Bo’ri polvon yosh polvonga mensimay-mensimay qaradi. “Laylakning yurishini qilaman deb, chumchuqning puti yirtilgan ekan”- deya o’yladi.
Yozuvchi asarda har bir maqoldan shunday foydalanganki, har bir maqol asar qahramonlarining xarakterini ochib berishga katta xizmat qilgan.
Yozuvchi asarda: Bir yosh bola Bo’ri polvonni mensimaslik qilib, shon-shavkatni nazarga ilmay qurga yugurib chiqishini nazarda tutgan. “O’zbek maqollarning izohli lug’ati”da keltirilishicha har kim xoh jismoniy, xoh moddiy, xoh ma’naviy tarafdan o’zining holiga, qudratiga qarab ish ko’rishi, qurbi yetmaydigan, qo’lidan kelmaydigan, uddalay olmaydigan ishga urunmaslik zarurligini uqtiradi. Xalq sheva vakillari orasida “Buyrachi xolvachi bo’laman deb, ko’zini chapag’on bosibdi”- ushbu maqolda odatda xolvachining qo’li hamma vaqt shira bo’ladi, shiraga chang-chung, qil- qilik yopishib iflos qiladi. Befarq xolvachi qo’lini yuvmay, tozalamay ko’zini ishqalasa ko’zi qizarib, yosharib bora –bora kasalga chalinadi,- degan maqolni mahorat bilan asar mazmuniga singdiradi.
Yozuvchi asarda asar qahramonlariga xalq sheva vakillari orasida foydalanilib kelinayotgan xususiy maqollardan foydalanibgina qolmay, balki hammaga tushunarli bo’lishi uchun umumiy ma’nodagi maqollardan ham unumli foydalangan. Asarda xususiy ma’nodagi maqoldan foydalanilsa, qo’llanilgan umumiy ma’nodagi maqol tushunarsiz bo’lib qoladi. “O’zbek tilining izohli lug’ati”da “chapag’on” - ko’z kasalligi degan ma’noni beradi. Yozuvchi shuning uchun hammaga tushunarli bo’lishi uchun umumiy ma’nodagi maqoldan foydalangan. Bo’ri polvon Ismoil polvonga “ko’rpanga qarab oyoq uzatsangchi”- deya qarash qildi.
Ko’rinib turibdiki, yozuvchi asarda Bo’ri polvon Ismoil polvonni nazar pisandga ilmay davrani aylanib, tayyor oshku deya aylanishi nazarda tutgan. “O’zbek maqollarning izohli lug’ati”da ta’kidlashicha o’zingdan kuchlini yengaman deb chiranma, baribir yengilasan, - degan ma’noni beradi.
Yozuvchi asarda keltirilgan jumlalarga asar voqeyligiga maqollardan shunday foydalanganki, umumiy ma’noda ham, xususiy ma’noda ham xalqqa tushunarli qilib bergan. Jumlladan, Raykom aytsa-da, gazetachilar qora kunlarimni g’animlarimga ovoza qilmaydi. “Sut bilan kirgan, jon bilan chiqadi”. Bo’ri polvon endi o’zi bilan o’zi olisha boshladi. Ko’rinib turibdiki, yozuvchi asarda polvonlarga kurash avloddan avlodga bo’lib o’tgan. Bo’ri polvon davrada lanj polvonlar olishini ko’rsa, qo’llarini orqasiga qilib davra sirtida asabiy yuradi. Aynan umumiy ma’noda qo’llaniladigan “Qon bilan kirgan, jon bilan chiqadi” maqoldan foydalanmay o’sha hudud vakillariga tushunarli bo’lishi va bir kishiga bir avlodga xususiy jihatdan tushunarli qilib ochib berish uchun asarda Bo’ri polvonning holatini, hislatini ochib berish maqsadida “Sut bilan kirgan, jon bilan chiqadi” maqolidan foydalangan. “Sut bilan kirgan, jon bilan chiqadi” – ushbu maqol orqali Tog’ay Murod “Ot kishnagan oqshom”asarida Fayzulla chavandozni ko’ra olmaslik holatini ifodalab bergan.
“Kambag’alni tuyani ustida it qopadi”. Ushbu maqoldan yozuvchi asarda foydalanishi kambag’alning harakat qilsa ham, unga yana bir balo kelaveradi, ya’ni asar qahramonining boshidan yara chiqib qiynalishi, sochlari to’kilib, kal bo’lib qolish holatlarini ochib berish uchun ushbu maqoldan foydalanilgan. “O’zbek maqollarning izohli lug’ati”da keltirilishicha kambag’allarning avvaldan boshiga tushgani baloi azim edi. Ko’rinib turibdiki, ijodkor ushbu maqoldan foydalanilishi o’sha davr sharoitida kambag’allarning bir balodan boshqa yana bir balo kelishi, Osh topsa idish topilmas deganlaridek qiyinchilik bilan hayot kechirishini nazarda tutgan.
Farzand- Alloh insonga ato etgan ne’matlarning eng go’zali, oilaning quvonchi, boyligi, ota-onaning tuyg’ulari hisoblanadi. “Bolali uy bozor, bolasiz uy mozor”. Ushbu maqol orqali yozuvchi asarda qahramonning farzandsiz o’tishi, farzand ko’ra olmasligini nazarda tutib, ushbu umumiy va xususiy ma’noda qo’llagan maqol orqali asar voqea-hodisalarini o`ziga xos emotsional-ekspressiv jihatdan ochib bergan.
Kaykovskiy Umarxon eshonni general Skobelov uzangi qoshida betma-bet etadi. Umarxon eshon general Skobelovga taqsir men bir kam saksonda bo’ldim deydi. “Aql yoshda emas boshda”- deydi Skobelov. Asarda Skobelovning 32 yoshida ko’pgina hududlarni egallashi, ko’p ishlarni amalga oshirishi “O’zbek maqollarning izohli lug’ati”da qo’llagan ma’no orqali ifodalab bergan.
“Behuda chiranish belni chiqaradi” deganlaridek siz men bilan kurash tushsangiz, mushtlashsangiz ham men sizni yengib qo’yaman, ya’ni yozuvchi asarda maqoldan shunday foydalanganki, asar qahramonlariga umumiy va xususiy jihatdan mos tushgan.
Tog’ay Murod va Shukur Xolmirzayevning asarlari har bir yoshlarni o’ziga jalb qilmasdan qolmaydi. Yozuvchi asarlarida qo’llagan maqollar har bir asar qahramonlarining xarakterini ochib berish bilan birga xalq vakillari uchun tushunarli qilib yoritib berilgan. Tog’ay Murod va Shukur Xolmirzayevning ijodini o’rganish va ommaga namoyish qilish biz yoshlarning asosiy burchimiz hisoblanadi. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash kerakki, maqollarning ma’nosini badiiy asarlarda ham, ilmiy asrlarda ham umumiy va xususiy ma’noda qo’llashi kerak. Tilshunosligimizda ma’no jihatidan umumiy va xususiy maqollarning o’ziga yarasha o’rni va ahamiyati bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |