Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti psixologiya yo’nalishi 202-guruh talabalari bilan o’tkazilgan «Giyohvandlik va ichkilikbozlik asr vabosi» nomli axborot soati bayonnomas I samarqand – 2017



Download 75,5 Kb.
Sana26.06.2022
Hajmi75,5 Kb.
#705590
Bog'liq
axborot soati bayonnoma



Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti psixologiya yo’nalishi 202-guruh talabalari bilan o’tkazilgan «Giyohvandlik va ichkilikbozlik asr vabosi» nomli axborot soati
B A Y O N N O M A S I
Samarqand – 2017
Samarqand davlat universiteti Pedagogika fakulteti psixologiya yo’nalishi
202-guruh talabalari bilan o’tkazilgan “Giyohvandlik va ichkilikbozlik asr vabosi” mavzusi yuzasidan axborot soati

B A Y O N N O M A S I




6 iyun 2017 yil Pedagogika fakulteti 118-xona


Qatnashdilar:
Guruh rahbari: M.Kushanova va guruhning 24 nafar talabalari


KUN TARTIBI:



  1. Giyohvandlik va ichkilikbozlik asr vabosi” mavzusida axborot soatini tashkil qilish.



ESHITILDI: Guruh rahbari M.Kushanova so’zga chiqib guruhda “Giyohvandlik va ichkilikbozlik asr vabosi” mavzusi yuzasidan axborot soatini olib bordi. Ma’ruzada guruh rahbari avvalo giyohvandlik hamda ichkilikbozlik kabi iboralarning mazmun mohiyatiga, ularning kelib chiqish sabablariga bu illatlarning kishilik jamiyatida ko’rsatadigan salbiy va dahshatga sabab bo’luvchi oqibatlariga atroflicha to’xtalib o’tdi. Talabalarga bugungi kun talabi mohiyatidan kelib chiqib, giyohvand moddalarning tarqalishi, yoshlarning bu illat ta’siriga tushib qolishi va uning zararli va ayanchli oqibatlari borasidagi fikrlar aytib o’tildi. Giyohvandlik va ichkilikbozlikka mubtalo bo’lganlar yaxshilik va yomonlik, hayot va ajal tushunchalari o’rtasidagi farqni ajratolmay qolishlari, bunday odamlar sodir etayotgan xatti-harakatlar ular umrining "mazmuni"ga, ajal sari eltuvchi yo’l esa hayotiy "lazzat"ga aylanib qolishi haqida to’xtalib o’tdi. Ushbu axborot soatida guruh rahbari Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan Respublika narkologiya markazi haqida, bu markazning boshi berk ko’chaga kirib qolgan shaxslarga beg’araz yordam ko’rsatishi, ularni hayotga qaytarishi haqida o’z ma’ruzasida aytib o’tdi. Bu borada Sanjar (ismi o’zgartirilgan) ismli yigitning hayotida sodir bo’lgan ayanchli voqyea misolida mavzuni yoritib berishga harakat qildi. Uning ziyoli oilada tug’ilib, voyaga yetganligi, maktabni a’lo baholar bilan tamomlab, oliy o’quv yurtiga o’qishga kirganligi, zukkoligi va o’z maqsadi sari intiluvchanligi tufayli yirik qurilish firmasiga ishga joylashganligi va muvaffaqiyat bilan ishlay boshlaganligi haqida gapirib o’tdi. Oilasida, ish joyida sog’lom muhit va sharoit bo’lishiga qaramasdan bu yigitning boshi berk ko’chaga kirib qolganligi va bu hodisa uning butun umrini vayron qilganligini misol qilib keltirib o’tdi. Bu kabi illatga chalingan farzandning ota-onasining qaddi bukilishi, qarindosh-urug’, mahalla, qo’ni-qo’shnilar oldida yuzi qora bo’lishi haqidagi fikrlari tinglandi. Ota-onasi Sanjarni tarbiyalashda qanday xatolarga yo’l qo’yishgani, nima uchun vaqtida chora ko’rishmaganini o’ylashib qolganligi, lekin bu savollarga sira ham javob topib bo’lmasligini, buning yo’li esa bitta – o’g’lini ajal changalidan qutqara oladigan yuqori malakali mutaxassislarga murojaat qilish kerakligini anglashlari muhim ahamiyat kasb etishini bildirib o’tdi. Shuningdek guruh rahbari Sanjar kabi giyohvandlik balosiga chalinganlar dunyoda oz emasligini, BMTning ikki tarkibiy tuzilmasi – Narkotiklarni nazorat qilish bo’yicha xalqaro qo’mita va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, dunyoda 16 yoshdan 64 yoshgacha bo’lgan 210 million nafar odam notibbiy maqsadda bir yilda kamida bir marta narkotik modda qabul qilishi, ularning har biri 15-20 kishini "zahri qotil"dan tatib ko’rishga undashi haqida ham ma’lumot aytib o’tdi. O’zbekistonda ushbu illatga qarshi kurash doirasida narkotiklarni nazorat qilish sohasida narkotik moddalar kontrabandasi va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash, giyohvandlik tarqalishining oldini olish, kasallikka chalinganlarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko’rsatishga qaratilgan davlat strategiyasi amalda qo’llanilayotganligini, mamlakatimiz BMTning narkotik moddalar, psixotrop moddalar hamda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash to’g’risidagi konvensiyalariga qo’shilganligini, 1999 yilda O’zbekiston Respublikasining "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to’g’risida"gi qonuni va keyinchalik narkomaniya va narkojinoyatchilikka qarshi kurashga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi haqidagi ma’lumotlarni keltirib o’tdi. 
Respublika narkologiya markazi, hududiy narkologiya dispanserlari, ruhiy kasalliklar shifoxonalari tarkibidagi narkologiya bo’limlari, markaziy poliklinikalar huzuridagi narkologiya xonalari, psixonevrologik dispanserlardagi narkologiya xonalari narkomaniya illatiga chalinganlarga yordam ko’rsatilayotganli, bemorlar xususiy klinikalarda ham tibbiy yordam olayotganligi, ushbu tibbiyot muassasalarida tekshirish, maslahat berish, tashxis qo’yish, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitasiya xizmatlari ko’rsatish kafolatlanganli, dispanserlarda kecha-kunduz ishlab turgan «ishonch telefon»lari orqali malakali maslahat, ijtimoiy-psixologik va huquqiy yordam olish mumkinligi yuzasidan ham fikrlar bildirib o’tdi. Shuningdek guruh rahbari 2003 yilning oktyabr oyida tashkil etilgan Respublika narkologiya markazi bu borada samarali faoliyat ko’rsatayotganligi, shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish uchun reanimatsiya va ekstrakorporal detoksasiya bo’limlariga ega ushbu muassasada ichkilikbozlik va narkomaniyaga mubtalo bo’lgan bemorlar maxfiy va ixtiyoriy asosda davolanishi, bu yerda Toshkent tibbiyot akademiyasi, Pediatriya tibbiyot instituti, Vrachlar malakasini oshirish institutining narkologiya kafedralari joylashganligi haqida, bularning barchasi narkologiya markazining tashkiliy va uslubiy jihatdan muvofiqlashtirilgan ishlarni amalga oshirishi va mamlakatimiz narkologiya xizmatiga maslahat yordamini ko’rsatishi uchun imkon yaratayotganligini ta’kidlab o’tdi. Guruh rahbari profilaktika giyohvandlikning oldini olishga yordam beradigan vosita sifatida quyidagilarga to’xtalib o’tdi: narkomaniya va narkojinoyatchilikka qarshi kurashish, keng jamoatchilik e’tiborini ushbu zamonaviy tahdidlarga qaratish maqsadida jahon hamjamiyati tomonidan har yili turli sanalarning nishonlanishi, masalan, 1 mart Xalqaro narkotiklarga qarshi kurash kuni, 26 iyun Xalqaro narkotik moddalarni suiiste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni deb e’lon qilinganligi, O’zbekistonda ushbu sanalar munosabati bilan maxsus oyliklar – fevral oyida narkotik moddalarning yoshlar o’rtasida tarqalashiga, iyun oyida esa giyohvandlikka qarshi kurash oyligi o’tkazilib kelinayotganligini e’tirof etdi. 
Bundan asosiy maqsad – narkomaniya va narkojinoyatchilik muammolariga, jahon miqyosida keng tus olgan ushbu «zahri qotil»ga qarshi kurashish uchun jamiyatni safarbar etish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, narkotik moddalarni iste’mol qilishning inson ruhiyatiga zarari haqida keng jamoatchilik xabardorligini oshirishdan iborat ekanligini ta’kidladi. Mazkur oyliklar doirasida taniqli kishilar va mutaxassislar ishtirokida turli xayriya tadbirlari, konsert dasturlari, ko’rgazmalar, uchrashuvlar o’tkazilib kelinayotganligi, sport bellashuvlari va sog’lom turmush tarzini targ’ib qiladigan boshqa ommaviy tadbirlar tashkil etilayotganligini misol tariqasida keltirib o’tdi. Shuningdek, seminarlar, ijtimoiy so’rovlar, bolalarni narkotiklarga qarshi turli axborot manbalari, internet resurslari bilan tanishtiradigan darslar, huquqiy madaniyat muammolari bo’yicha davra suhbatlari o’tkazilayotganli, bularning barchasi yoshlarni bunday salbiy holatlarga qarshi turishga o’rgatishga qaratilganligini ta’kidlab o’tdi. Buning samarasida mamlakatimizda o’smirlar va yoshlar o’rtasida narkomaniya ko’rsatkichlari yildan yilga kamayib borayotganligi, misol uchun, Respublika narkologiya markazi bemorlari orasida yoshlar deyarli yo’qligini aytib o’tdi. Mutaxassislar barcha fuqarolarni o’zi va yaqinlarini mazkur halokatli illatdan asrashga da’vat qilayotganligi, zero, mamlakatimizning buyuk kelajagi ma’naviy va jismoniy sog’lom, e’tibor va g’amxo’rlikdan bahramand bo’layotgan, foydali ish bilan mashg’ul, shubhali lazzatlardan mustahkam himoyalangan biz yoshlarga bog’liqligini uqtirib o’tdi. Shunday ekan, bugungi kunda ijtimoiy va milliy xavfsizlikning asosiy tahdidlaridan, umuminsoniy muammolardan biri bo’lgan narkobiznes va narkomaniya illatlarining tomir otishiga yo’l qo’ymaslik kerakligi haqida yana bir bor ta’kidladi.
Shundan so’ng guruh rahbari talabalar bilan so’lab berilgan ma’ruza yuzasidan savol-javoblar, qizg’in bahslar tashki qildi. Ushbu axborot soatida guruh rahbari tomonidan so’zlangan ma’ruza yakunlari munosabati bilan guruh talabalari giyohvandlik hamda alkogolizm mavzulari bo’yicha o’z bilimlarini yanada kengaytirish imkoniga ega bo’lishdi.


QAROR QILINDI:



  1. Guruh rahbari M.Kushanovaning guruhda “Giyohvandlik va ichkilikbozlik asr vabosi” mavzusi yuzasidan so’zlagan axborot soati ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Talabalar ma’naviyatini yuksalishida bu kabi dolzarb mavzularning ayanchli oqibatlari borasidagi fikrlarini takomillashtirish, yanada kengaytirib tashkil qilish guruh rahbari M.Kushanova zimmasiga yuklatilsin.



Guruh rahbari: M.Kushanova


Yig’ilish kotibi: F.Yunusova
Download 75,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish