mumkin emas.
Jumladan, homiladorlikni sun’iy tarzda uzish amaliyotini o‘tkazishga tibbiy moneliklar sifatida quyidagilar hisoblanadi:
jinsiy a’zolaming o‘tkir va o ‘tkir osti yallig‘lanish kasalliklari;
organizmda joylashgan o‘midan qat’iy nazar yiringli o‘choqlaming mavjudligi;
so‘nggi abortdan so‘ng 6 oydan kam muddatning o‘tganligi. Tibbiyot nuqtai-nazaridan monelik qilishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlar homiladorlikni sun’iy ravishda uzish bo‘yicha
maxsus yo‘riqnomalarda keltirilgan.
Homiladorlikni uzish tibbiy muassasadan tashqarida o‘tkazilganda ushbu tibbiy monelik holatlarining mavjudligi yoki yo‘qligi inobatga olinmaydi. Shuningdek, 0 ‘zR JK 114-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortishda homiladorlikning muddati va amaliyotni o‘tkazish usuli ahamiyatli emas.
Agarda homiladorlikni uzish og‘ir tan jarohati etkazilishiga olib kelsa, ushbu jinoyat 0 ‘zR JK 114-moddasi “Jinoiy ravishda homila tushirish (abort)” bilan emas, balki jazo nisbatan jiddiyroq bo‘lgan 0 ‘zR JK 104-moddasi - “Qasddan og‘ir tan jarohati etkazish” bo‘yicha tasniflanadi.
Agar homiladorlikni uzish homilador ayolning o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga (nasi qoldirish qobiliyatini yo‘qotish, ruhiy kasalliklar vujudga kelishi) olib kelsa, jinoyat 0 ‘zR JK 114-moddasining uchinchi bandi bo‘yicha tasniflanishi lozim.
Homilador ayolning o‘zi homiladorlikni sun’iy tarzda to‘xtatish amaliyotini o‘tkazgan holatlarda jinoiy javobgarlik vujudga kelmaydi.
Shunindek, oxirgi zarurat holatida ayolning hayotiga tahdid solayotgan xavfni bartaraf etish maqsadida homiladorlikni uzish amaliyotining o‘tkazilishi, hattoki amaliyot tibbiy muassasadan tashqarida yoki tibbiy moneliklar bo‘lganda o‘tkazilgan holatlarda ham jinoiy javobgarlik vujudga kelmaydi.