Yangiasr avlopi


Olni  eshik  tomon  yo‘naldi-yu,  lekin  to‘x tab



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

Olni  eshik  tomon  yo‘naldi-yu,  lekin  to‘x tab, 

oxirgi gaplarini aytdi:

-  

Martinni  o‘z holiga qo“ying,  Ruf.  Unga nima 

kerakligini  o‘zi  yaxshi  biladi.  Qarang,  qancha- 

dan-qancha  narsalarni  bilib  olibdi.  B a’zan, 

o'zimni  oyiasam,  xijolatdan  qizarib  ketaman. 

Bizning  lotin  tili,  fransuz  tili,  eski  ingliz  tilini



*

Jek  London

----------------------------- --------------------------------- —




Martin  Iden

173

bilishimizni,  bizdagi madaniyat deb 

koniyatni  mustasno  qilsak,  u  hozir  ham  hayot 

haqida,  hayotda  insonning  tutgan  o‘rni  haqida 

Artur,  Norman,  men  yo  sizdan  ancha-muncha 

ko'proq biladi.

-  Lekin  Ruf  mening  muallimam,  -   deb  oliy- 

janoblik  bilan  e’tiroz  bildirdi  Martin,  -   nimaiki 

o'rgangan bolsam,  hammasi Ruf tufayli boldi.

-  Safsatani  qo^ing!  -   Olni  Rufga  allaqanday 

badxohlik  bilan  qaradi.  -   Siz  hali  Spenserni 

ham  Rufning  maslahati  bilan  o'qidim  dersiz? 

Ishonib  bo'pman!  Men  Sulaymon  podshoning 

olmos  konlari  haqida  qancha bilsam,  Ruf ham 

Darvin  va  tadrijiy  takomil  haqida  shuncha  bi­

ladi.  Esingizdami,  bir  necha  kun  muqaddam 

siz Spenserning g‘ayri muayyan,  ilg‘ab bolmay- 

digan narsalar va hamjinslik haqida aytganlari- 

ni  sharhlab,  hammamizni  esankiratib  qo*ygan 

edingiz.  Shuni  Rufga izohlab  bering-chi,  ko'ra- 

siz, gapingizga tushunarmikin, yo'qmi. Bu, men 

sizga  aytsam,  «madaniyat»  emas!  Xullas,  Mar­

tin, agar lotin tilini yodlaydigan bolsangiz, sizga 

hurmatim qolmaydi.

Martin bu suhbatga maroq bilan quloq solar- 

kan,  ayni  vaqtda,  yuragiga  allaqanday  g'ashlik 

tushdi. Gap talim va darslar haqida, ilm haqida- 

gi ibtidoiy malumotlar to‘g‘risida borardi;  shun­

ga  ko'ra,  munozaraning  maktab  bolalariga  xos 

bir  ohangda  borishi,  Martinni  hayajonga  sol- 

gan ulkan masalalarga aslo  mos  tushmasdi,  bu 

masalalar  uni  hayotiy  hodisalarning  barchasi- 

ga  mahkam  yopishib  olishga  majbur  qilardi  va 

o'zining  uyg'onib  kelayotgan  qudratini  sezishi

atalgan im-



174

_____________ 



j e k  London

butun  vujudini  titratib  dahshatga  solardi.  U 

xayolan  o‘zini  nomalum  bir  mamlakat  sohiliga 

chiqarib  tashlangan  shoir  bilan  qiyos  qilardi;  u 

shoir  tevarak-atrofidagi  go'zal  manzaradan  qat- 

tiq  ta’sirlangan-u,  bu  go‘zallikni  yerli  yowoyi 

xalq  tilida  tarannum  qilishga  behuda  urinardi. 

Martin ham shunday ahvolda edi. U o‘z vujudida 

ulkan jahonshumul haqiqatni o‘rganishga kuchli 

intilish hissi borligini sezardi, lekin buning o‘mi- 

ga,  «Lotin tilini o'rganish kerakmi, yo'qmi» degan 

mavzuda  go‘daklarga  xos  mojaroga  quloq  solib 

o'tirishi lozim edi.

-  Qay go‘rdan chiqdi bu lotin tili? -  derdi u shu 

kuni  kechqurun  ko'zgu  oldida  turib  o‘ziga  o‘zi 

tikilarkan,  -   oliklar  olikligicha  qolaversin.  Ular 

bilan necha pullik ishim bor? Go‘zallik abadiy va 

doimo  barhayot.  Tillar  esa yaratiladi va yo‘qolib 

ketadi.  Ular oliklar hokidir.

Shu  asnoda  o‘z  fikrlarini  chiroyli  ifodalash- 

ga o'rganganini  o“ylab  qoldi va o'rniga yotarkan, 

nima.  sababdan  Rufning huzurida  shu  qobiliya- 

tini  ishlata  olmaganini  bilishga  urindi.  Qizning 

huzurida u maktab bolasiga aylanib qolar va shu 

maktab bolasi tili bilan gapira boshlardi.

-   Fursat  beringlar  menga,  -   dedi  u  ovozini 

chiqarib, -  menga faqat fursat beringlar!

Vaqt! Fursat!  Bu uning doimiy iltimosi edi.




Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish