Martin Iden
179
Martin unga yozganlarini biron marta
ko'rsatmagan edi. Allaqanday andisha yolini
to‘sib turardi; bundan tashqari, u qizning uni-
versitetda bandligini bilgani uchun uning vaq-
tini olishni o‘ziga ep ko‘rmasdi. Lekin imtihon-
lar tamom bolgandan keyin Rufning o‘zi uning
asarlaridan birontasini o‘qishni istaganini bildir-
di. Martin ham sevinib, ham qo‘rqib ketdi. Ruf
- haqiqiy hakam. U san’atshunos. U adabiyotni
professorlar qol ostida o‘rgangan. Ehtimol, mu-
harrirlar ham tajribali hakamlardir, lekin Ruf
boshqa, u Martinning asarlariga boshqa ko‘z bi
lan qaraydi. U Martinga bosma blankka yozilgan
rad javobini yubormaydi, hikoyalaringizning ijo-
biy xislatlarga boy bolishiga qaramay, afsuski,
mazkur nashriyotda bosa olmaymiz deb xabar
qilmaydi. Ruf unga insoniy, jonli til bilan o‘z
fikrini izhor qiladi, eng muhimi - Ruf, nihoyat,
chinakam Martin Idenni ko‘radi. Qiz Martinning
asarlarida uning dili va qalbini his qiladi, uning
nimalarni orzu qilishini va nimalarga qodir
ekanligini ozgina bolsa ham, qittakkina bolsa
ham anglab oladi.
Martin hikoyalaridan bir nechasini tanladi-da,
bir oz taraddudlanib turgandan keyin, yana
«Dengiz qo‘shiqlari»ni ham ilova qildi. Jazirama
iyun kunlarining birida u Ruf bilan velosipedlar-
ga minib, shahar tashqarisidagi tepalik tomon
jo‘nab ketishdi. Qiz bu yerni yaxshi ko'rardi. Bu
ularning ikkinchi marta birga sayr qilishi edi.
Ular kunning taftini pasaytiruvchi dengiz shaba-
dasiga yuzlarini tutib, velosipedda ketib borar-
kanlar, Martin olamning go'zalligini, yashash va
ham
180
Jek London
qanday soz ekanligini butun vujudi bilan
his qila boshladi. Ular velosipedlarini yol yoqasi-
ga qo'yib, o'zlari qo‘ng‘ir tepa boshiga chiqishdi;
quyoshda jizg'anak bolgan o‘t-olandan yaqinda
o'rilgan pichanning quruq xushbo^ hidi gurki-
rab dimoqqa urildi.
-
Bu o'tlar o'z vazifasini о‘tab bolgan, - dedi
Martin yerga o‘tirishgandan keyin. Ruf uning
kurtkasiga, u esa to'ppa-to'g'ri issiq yerga o'tir-
gan edi.
Martin kishini mast qiluvchi, yoqimli, xush-
boV hidlardan to'yib-to'yib nafas olarkan, shu
zahotiyoq odati bo'yicha xususiy hodisalardan
umumiy va asosiy hodisalarga o‘tib, fikr yurita
boshladi.
-
O'zining hayotiy vazifasini o'tab boldi bu, -
deb gapida davom etdi Martin oftobda qovjira-
gan o'tlami mehribonlik bilan silarkan, - qishki
yog'in suvini shimirib, bahorning ilk bo'ronlari
bilan kurashdi, gullab qumursqa-yu, bolarilar-
ni o'ziga jalb etdi, uruglarini shamolga sovurib,
atrofga taratdi, endi esa tabiat oldida o'z vazifa
sini o'tab bolib...
- Nima uchun siz hamma narsaga ko'ngilni
xira qiladigan bunday amaliy nuqtai nazardan
qaraysiz? - deb Ruf uning so'zini boldi.
- Tadrijiy takomil nazariyasini o'rganayot-
ganimdan shunday bolsa kerak. Ochig'ini ayt-
ganda, men hamma narsaning asl mohiyatini
yaqinginada anglay boshladim.
- Lekin, mening nazarimda, siz ana shu
amaliy nuqtai nazaringiz tufayli go'zallikni tu-
shunmay qolayotganga o'xshaysiz. Go'dak bola
sevish