Xo'rozlar jangi.
O’yin haqida tushuncha: Diametri 3-4 m li doira o’rtasida 2 o’yinchi turadi. O'yin maqsadi: O'yindan asosiy maqsad muvozanatni yo’qotishga erishish hamda doiradan chetga chiqarish. Qaysi o’yinchi buni birinchi bo’lib uddasidan chiqsa, g’olib bo’ladi.
Qoidasi. Ataylab qo’pol turtkilar qilish man etiladi. O’yinni faqat xushtakdan keyin boshlash kerak.
Boshqacha usullar.
-xakkalashda oyoklarni ikki martadan ortiq almashtirish mumkin emas.
O’jarlar.
O’yin haqida tushuncha: Ikki o’yinchi bir-birining qarshisiga o’tiradi. Oyoq panjalarini o’zaro birlashtirib, qo’llari bilan orqaga tayanadi. Xushtak chalinishi bilan o’yinchi raqibini oyog’i bilan itara boshlaydi.
Qoidasi: Qaysi o’yinchi birinchi bo’lib raqibini oyog’ini siltab tashlasa g’alaba qozonadi.
Boshqacha usullar.
-O’yinchi qo’li bilan orqaga tayanmaydi. Uning qo’llari boshi uzra bo’ladiki, u o’yinga murakkablik kasb etadi.
Ro’molchani tort.
O’yin haqida tushuncha: Qatnashuvchilar juftliklarga bo’linadi. Har bir o’yinchining vazifasi raqibidan ro’molchani tortib olish. Ro’molchani birinchi bo’lib tortib olgan g’olib sanaladi.
Qoidasi: Raqibni qo’lidan ushlab olish, turtib yuborish man etiladi.
Boshqacha usullar.
-tizzalab o’ynash mumkin
-ro’molchani o’yinchining oyog’iga bog’lash mumkin. -ikkala oyog’i bilan raqibga tayanish mumkin.
Oq terakmi, koʻk terak?
O'yin haqida tushuncha: Bu oʻyinda ishtirokchilar boʻyi, kuchi va chaqqonligiga qarab teng 2 jamoaga boʻlinib (har jamoada 10 dan 20 tagacha bola qatnashadi), 15– 20 m oralikdagi masofada qoʻl ushlashib saflanib turadilar. Birinchi jamoa sardori 2-jamoadan birining otini aytib chaqiradi: Oq terakmi, koʻk terak!Bizdan sizga kim kerak? Sizdan bizga, "falonchi" kerak.Shundan soʻng oʻsha chaqirilgan bola yugurib kelib, raqib jamoa aʼzolarining qoʻl ushlashib turgan yerini koʻkragi bilan uzishga urinadi. Agar qoʻllar ushlangan joyidan uzilib ketsa, raqib tomondagi bolalardan xohlaganini oʻz jamoasiga olib ketadi, uzolmasa, oʻzi oʻsha jamoada qoladi. Oʻyin shu tariqa navbat bilan davom etadi. Qaysi jamoada oʻyinchilar qolmasa, oʻsha jamoa yut-qazgan boʻladi.
Bundan xulosa bo'ladiki ayni Maktabgacha yoshdagi bolalarning hoyotiy faoliyati uchun milliy harakatli o'yinlarning ahamiyati juda muhim. Bola ta’lim tarbiya olishdaham, o'z o'zini anglashda ham bu kabi o'yinlarning tez tez o'tkazilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Ta'limiy tarbiyaviy ishlarida tarbiyachilar bu kabi o'yinlarni tashkil etish tarbiyachilar uchun ham murakkablik qilmaydi. .Bundan tashqari milliy o’yinlar orqali bolalarda jismoniy tarbiya shakillanishi bilan birgalikda, vatanga bo’lgan muhabbat, uning tarixiga qiziqish, va uning merosini asrab avaylash tuyg’usi shakllanib boradi. Zeroki, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: "O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q"
Do'stlaringiz bilan baham: |