Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

204

Jek  London

yJ

^

ladi-yu,  uning qolida metall yaraqlaganini  pay- 

qab qolib, chaqqonlik bilan qolidan ushlab oldi.

-  Kaftingni och! -  deb baqirdi u. -  Meni kastet 

bilan urding!

Ikkala  taraf  baqirib-chaqirib,  haqorat  yog‘di- 

rib bir-birlariga tashlandilar; yana bir soniyadan 

so'ng  to‘s-to‘polon  ko'tarilar  va  Martin  qasosini 

qondira olmay qolardi. U o‘zidayo‘q darg‘azab edi.

-  Qaytinglar  orqaga!  -  deb  baqirdi u.  -  Ham- 

manglar qaytinglar! Eshitdinglarmi?

Odamlar  tisarilishdi.  Ular  misoli  hayvon 

edilar,  lekin  Martin  ulardan  ham  o‘tib  ketgan 

vahshiy hayvon edi va hammaga dahshat solar- 

di, mana shu dahshat tuyg4isi ulami itoat etish- 

ga majbur qildi.

-   Bu  mening  ishim,  hech  kim  tumshug'ini 

tiqmasin. Hey! Bu yoqqa ber kastetni.

Bir oz  cho‘chib  qolgan  Moy  Qovoq unga itoat 

etdi va nomardlik qurolini unga uzatdi.

-   Bu  temirtakni  sen  bergansan,  la’nati  sariq 

moshak, -  deb  davom etdi Martin, kastetni  suv- 

ga uloqtirarkan,  -   orada  o'ralashib  yurganingni 

ko'ruvdim, lekin nima qilganingni payqamabman. 

Agar yana tumshug'ingni tiqqudek bolsang, ola- 

si qilib do'pposlayman. Tushundingmi?

Jang yana davom etdi, ikkala raqib ham tamo­

mila  holdan  toygan  bolishiga  qaramay,  hamon 

bir-biriga musht solardi,  nihoyat, ularning atro- 

fini  o‘rab  olgan  vahshiylar  galasi  qonga  toVib, 

dahshatga  tushib  qoldi  va  urishni  to'xtatinglar 

deb  mushtlashayotganlarni  ko'ndirishga  tush- 

di.  Oyog'ida  zo'rg'a  turgan,  insoniy  qiyofasini 

yo'qotguncha  kaltak  yeb,  allaqanday  dahshatli




Martin Iden

205

maxluqqa  aylangan  Moy  Qovoq  taraddudlanib, 

urishdan  to'xtadi,  lekin  Martin  unga  tashlanib, 

ketma-ket musht tushira boshladi.

Ular go Vo juda uzoq zamonlardan beri olishib 

kelayotganday  edilar,  endi  Moy  Qovoq  sezilarli 

darajada sustlashib  borayotganda birdan «qars» 

etgan  qattiq  ovoz  eshitildi-yu,  Martinning  o‘ng 

qoli  «shilq»  etib  osilib  qoldi.  Suyak  singan  edi. 

Buni hamma eshitdi, hamma tushundi ham. Moy 

Qovoq ham tushundi va yarador raqibiga xuddi 

yolbarsdek tashlanib, jon holatda uni do'pposlab 

ketdi.  Martinning  to‘dasi  yordamga  tashlandi. 

Lekin  ustma-ust  tushayotgan  zarbalardan  gan- 

gib  qolgan  Martin,  tinmay  goh  bo'ralab  solrib, 

goh  og'riq  va  g'azabdan  ingrab,  sheriklariga 

«aralashmanglar», deb qichqirar, chap qoli bilan 

raqibini tinmay mushtlar, hech narsaning farqi- 

ga bormay do‘pposlar  edi.  Hayajonli  pichirlash- 

lar  uning  quloglga  go у  о  juda  olislardan  eshi- 

tilayotganday tuyuldi,  keyin u kimningdir titroq 

ovozini eshitdi:  «Yigitlar, bu mushtlashish emas! 

Bu qotillik! Ajratib qoyish kerak ularni!»

Lekin  ulaming  birontasi  ham  olishayotgan- 

larga yaqinlashgani jur’at eta olmadi, Martin esa 

hamon chap qoli bilan do‘pposlab yotar, qoli har 

urganda odam basharasiga mutlaqo o'xshamay- 

digan  allaqanday yumshoq  qonli, jirkanch  nar- 

saga  tegar,  ana  shu  allanarsa  esa  hech  taslim 

bolishni  istamas,  hamon  uning  xira  tortgan 

ko'zlari  oldidan  nari  ketmasdi.  Lekin  Martin 

hamon to'xtamasdan urar, asta-sekin eng oxirgi 

kuchini sarflab  musht solar edi,  zarbalari tobo- 

ra zaiflasha  bordi,  to  bu  beo'xshov  qonli  go'sht




206

Jek  London

ko'prik  taxtalariga  gurs  etib  yiqilmaguncha 

urdi,  u  o'zini  asrlar  davomida,  ming  yillardan 

beri  urishayotgandek  his  qildi.  Shunda  Martin 

bo‘shliqqa tayanmoqchi bolib, mast odamlarday 

gandiraklab  ketdi  va  raqibining  tepasiga  borib, 

o'zgargan ovoz bilan:

-  


Mushtlashishni xohlaysanmi yana?  Gapir... 

Xohlaysanmi? -  dedi.

U  hamon  qattiq  turib  javob  talab  qilardi, 

shunda  birdan  o'rtoqlari  uni  ushlab  yetaklab 

ketayotganini,  egniga  kurtkasini  kiygizmoqchi 

bolishganini  his  qildi.  Ana  shundan  keyin  bir­

dan hushidan ketib qoldi.

Stol ustidagi soat jiringlab ketdi, lekin Martin 

uni eshitmay,  yuzini qollari bilan bekitib,  qimir 

etmay  o'tiraverdi.  Qulog'iga  hech narsa kirrnas, 

hech narsani oyiamasdi.  Butun bolgan voqeani 

u shunday aniq tasawur etdiki, xuddi o'sha ke- 

chasi  Sakkizinchi ko'cha ko‘prigida bolganidek, 

yana hushidan ketdi.  Bir necha daqiqa davomi­

da  uni  zulmat  va  bo‘shliq  qurshab  oldi.  So‘ng 

ko'zlari ola-kula bolib, terlab-pishib, xuddi tiril- 

gan murda yanglig' sapchib turib ketdi.

-  


Axiyri  seni  yengdim-ku,  Moy  Qovoq!  -   deb 

qichqirib yubordi u.  —

 Buning uchun  o‘n  bir yil 

kutdim, lekin baribir seni yengdim!

Uning oyoqlari qaltirar, boshi aylanardi,  shu­

ning  uchun  gandiraklab  ketib,  to‘shagiga  o‘ti- 

rishga  majbur  boldi.  U  hamon  o‘tmish  xoti- 

ralan iskanjasida edi. Qayerda yotganini bilmay, 

to  burchakda  yotgan  bir  to‘p  qolyozmalarga 

ко zi  tushmaguncha  hang-mang  bolib,  atrof- 

ga  olazarak  bolib  qarar  edi.  Ko‘zi  qolyozma-



Martin  Iden

207

larga  tushganda,  xotirasining  g‘ildiragi 

aylanib,  uni  to‘rt  yillik  masofadan  olib  otdi  va 

u  endi  kitoblarni,  shu  kitoblar  orqali  tanigan 

dunyoni, o'zining katta orzularini, rangpar qizga 

bolgan  muhabbatini  esladi;  agar  bu  ta’sirchan 

va  nazokatli  qiz,  hozirgina  Martin  qayta  boshi- 

dan kechirgan dahshatli voqealaming bir lahza- 

lik  shohidi  bolsaydi,  u  kechib  otgan  hayot 

botqog'ini  bir  zumgina  ko'rsaydi,  qo'rqqanidan 

yuragi yorilib olardi!

U о'mid an turib, ko'zguga qaradi.

-   Endi  sen  o'sha  botqoqlikdan  qutulib 

chiqding,  Martin,  -  g'urur bilan  dedi  o'ziga  o'zi,

-  ko'zlaring ravshan, qolingni cho'zsang yulduz- 

larga yetadi,  chinakam hayot kechiiyapsan,  eng 

qimmatli  asriy  meroslami  ulaming  egalaridan 

tortib olyapsan.

U  o'z  aksiga  diqqat  bilan  tikildi-da,  kulib 

yubordi.


-  Ozgina asabiylashib,  hayajonlanib  oldikmi? 

Hechqisi  yo'q!  Bu  xavfli  emas.  Sen  bir  vaqtlar 

Moy Qovoqni yenggansan, noshirlarni ham xud­

di shunday yengasan, o'n bir yildan ham ko'proq 

vaqt sarf qilsang-qilasan, lekin yengasan! Ammo 

yolda to'xtab  qolishni xayolingga ham keltirma, 

faqat  olg'a yur.  Kurashgandan  keyin  oxirigacha 

kurashish kerak!




Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish