Martin Iden
183
-
Lekin siz juda yaxshi gapiryapsiz, - deb
takidladi Ruf, - shu qisqa vaqt ichida buncha-
lik gapirishni o‘rganib olganingizdan taajjubda-
man. Mister Betler - hammaga manzur bolgan
notiq. Shtat qo‘mitasi doirn saylov oldi kampani-
yasi paytida uni nutq so‘zlashga da Vat etib tura-
di. Lekin siz anovi kuni ovqat paytida undan yo-
mon gapirmadingiz. Faqat u o'zini bosib gapira
oladi. Siz juda qiziqqonsiz; hali siz ham asta-sekin
o'zingizni tutib olasiz. Siz juda yaxshi notiq bolib
ketishingiz mumkin. Juda katta muvaffaqiyatlar-
ga erishishingiz mumkin... agar xohlasangiz. Siz-
da qandaydir bir sir bor. Shunga qaraganda, siz
ommaga bosh bolishingiz mumkin, men bunga
aminman. Siz yolingizga g‘ov bolgan har qanday
qiyinchilikni xuddi grammatikani o'zlashtirganday
yengib olishingiz mumkin. Taniqli advokat yoki
siyosiy arbob bolishingiz mumkin. Mister Betler
erishgan muvaffaqiyatga erishishingiz uchun siz-
ga hech nima xalal bera olmaydi. Erishgandayam,
oshqozoningizni kasal qilmasdan erishasiz, —
deb
tabassum bilan ilova qildi Ruf.
Ular hamon suhbat qilib o‘tirardilar; Ruf o‘z
odati bo“yicha o‘qishning zarurligi haqida yotig'i
bilan, ayni vaqtda, talabchanlik bilan gapirar,
lotin tilini ilmning har bir sohasida eng asosiy
negiz vazifasini o‘tashini talddlardi. U inson-
ning, xususan, erkak kishining eng mukammal
namunasi qanday bolishini Martinga tasvirlab
berdi; bu kamolot namunasi butunicha o‘z ota-
sidan ko'chirib, unga mister Betlerning ba’zi bir
xususiyatlari ilova qilingan edi. Martin chalqan-
cha tushib yotib, Rufning gaplarini tinglarkan,
184
Jek London
uning dudoqlari harakatini kuzatishdan huzur
qilar, biroq qizning aytayotganlarini mutlaqo
singdirmasdi. Ruf tasvirlab bergan istiqbol uni
qiziqtirmasdi, shunga ko‘ra u umidsizlikdan pin-
hona g4issa chekarkan, ayni vaqtda, shiddatli
ishq azobi uni o'rtardi. Qiz uning adabiy faoli-
yati haqida lom-mim demadi, Martin olib kelgan
qolyozmalar yerda unutilib yotardi.
Nihoyat, suhbat uzilib qolgan paytlardan biri-
da Martin quyoshga tikilib, uning ufqda yetib
kelishiga qancha qolganini chamalab ko‘rdi-da,
qolyozmalarini yig'ishtira boshladi, shu harakati
bilan u qolyozmalar borligini Rufga eslatgan edi.
-
Voy, esimdan chiqibdi-yu, - dedi Ruf sho-
sha-pisha, - o‘qib bersangiz, jon-jon deb eshi-
tardim!
Martin unga o'zining eng yaxshi ko'rgan hi-
koyasini o‘qib berdi. Hikoyaga «Hayot sharobi»
deb nom qo^ygan edi. Martin hikoya yozayotgan
chog'ida uni mast qilgan o'sha sharob, endi shu
hikoyani o'qiyotgan chog'ida yana miyasiga urdi.
Ajoyib mavzuda yozilgan bu hikoyada o‘ziga xos
bir nafosat ruhi mavjud edi, ammo Martin tumta-
roq so‘zlar va iboralar bilan bu nafosatni yanada
kuchaytirishga uringandi. U hikoya yozayotgan
chog'da lovillab yonib turgan ilhom alangasi ho
zir ham uni qurshab olgan edi, shuning uchun
u o‘zining hech qanday nuqsonini sezmasdan,
zo‘r ehtiros bilan o‘qirdi. Lekin hikoyaga Rufning
munosabati tamomila boshqacha edi. Hikoya-
ning barcha zaif tomonlari, barcha mubolag‘alar,
yosh qalamkashlargagina xos bolgan haddan
ziyod shavq-zavq, juda ko‘p yerda jumlalardagi
Martin Iden
185
hamohanglikning buzilishi darhol Rufning
quloqlariga chalindi. Ochigl, u Martinning hi-
koyasida ohangdorlik yo‘qligini sezdi, dabdabali,
salmoqdor jumlalar bundan mustasno edi, al-
batta; ammo aynan shu jumlalarning yuzakiligi
Rufning g'ashiga tegdi. «Diletantizm»11 - qizning
bu asarga bergan qat’iy bahosi shu edi, lekin bu
fikmi aytmadi. Aksincha, u bor-yo‘g‘i bir necha
mayda kamchiliklami tilga olib, umuman, hiko-
yani o‘ziga yoqqanligini aytish bilan kifoyalandi.
Lekin Martinning hafsalasi pir boldi. Qiz haq-
li tanqid qildi, Martin buni e’tirof etmay iloji edi,
ammo hikoyasini unga mayda-chuyda kamchilik-
lami tuzatish uchun o'qimagan edi-ku. Gap taf-
silotda emas. Buning hammasini tuzatsa boladi.
Vaqti kelib, uning o‘zi mayda nuqsonlami pay-
qaydigan, hatto ularga yol qo'ymaydigan boladi,
albatta. Lekin u o‘z hikoyasida ulkan, jonli hayot-
ning bir qismini ifodalamoqchi bolgan edi-ku.
Martin Rufga nuqta va vergullar bilan ajratilgan
bir qator jumlalami emas, balki ana shu jonli ha-
yotning bir qismini ко‘rsatmoqchi edi. Martin o‘z
ko‘zi bilan ko‘rgan, o‘z tafakkuri bilan anglagan
va o‘z qollari bilan mashinkada bosgan mana shu
satrlardagi ulkan va muhim narsalami Ruf ham
anglashini istardi. Aftidan, bu istagimga muyas
sar bolmadim, shekilli, deb o^ladi u. Balki mu-
harrirlar chindan ham haqdirlar. U hayotning
ulkan, muhim jihatlarini mushohada qilardi-yu,
ammo uni so‘z bilan ifodalashga qodir emas edi.
Natijada, Martin hafsalasi pir bolganini yashirib,
qizning tanqidiy mulohazalariga shunday osonlik
otkir
Do'stlaringiz bilan baham: |