Martin Iden
163
uiar orasidagi munosabatni
ko'ngli tinchimas edi. Shunday qilib, muhab-
bat, she’riyat, zilzila, olov, chinqiroq ilon, ka-
malak, qimmatbaho toshlar, bedavolik, qu-
yosh botishi, sherning na’rasi, yorituvchi gaz,
vahshiylik, go'zallik, qotillik, richaglar, tayanch
nuqtasi va tamakilar orasida aloqa mavjudligi
aniqlandi. Endi butun koinot uning ko‘z oldida
bir butun holida gavdalandi, endi bu koinotning
tor ko‘chalari, so‘qmoqlari va chakalakzorlari-
da, nomalum maqsad sari sirli chakalakzorlar-
ni yorib o‘tib borayotgan sayoq yolovchi singari
emas, balki hech narsani ko‘zdan qochirmaslik-
ka urinuvchi va har bir ko‘rgan narsasini xarita-
ga ko‘chiruvchi tajribali mushohadachi sayyoh
sifatida kezib yurardi. U qancha ko‘p narsani
o‘rgansa, olamdan, o'zining bu dunyodagi hayo-
tidan shuncha ko‘p zavqlanardi.
-
Voy, galvars-e! - deb qichqirardi u ko‘zguda-
gi o‘z aksiga, - yozuvchilik qilging keldi, yozding
ham, ammo yozadigan narsangning tayini yo‘q
edi-ku! Xo'sh, nimang bor edi? Go'zallik haqi
da go'daklik tushunchasi, xom-xatala hislar,
g‘ira-shira tasawurlar, jaholat zulmati va mu-
habbat tuyg4isidan yorilayozgan yurag-u, yana
shu muhabbating singari ulkan va jaholating
singari umidsiz izzat-nafsing bor edi. Yana sen
yozuvchi bolmoqchimiding? Lekin nima to‘gVida
yozish kerakligini endi tushunyapsan-ku. Sen
go'zallik bunyod etmoqchi bolding, о‘zing esa
go'zallikning tabiati haqida hech nima bilmas-
ding. Sen hayot haqida yozmoqchi bolding, о‘zing
esa uning mohiyatidan bexabar eding. Sen dun-
aniqlamaguncha
yo haqida yozmoqchi bolding, ammo bu dunyo
sen uchun bir muammo edi; shuning uchun,
nima to'g'rida yozsang ham, nodonligingni bir
karra isbotlagan bo larding. Lekin xafa bolma,
inim Martin! Sen hali ko‘p yozasan. Hozir ham
ba’zi narsalami bilasan, lekin sen endi to'g'ri
yoldan ketyapsan, yaqinda yana ko‘p narsalar-
ni o'rganib olasan. Agar omading kelsa, vaqti
kelib, bilish kerak bolgan narsalarning deyar-
li hammasini bilib olasan. Ana o‘shanda yoza
boshlaysan!
Martin o‘z quvonchi va taajjubini Ruf bilan
baham ko'rish ehtiyoji tugllganini his qilib, o‘zi-
ning buyuk kashfiyotini qizga bayon qildi. Lekin
Ruf bunga juda xotirjamlik bilan quloq soldi, af-
tidan, bulaming hammasini oldindan bilar edi.
Shuning uchun ham Martinni talvasaga solgan
narsaga qizning bu qadar loqayd munosaba-
ti yigitni ajablantirmadi, bu o'rinda qiz uchun
hech qanday yangilik yo‘qligini tushunardi. Mar
tin bildiki, Artur bilan Norman tadrijiy takomil
nazariyasi tarafdori ekanlar va ikkovlari ham
Gerbert Spensemi o'qigan ekanlar, ammo ular-
da Spenser Martinga ta’sir qilganday zo‘r taassu-
rot qoldirmaganga o'xshardi, ko‘zoynak taqqan,
sochlari paxmaygan yigitcha esa (uning ismi Vill
Olni edi), Spenseming nomi tilga olinganda za-
harxanda kuldi va Martin ilgari eshitgan achchiq
kinoyani takrorladi: «Nimaligini bilib bolmay-
digan narsadan boshqa xudo yo‘q, Gerbert
Spenser esa uning payg‘ambari».
Lekin Martin uning bu kinoyasiga ahamiyat
bermadi, chunki u Olnining Rufga hech ham
-*64
j ek London
------------------------- ------------------------------------- —
Martin Iden
165
oshiq emasligini seza boshlagan edi.
lik har turli mayda dalillarga asoslanib, Olni-
ning Rufga nainki oshiq emasligi, hattoki qizni
ochiqdan-ochiq yoqtirmasligini bilib oldi. Martin
bunga tushuna olmasdi. Bu shu qadar noyob ho-
disa ediki, Martin bu hodisani koinotdagi boshqa
hodisalarga hech boglay olmadi. Hatto Martin
ning bu yigitga rahmi ham kela boshladi, aftidan,
yigitda mavjud bolgan allaqanday jismoniy illat
Rufning latofati va go‘zalligini qadrlashiga xalal
berayotgan bolsa kerak. Ular yakshanba kunlari
ko'pincha birgalikda velosipedda sayrga chiqar-
dilar, shu sayr paytlarida Ruf bilan Olni do‘st
ko'rinsalar ham, Martin ularning qoyinlarida
tosh borligini angladi. Olni ko'proq Norman bi
lan do‘stona aloqada bolar, Rufni esa Artur bilan
Martinga topshirar, buning uchun Martin Olni-
dan behad minnatdor edi.
Yakshanba kunlari Martin uchun ikki qatla
bayram edi, chunki bu kunlar uning Ruf bilan
uchrashishiga imkon berardi; bundan tashqa-
ri, uni qizning sinfiga mansub yigitlar bilan bir
qatorga qo'yardi. Bu yigitlar muntazam ravishda
tahsil olgan bolsalar ham, Martin aqliy jihatdan
o'zining ulardan sira ham keyinda qolmaganini
ko‘rardi; ular bilan qilinadigan suhbat esa Martin
uchun og‘zaki nutqni rivojlantirish uchun taj ri
ba maktabi vazifasini o'tardi. U o‘zining kuzatuv-
chanlik qobiliyatiga ishonib, ko'pdan beri jami-
yatdagi axloq-odob qoidalari haqidagi qollan-
malarni o'qimay qo^gan edi. U suhbat mavzuiga
berilib ketib, hamma narsani unutib yuborgan
paytlarini mustasno qilganda, o‘z hamrohlari-
Keyincha-
ning xatti-harakatini doimo zo‘r e’tibor bilan ku-
zatar va ulaming o‘zaro munosabatlaridagi har
turli mayda-chuyda tafsilotlami xotirlab qolish-
ga harakat qilardi.
Spenserni, umuman, juda oz mutolaa qilish-
lari Martinni ajablantirardi. «Gerbert Spenser, -
dedi kutubxonaning malumot bolimida ishlay-
digan xodim, - o, g'oyat zo‘r zakovat sohibi u».
Lekin ko‘rinishidan, kutubxonachining o‘zi ham
bu buyuk zakovat sohibining asarlarini juda oz
o'qiganga o'xshardi. Bir kuni Martin Morzlarniki-
da ovqat ustida mister Betler huzurida Spenser
haqida gap ochib qoldi. Mister Morz ingliz fay-
lasufining agnostitsizm10ini qattiq qoraladi, lekin
ayni vaqtda uning «Asosiy manshalar»ini o‘qima-
ganligini e’tirof etdi; mister Betler esa, Spenser
kishining yuragini siqib yuboradi, shu sabab-
dan uning asarlaridan bir satrini ham o'qima-
ganman, ammo o‘qimagan bolsam ham, o‘zimni
juda yaxshi his qilyapman, deb ajrtdi. Martin
ning dilida shubha tug‘ila boshladi, agar o‘ta da-
rajada o'ziga xos odam bolmaganda, kim bilsin,
ko‘pchilikning mulohazasiga quloq osib, bundan
buyon Spenserni mutolaa qilishdan voz kech-
gan bolarmidi. Lekin Spenserning dunyoqarashi
Martinga shu qadar ishonarli bolib tuyulgan
ediki, undan voz kechish dengizchining kompas
bilan xaritani suvga uloqtirishi bilan baravar
gap edi. Shuning uchun Martin tadrijiy takomil
nazariyasini o‘rganishda davom etar, bu ilmni
tobora chuqurroq egallar va minglab boshqa yo-
^66
Jek London
-—
Do'stlaringiz bilan baham: |