Foydalanilgan adabiyotlar:
F.Qodirova , Sh.Q.Toshpo’latova, N.M.Qayumova , M.N.A’zamova “Maktabgacha pedagogika ” 2019-yil.
Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika ” 2012-yil
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY RIVOJLANISHIDA MILLIY HARAKATLI O’YINLARNING AHAMIYATI.
Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi
2-bosqich talabasi Omondavlatova Diyora
Annotatsiya: Mazkur maqolam barcha maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy va barkamol bo'lib rivojlanishi uchun eng zarur bo'lgan jismoniy rivojlanishnig ahamiyati va ayni jismoniy tarbiya jarayonlarini milliy harakatli o’yinlar orqali tashkil etish haqida. Ushbu maqola bo'yicha tavsiyalar avvalo o'sib kelayotgan barkamol avlodning kelajagiga beetibor bo'lmagin ota-onalar va tarbiyachi pedagoglar uchundir.
Kalit so'zlar: Maktabgacha ta’lim tashkiloti, bolalar, ota-onalar, tarbiyachi, pedagoglar, milliy harakatli o’yinlar, jismoniy rivojlanish, jismoniy kamolot, jismoniy tarbiya, jismoniy harakatlar, jismoniy sifatlar, xalq o'yinlari, harakatlar ta’lim - tarbiya, kamolot, urf odatlar, an'analari.
Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: "Yoshlarga milliy vatanparvarlik ruhida ta’lim berish bugungi kunning jiddiy vazifalaridan hisoblanadi". Darhaqiqat Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim tarbiya berishda va ularni jismonan sog’lom va barkamol qilib tarbiyalashda milliy urf odatlarimizning va qadriyatlarimizning ahamiyati juda katta hisoblanadi. Bu borada Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va rivojlanish xususiyatlari inobatga olinishi ahamiyatga molik. Bolalarning jismonan yetuk bo’lishi ularning aqliy jihatdan kamol topishiga zamin yaratadi.Bu borada ota onalardan va tarbiyachi pedagoglardan yuksak bilim va mahorat talab etiladi .Tarbiyachi va ota onalar o’zaro hamkorlikda bolaning sog’lom turmush tarzini to’g’ri tashkil etishi,ularning qiziqishlari bilan o’rtoqlashishi ,uning imkoniyat darajalarini hisobga olgan holda bolalarni ma'lum yo'nalishga yo'naltirishi va ularga yuklamalar berishi lozim bo'ladi .
Bolaning rivojlanishi turli jarayonlarda turlicha kechadi ,shuning uchun bolaning rivojlanishi uzluksiz va samarali kechishi uchun bolalarga tarbiyachi va ota onalar ularni qiziqtira oladigan va rivojlantira oladigan o’yinlardan foydalana olishi kerak.Albatda ota onalar va tarbiyachilar bu kabi o’yinlarni milliyligimiz , madaniyatimizga xos va mos holatda tashkil etsalar maqsadga muvofiq bo’ladi. Ushbu ishlar muvaffaqiyatli kechishi uchun bolalarning dastlabki yoshidanoq milliy o’yinlar vositasi sifatida jismoniy tarbiyani tashkil etshi lozim. Shuning uchun xalqimizning asrlardan –asrlarga o’tib kelayotgan milliy madaniy o’yinlarini yosh avlodga to’la qonliligicha namoyon etib bera olishimiz bugungi kunning asosiy talabi desak adashmaymiz.Chunki milliy o’yinlar orqali bolalarda jismoniy tarbiya shakillanishidan tashqari vatanga bo’lgan muhabbat, uning tarixiga qiziqish, va uning merosini asrab avaylash tuyg’usi shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy hayot faoliyatini maktabgacha davrda o’yin egallaydi. Maktabgacha ta’lim yoshi davrida o’yin orqali bolalarga tarbiyaning barcha turlari berib boriladi, mehnat tarbiyasi, aqliy tarbiya ,estetik tarbiya shular jumlasidan-dir.Maktabgacha yosh davrda bolalarda organizmni umumiy rivojlanishi jadal kechadi .Shuning uchun ham bu davrda harakatli o’yinlarni o’rgatib borish qulaydir.
O’zbek mlliy xalq o’yinlarining ahamiyati bolalar uchun juda katta. Milliy o’yinlar bolalarda ularning jismoniy emas balki ularning ruhiy va aqliy faoliyatiga ham oz ta’sirini ko’rsatadi. Bola milliy o’yinlar orqali voqelikni tushuna boshlaydi ,yani atrof muhitni anglay boshlaydi . O’yindagi o’xshatishlar orqali bolalarda taqlid qilishga bo’lgan qiziqish ortadi. O’yinning sodda va oson bo’lishi uning qiziqarliligini oshiradi, va bu bola hayot faoliyatida , kattalar uchun mehnat va o’quv faoliyati singari asosiy o’rinni egallab boradi.O’yin bulardan tashqari bolalarda hulq atvorning ijobiy tmondan o’zgarishiga sabab bo’ladi . Chunki aniq maqsadga yo’naltirilgan faoliyatda bola xulq atvor ko’nikmalarini tez va oson o’zlashtiradi. Bu kabi milliy xalq o'yinlarimizni quyidagi misollar orqali ko'rishimiz mumkin bo'ladi.
Misol uchun:
Do'stlaringiz bilan baham: |