Yangiasr avlopi


Mana shu narsa buyuk kashfiyotning muqad-



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

Mana shu narsa buyuk kashfiyotning muqad- 

dimasi  edi.  Martin ilgari ham bir marta  Spenser 

asarini  o‘qishga  urinib  ko'rgan  edi,  lekin  mual- 

lifning  «Psixologiya  asoslari»  kitobini  olgan-u, 

Blavatskaya xonimning asarlarini o‘qiganda qan­

day  muvaffaqiyatslzlikka uchragan  bolsa,  bun-


Martin Iden

159

da ham shunday muvaffaqiyatsizlikka uchragan 

edi. Martin kitobga tushuna olmay, o‘qimay qay- 

tib bergan edi. Lekin bu safar kechqurun algebra 

va fizika bilan shug4illanib bolib, ancha vaqtga­

cha sonet yozish bilan ovora boldi, o'miga yotib, 

«Asosiy manshalar»ni  ochdi.  Tong  otganda ham 

kitob mutolaasi bilan band edi.  U uxlay olmadi. 

Shu  kun yozmadi  ham.  Biqinlari og'rib  ketgun- 

cha,  o‘midan turmay o‘qib yotdi;  keyin to'shak- 

dan qoq yerga tushib yotdi-da, goh kitobni boshi 

uzra  ko^arib,  goh  tirsagiga  tayanib  mutolaani 

davom ettirdi. Keyingi kechasi, har holda, birpas 

uxladi-yu,  ertalab  yozishga  o'tirdi,  lekin  kitob 

uni  shu  qadar  o‘ziga  maftun  qilib  qolgan  edi­

ki, dunyodagi hamma narsani, hattoki shu kuni 

kechqurun Rufnikiga borishni ham unutib, yana 

kitob  mutolaasiga  berilib  ketdi.  Faqat  Bernard 

Xigginbotam eshikni lang ochib: «Mening uyimni 

restoran deb o“ylarsan, balki?» -  deb so‘raganda- 

gina Martin o‘ziga keldi.

Martin  Iden  hamisha  bilim  olishga  qiziqardi. 

U  hamma  narsani  bilgisi  kelar va  qisman  shu­

ning uchun ham sargardon dengizchilik kasbiga 

qiziqqan  edi.  Lekin  endi  Spensemi  o'qiganidan 

so'ng,  o'zining  hech  nima  bilmasligini,  dengiz- 

da yana qancha suzib yursa ham,  hech qachon 

hech nima bilmasligini tushundi. U turli hodisa- 

lami  mushohada  qilarkan,  ularni  faqat  yuzaki 

o'rganardi,  ayrim dalillami jamlab,  ulardan qis­

man  xulosalar  chiqarardi-yu,  lekin  bulaming 

hammasini  bir-biriga  boglashga,  tasodiflaming 

majmuasi  bolib  tuyulgan  olamni  bir  tartibga 

solishga  aslo  urinmasdi.  U  uchib  ketayotgan




qushlarni kuzatarkan, ko'pincha ularning parvoz 

qilish  mexanizmi  to‘g‘risida  fikr  yuritardi;  lekin 

uchuvchi jonivorlarning paydo bolishiga sabab- 

chi bolgan taraqqiyot jarayoni haqida biron mar- 

ta  ham  о у  lab  ko'rmagan  edi.  U  hatto  shunday 

jarayon  borligini  o“ylamagan  edi.  Qushlaming 

«paydo  bolishi»  uning  xayoliga  ham  kelmagan 

edi. Ular «bolgan» -  vassalom, doimo bolgan.

Qushlar  haqida  qanday  mulohaza  yuritgan 

bo Isa,  qolgan  hamma  narsa  to‘g‘risida  ham 

shunday  mulohaza yuritar  edi.  Uning  bilimi  va 

fikr yuritish malakasi bolmagani uchun, falsafiy 

xulosa  chiqarishga  urinishlari  samarasiz  edi. 

Kantning o‘rta asrga xos metafizikasi unga hech 

nimani  ochib  bermadi,  bil’aks,  uni  o‘z  aqlining 

kuchiga  shubhalanib  qarashga  majbur  etdi.  U 

Romensning mutaxassislar uchun yozilgan max- 

sus  kitobi  boyicha  tadrijiy takomil  nazariyasini 

o'rganishga  kirishganda  ham  aynan  shunday 

muvaffaqiyatsizlikka  uchragandi.  Bu  muto- 

laadan  olgan  birdan-bir  taassuroti  shu  boldi- 

ki,  u  tadrijiy  takomilni  o‘z  fikrlarini  tushunib 

bolmaydigan  tilda  izhor  qiluvchi  o*ta  rasmiyat- 

chi  kishilarning  asossiz  nazariy  uydirmasi  deb 

tasawur eta boshlagan edi.  Endi bolsa,  buning 

aslo  quruq  nazariya  emas,  balki  barcha  e’tirof 

etgan  taraqqiyot  qonuni  ekanligini,  agar  olim- 

lar  o'rtasida bu borada endi munozaralar bolsa 

ham,  u  faqat  takomil  shakli  haqidagi  xususiy 

masalalar ustida borardi.

Mana,  nihoyat,  Spenser ismli odam maydon- 

ga  keldi-yu,  bularning hammasini  tartibga  sol­

di,  birlashtirdi,  xulosalar chiqardi va matroslar

260 



Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish