Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Erxonova N, Isakova Shoira -“ Psixolog kitobi” T-2021yil
2. Norbosheva M.A - “Maktabgacha ta’limda psixodiagnostika” T- 2015yil
3. Norbosheva M.A - "Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi" T-2002
4. Sodiqova Sh -"Maktabgacha pedagogika" T-2013
5. Qodirova F -"Maktabgacha pedagogika" T-2019
JAMIYAT VA OILA TARAQQIYOTI
Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar
fakulteti Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 2-kurs talabasi
Jumayeva Sabrina Ilhomjon qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada jamiyatning oilaviy munosabatlarga bo`lgan e`tibori va uning qanchalik oilaga ta`sir haqida so`z boradi. Biz bilamizki, Jamiyatda yuz beradigan barcha o‘zgarishlar oilaga, oiladagi ma’naviy muhit, uning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy darajasi esa jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotiga ta’sir qiladi. Bundan tashqari maqolada oilalarning qay yo`sinda o`zgarib borishi va davlatimizning unga berayotgan ahamiyat darajasini yaqqol ko`rishimiz mumkin. Zeroki, Har qanday jamiyatning mustahkamligi, rivoji oilaga bog'liq. Chunki, jamiyatda bo'ladigan ijtimoiy munosabatlarning dastlabki elementi oilada vujudga keladi va shakllanadi
Kalit so`zlar: Jamiyat, oila, qonun, oila tipologiyasi, asosiy omillar, muhit.
Har qanday davrda ham jamiyat va davlat aholi sonining bir maromda o'sib borishi, muayyan an'analari va muqaddas udumlari saqlanib avloddan-avlodga yetkazilib turilishidan manfaador bo'lgan. Buyuk rus psixologi А.Н.Леонтьев avlodlararo muloqotning jamiyat taraqqiyoti uchun ahamiyatini o'rganib, ilk asrlardan birida agar shunday muloqot bo'lmaganida taraqqiyotning oʻzi ham muloqot boʻlmas edi, deb ta'kidlagan. Bu vazifani bajarishda jamiyatning muhim boʻlagi bo'lmish oilaning roli kattadir va shu bilan birgalikda har bir jamiyatning betakror qadriyatlari, o`lmas merosi, avloddan-avlodga o`tib boradigan an`analari bo`ladi.
Har bir oilaning sog‘lom bo‘lishi, ularda ijobiy psixologik iqlimning hukm surishi, mana shu muhitda dunyoga kelib, shaxs sifatida shakllanib, so‘ng o‘zi yashayotgan davlatning fuqarosi sifatida o‘z davlatining iqtisodiyoti, ijtimoiy hayoti taraqqiyotini ta’minlovchi, hal qiluvchi omil bo‘lgan inson kamolotida oilaning tutgan o‘rni beqiyosdir. Shuningdek, jamiyat taraqqiyotining kutilgan darajaga chiqa olmasligi, uning taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi, uning inqiroziga olib keluvchi kuchlarning yuzaga kelishida ham oilaning hissasi kattadir. Chunki nosog‘lom psixologik muhitli, nizo-janajalli, o‘zaro mehr-oqibatsiz muhitda dunyoga kelib, shakllangan bola, keyinchalik nafaqat o‘z ota-onasi, aka-ukalariga nisbatan balki atrofdagilarga, qolaversa, o‘zi yashagan jamiyatga nisbatan ham mehr-oqibatsiz, shafqatsiz, yurt manfaatlariga zid, tashqi kuchlar ta’siriga oson beriluvchan, shu asosda esa o‘z oilasi, o‘z xalqi, o‘z yurti uchun xavfli odam bo‘lib yetilishi mumkin. Bundan tashqari “Konstitutsiya va oila munosabatlari” XIV bob Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi. va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi.” Oila va uning jamiyat hayotidagi o‘rni beqiyos bo‘lib, Konstitutsiyaning 14-bobi maxsus oilaga bag‘ishlangan. Oilaga bo`lgan e`tibor doim bizning jamiyatimizda juda yuqori baholangan va har bir oilaning tashkil topishida nafaqat xonadon egalari, mahalla, qo`ni-qo`shni va har bir ma`sul shaxsning o`rni beqiyosdir. Umumuman olib qaraganda biz jamiyatimizda turli xil oila tipologiyalarini ko`rishimiz mumkin, qaysidir ma`noda qadriyatlarimiz, dinimiz, e`tiqodimiz va urf-odatlarimiz bir xildir ammo jamiyatda yetishib kelayotgan oiladagi muhit, tarbiya o`zgachadir. Shu o`rinda biz oila tipologiyalarini ko`rib chiqishimiz maqsadga muvofiq bo`ladi deb o`ylayman.
Avvalambor oilani mustahkam va totuv, baxtli qilish oila boshliqlarining qo`lida va ularga ta`sir ko`rsatuvchi tashqi omillarga ham bog`liq albatta. Ammo har bir oilaning jamiyatga o`zaro ta`siri bo`lganidek, jamiyatning ham oilaga ahamiyati shu darajada agar biz jamiyatimizda har bir oilani mustahkam qilar ekanmiz, ularga e`tabor qaratar ekanmiz mustahkam va baxtli oilalar ham shu darajada ko`payadi. Chunki xalqimizda shynday maqol bor, “Mingni ko`rib fikr qil, birni ko`rib shukr qil” qancha namunali oilalar ko`paysa ularga qarab o`zining oilasini baxtli va jamiyat ravnaqi uchun kearkli qiluvchi oilalar soni ham shu darajada ortib boradi. Oilaviy tarbiyaning murakkabligi yana shundaki, har bir oila o`ziga xos bir olam, jamiyatning o`ziga xos kuchik uyushmasi bo`lib, tarbiya ishida o`ziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi.
Ma`lumotlarga qaraydigan bo`lsak, 1998-yili O‘zbekistonda 3,8 million oila bo‘lib, shundan 58,7 foizini 5 va undan ko‘p bolali oilalar tashkil etgan. Keyingi 35 yil ichida oilalar soni 1,8 milliontaga ko‘paygan, uning 1 mln.ga yaqini shahar, 950 mingtasi qishloq oilalariga to‘g‘ri keladi. Yoki so‘nggi 10-15 yil davomida yiliga 250 ming atrofida yosh oilalar vujudga kelgan. Bugungi kunda Respublikamizda har bir oilaga taxminan 4-5 farzand to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston oilalarining 35 foizdan ortig‘ini yosh oilalar tashkil qiladi. Yosh oilalar deganda, er va xotinning yoshi mos ravishda 26—30 yoshdan oshmagan, 5 yilgacha nikohda bo‘lgan, bolali yoki bolasiz oilalar tushuniladi. Mamlakat aholisining 43 foizini 15 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi. Oilalar soni o‘sib borishida, ayniqsa, Qashqadaryo, Jizzax, Xorazm va Namangan viloyatlari alohida o‘rin tutadi.
Respublikamizning uchta viloyatida olib borgan tadqiqotlarimizdan maʼlum boʻldiki, oilalar barbod boʻlishiga quyidagi omillar asosiy sabab boʻlmoqda:
Psixologik omil — oiladagi ogʻir psixologik muhit, oʻzaro tushunishning yoʻqligi, oiladagi doimiy nizolar, ota-onalarning yosh er-xotin hayotiga aralashishlari, yosh er-xotinlarni begonalashtirib qoʻyish, bir-biriga befarqlik;
Ijtimoiy omil — ichkilikbozlik, farzandsizlik, er yoki xotinning salomatligi yaxshi emasligi;
Maʼnaviy-axloqiy omil — er-xotindan birining uzoq vaqt davomidagi nikohdan tashqari aloqalari;
Iqtisodiy omil — turar-joy sharoitlarining qoniqarli emasligi, moddiy yetishmovchilik, ishsizlik, erning oilani taʼminlamasligi, mehnat migranti sifatida chet elga ketgan er-xotindan birining oilasi bilan aloqasi uzilgani, qarzlarni uzolmaslik va shu kabi omillarni keltirib o`tish joiz.
Eʼtirof etish lozim, hozirgi kunga qadar 11800 dan ortiq nizoli oilalarning ishi sudga yetib bormasdan, FHDYO organi va sudga ajrashish uchun ariza bergan 3100 dan ziyod oilalarni esa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yarashtirishga erishildi. Umuman, buzilib ketish arafasida turgan 14645 ta oila saqlab qolindi.
Olib borilgan tadqiqotlarimiz xulosalariga tayanib, ajrashishlarning oldini olish, oilalarni mustahkamlashga qaratilgan qator takliflar ishlab chiqdik. Bizningcha, eng avvalo, mahalla fuqarolar yigʻinlari huzuridagi Yarashtirish komissiyalari va “Ota-onalar universiteti” tuzilmalari uchun malakali kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish zarur. Oila qurayotgan fuqarolarni tegishli qonunchilik asosida er-xotinning huquq va majburiyatlari, xususan, nikoh shartnomasini tuzish tartiblari, shart-sharoitlari, oqibatlari yuzasidan huquqiy savodxonligini oshirish lozim. Bu borada keng qamrovli targʻibot ishlarini yuritish, tegishli uslubiy qoʻllanmalar yaratish, metodik tavsiyalar ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
Shu oʻrinda alohida taʼkidlash joiz, joriy yilning 27 iyun kuni Prezidentimiz qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlangani ham yurtimizda oilalar farovonligi uchun davlat hamda jamiyat astoydil qaygʻurayotganining hayotiy ifodasi boʻldi. Ushbu Konsepsiyani amalga oshirishdan koʻzlangan asosiy maqsad mamlakatimizdagi har bir oilaning huquq va manfaatlarini toʻliq roʻyobga chiqarish, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratish, oilaviy munosabatlar muvozanatini taʼminlash, oila farovonligini oshirish, muxtasar aytganda, oila institutini har tomonlama qoʻllab-quvvatlagan holda, davlatimizning izchil va barqaror taraqqiyotiga erishishdir.
Xulosa o`rnida aytish joizki, jamiyatimizdagi har bir oila muhim o`rin tutadi va doimo eng ahamiyatli jamiyat bo`g`ini bo`lib kelmoqda. 2012-yil Prezidentimiz tomonidan “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan oilani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yanada kengaydi. Oilani himoya qilish mexanizmi kuchaydi.Jamiyat oilalardan iborat ekan, o'z-o'zidan m a’lumki, jamiyat mustahkamligi oilaning mustahkamligiga bog'liq va oilaning mustahkam bo'lishidan jamiyat manfaatdor. Shuning uchun oilani har tomonlama qo'llab-quvvatlash va himoya qilishni jamiyat o'z zimmasiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |