Yosh tadqiqotchilar ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 219,54 Kb.
bet22/40
Sana18.07.2022
Hajmi219,54 Kb.
#821579
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
Bog'liq
2 5276318678336411940

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abramova G. S. Ta'lim faoliyatini shakllantirishning individual xususiyatlari / / Maktab o'quvchilarining ta'lim faoliyatini shakllantirish / tahrir. V. V. Davydov, I. Lompshera, A. K. Markova. - M.,: Pedagogika, 1982. - 297 b.
2. Ta'limga qiziqishni shakllantirishning dolzarb masalalari / ed. G. I. Shchukina tomonidan. M .: Ma'rifatparvarlik, 1984. - 176 b.
3. Ananyev B. G. Tanlangan psixologik asarlar: M: Pedagogik, 1980. -323 b
4. Selivanova N. "Ta'lim muassasalarida ta'limning zamonaviy muammolari" g. 2012 yil 5-sonli maktabda tarbiyaviy ishlar;
5.Grishchenko V.N. Pedagogika fanlari nomzodi “Ta'lim muassasasidagi zamonaviy ta'lim amaliyoti” J. Ta'limdagi innovatsion loyihalar va dasturlar № 3, 2010 yil.
6.Verbitskiy A.A. Ta'limning zamonaviy muammolari // Kasbiy ta'limning dolzarb muammolari: yondashuvlar va istiqbollar. - Voronej: CPI "Ilmiy kitob", 2011. - 3-6-betlar.
7.Davra suhbati "Universitet ta'lim makoni sifatida" // Pedagogika. - 2002.- № 7. - S. 52-Serikov V.V. Zamonaviy ta'lim nazariyasini yaratishga: uslubiy jihat // Zamonaviy ta'limning nazariy va uslubiy muammolari: Ilmiy maqolalar to'plami. - Volgograd, o'zgarish, 2004 yil.


Internet ma’lumoti:
WWW.ziyonet.uz
WWW.ziyouz.net
WWW.ilm.uz
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISH MASALASI: MUAMMO VA YECHIMLAR
.

Tilovqobilova Mahliyo Saydulla qizi


Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti
Maktabgacha ta'lim psixologiyasi va pedagogikasi
yo'nalishi 2-kurs 206-guruh talabasi


Annotasiya: Bugungi kunda Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida psixologik xizmatni tashkil etish masalasi eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida psixologik xizmatni tashkil etish jarayoni masalasi, muammolari va yechimlari to’g’risida yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: muloqot, psixodiagnostikatika,qobiliyat,maqsad, ijodkorlik, psixologik xizmat, uzluksiz ta’lim, metod, munosabat, tizim, ta’lim, tarbiya, diagnostika, psixokorreksiya, psixoprofilaktika.
Pixologik xizmat haqida so'z yuritar ekanmiz avvalo uning kelib chiqish tarixiga nazar solishimiz kerak. Psixologik xizmat AQShda 1800-yillardan boshlab rivojlana boshlagan. AQShning amaliyotchi psixologlari o'z-o'zini tarbiyalash muammosini o'rgangan eksperimental psixologlar hisoblanadi. 1989-yilda O'zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sababli Nizomiy nomli TDPUda amaliyotchi psixologlar tayyorlash fakulteti ochildi. Shundan so'ng ushbu muassasa ta'lim tizimi uchun psixolog kadrlar tayyorlashni boshladi. Psixologik xizmat hozirgi zamon ta'lim tizimining ajralmas bo'lagi bo'lib bolalarga ta'lim va tarbiya berishda ularning aqliy va shaxsiy imkoniyatlarini,bolada mavjud qobiliyatlarni, qiziqishlarni intilishlarni o'z vaqtida aniqlash va ulardan maksimal to'liq ravishda foydalanishni ta'minlab beradi. Maktabgacha ta’lim - uzluksiz ta’limning boshlang’ich bo’g’ini bo’lib,uning maqsadi bolalarni maktab ta’limiga har tomonlama sifatli tayyorlash hisoblanadi. Bu jarayonda tarbiyachi bilan bir qatorda psixologning ham o’rni katta hisoblanib, inson psixologiyasini tushunish, tahlil qilish, rivojlantirishga jiddiy e’tibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi vazifalaridan biridir.Yurtimizda kundan kunga maktabgacha ta’lim tizimi rivojlanib bormoqda.Bu dargohda farzandlarimiz ta’lim olarkan, uning ruhiyatida bo’layotgan jarayonlar bilan psixolog shug’ullanadi. Psixolog-bolalar, ularning ota-onalari hamda tashkilot xodimlari uchun kerakli mutaxassis. Pedagog- psixologning vazifasi butunlay boshqa. Maktabgacha ta’lim tashkilotining psixologi quyidagi vazifalarni bajaradi:
-Bola bilan ishlash. Psixolog birinchi o’rinda bolaning xarakteri, uning ruhiyati, qo’rquvlarini o’rganadi. Bolaning tashkilotga moslashishi, tengdoshlari bilan muloqotga kirishib ketishidagi muammolarni hal qilishga yordam beradi.
- Bolaning ota-onasi bilan ishlash. Psixolog ota-onalar bilan ishlashda bir necha usullardan foydalanadi. Bolaning bog’chaga kelgandagi holatni tushunib, otaa-onaga farzandi bilan qanday munosabatda bo’lish kerakligi haqida tavsiyalar beradi.
-Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari bilan ishlash. Tarbiyachining tashkilotdagi ishi oddiy, katta mehnat talab qilamaydigan ko’rinadi. Ammo bu noto’g’ri. Psixolog bog’chada pedagogning yordami bilan ish yuritadi. Pedagog hamda psixolog o’zaro maslahatlashgan holda boladagi muammolarni hal qilishadi. Pedagog guruhdagi har bir bola bilan til topishishi, jajji yurakchasiga kirishiga, unga do’st,o’rtoq bo’lishi kerak. [1].
Amaliyotchi psixologlar asosan quyidagi yo'nalishlarda ish olib boradi: ma'rifat va tashviqot,psixologik diagnostika,psixologik profilaktika,psixologik korreksiya va rivojlantirish,psixologik maslahat. Psixolog o'zining inson xulq-atvori va ruhiyatida kechayotgan psixik faoliyati,psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari haqidagi kasbiy bilimlariga,ularning do'stlari va kattalar,tengdoshlari bilan o'zaro munosabat xususiyatlariga tayanib,bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini ta'minlaydi.uning qobiliyatlarini aniqlaydi. Bu bilan psixologik xizmat maktabgacha ta'lim muassasasida maktabga sifatli tayyorlash,har tomonlama faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi.
Maktabgacha ta’lim psixologi bolaning ruhiyati,qobiliyati, nimalarga moyilligi hamda kelajakda u bilan bog’liq qanday muammolar yuzaga kelishi mumkinligini o’rganadi. Har bir bola bilan yaxshi ishlash uchun uning yashash tarzini, boshqa bolalar bilan qanday muloqot qilishi kabi bola hayotiga oid jihatlarni bilishi kerak. Bu jarayonda psixolog boladagi nutqiy muammolar, asabiylik, rivojlanishning kechikishi, harakatlaridagi o’zgarishlar kabi muammolarni aniqlaydi. Psixolog bu muammolarni mukammal o’rganib chiqib, bolalar bilan yanada ko’proq ishlaydi. Har bir bola bilan individual ishlansa yaxshi natija beradi.
Maktabgacha ta’lim tizimida yechimini kutayotgan muammolarni kuzatishimiz mumkin. Masalan, bolaning tarbiyachi tomonidan qayta-qayta ko’rsatib berilgan harakatlarni bajara olmaslik, yoki qisqa hajmdagi she’rlarni yod ola bilmaslik,muloqotga kirisha olmaslik,yoshiga nisbatan o’ta qaysarlik, ota-ona bilsn bola o’rtasidagi tushunmovchiliklar yecha olmayotganligi ota-ona hamda pedagog-tarbiyachini xavotirga soladi. Bunday qiyinchiliklar nafaqat ma’lum ma’lumotlarni bilmaslik kabi pedagogik muammolarga, balki ko’proq psixologik sabablarga ega bo’lishi mumkin. Bolada aqliy faoliyatning ichki rejalashtiriluvi yoki psixik jarayonlar taraqqiyotida muammolar bo’lishi,bilish qobiliysti yetarlicha shakllanmagan bo’lishi mumkin. Bu muammoni hal qilish uchun, avvalambor testlar yordamida bolaning bilim olishida yuz berayotgan qiyinchiliklar sababini aniqlash joiz. Buning uchun psixolog bolalar psixologiyasi, yosh davrlari hamda pedagogik psixologiya, tafakkur psixologiyasi, testologiyani puxta bilishi va bu sohada mukammal bilimga ega bo’lishi kerak. Bu jarayonda ehtiyotkorlik va mas’uliyatlilik alohida ahamiyat kasb etadi.[2]. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti darajasini aniqlash va o’rganishda psixolog o’zi mukammal biladigan, amaliyotda qo’llanilib kelayotgan metodikalardan foydalanishi kerak. Bu jarayonda psixolog bolaning yoshini, qiziqishlarini inobatga olishi zarur bo’ladi. Metodikalarning natijasida bolaning ruhiy holatlarini,ota-onasi va yaqinlariga bo’lgan munosabatini, oiladagi o’rnini aniqlash mumkin. Maktabgacha ta’limdagi psixologik xizmat muammolarining yechimiga keladigan bo’lsak, yurtimizning chekka tumanlaridagi ta’lim tashkilotlariga ham o’z kasbinining yetuk mutaxassisi, shu yo’nalishning ustasini jalb qilish kerak bo’ladi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti psixologi o'yin va ertak terapiyalaridan ko'proq foydalanishi, bolaning yosh xususiyatini inobatga olgan holda artterapiyadan foydalanishi yaxshi natija beradi. Rivojlangan mamlakatlarda ham bu usullardan bolaning ruhiyatini aniqlashda foydalaniladi. Bu jarayonlarda albatta psixolog tarbiyachi va ota-onalar birgalikda uzviy faoliyat olib borishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu kabi tadbirlarning barchasi maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolalarning psixikasiga,ular o'rtasidagi va tarbiyachi bilan munosabatlariga,guruhning ijtimoiy muhitiga ta'sir etib,ta'lim-tarbiya jarayonining sifatini oshiradi.[3]. Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologining ish faoliyati uchun zarur bo’lgan barcha shart-sharoitlarni, shu jumladan hozirgi kunda eng ko'p kompyuter texnologiyalaridan foydalanish uchun imkoniyatlar yaratib berish lozim. Zero, bolalar hayot deb atalmish dargohga ilk poydevorni ushbu maskan va undagi xodimlar qo’yadi.” Bo’ladigan bola boshidan ma’lum”- deganlaridek, farzandlar qanchalik jismoniy va psixologik tomondan sog’lom bo’lsalar, kelajakda ulardan Vatan ravnaqiga hissa qo’shadigan juda zo’r kadrlar yetishib chiqadi.

Download 219,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish