Martin Iden
189
tolar va muvaffaqiyatsizliklar girdobidan
var qilmaydigan tarzda yuksalib chiqqan Martin
Iden qalbida muhabbat uyg'ota olish darajasiga
yetguncha, u ayollar qanchadan-qancha murak-
kab yollar bosib o'tganlar. Romantika, go'zallik
va mo'jiza shunda! Mana shular haqida yozish
kerak; faqat ularni ifodalash uchun so‘z topilsa
bas. Maloikalar osmonda - ular faqat maloika,
xolos. Martin esa inson.
Martin Rufning ovozini eshitdi:
- Siz juda kuchli odamsiz, lekin kuchingiz
qandaydir bebosh kuch.
- Idish-tovoq dolconiga kirib qolgan begemot-
ga o‘xshayman, - deb hazil qildi Martin. Ruf ta-
bassum bilan uni taqdirladi.
- Hech nimaning farqiga bormay, duch kelgan
narsa to‘g‘risida yozaverish yaxshi emas. Sizning
o‘z didingiz, latofatli uslubingiz bolishi kerak.
- Men o'zimga haddan tashqari ishonsam ke
rak, - deb g'oldiradi Martin.
Ruf uning bu fikriga qo‘shilib, jilmayib qo^di
va navbatdagi hikoyani eshitmoqchi boldi.
- Bilmadim, sizga yoqarmikin, - dedi Martin
go у о o'zini oqlayotganday. - Bu g'alati hikoya!
Balki men oshirib yuborgandirman, lekin gapim-
ga ishoning, niyatim xolis edi. Ikir-chikirlarga
e’tibor bermaslikka harakat qiling. Eng muhimi,
asosiy fikrni tushuna olsemgiz bolgani. Bu juda
muhim va to‘g‘ri fikr, faqat uni tushunarli qilib
yoza oldimmikin, bilmadim.
U o‘qiy boshladi; o'qirkan, Rufga qarab-qarab
qo^ardi. Nihoyat, hikoya qizning diqqatini tort-
ganday bolib tuyuldi. Ruf go^o Martin yaratgan
aql bo-
190
Jek London
obrazlaxga mahliyo bolganday, nafasini ichiga
yutib, undan ko'zini uzmay qimir etmay o‘tirar-
di. Martin bu hikoyaning nomini «Sarguzasht»
deb atadi, bu chindan ham kitobiy emas, hayotiy
sarguzashtning eng yuksak cho'qqisi, ya’ni, ham
jazoga, ham vafoga bir xilda saxiy, ham injiq,
ham bevafo, qullarcha itoatgoyiikni va tinim bil-
may ishlashni talab qiluvchi, goh quyosh taftidan
lov-lov yonayotgan sahroga olib chiqib, goh tash-
nalik, ochlik, mashaqqatli olis yo l azobiga soluv-
chi yoki ajalga giriftor etuvchi dahshatli bezgak
azobi bilan qaynovchi va nihoyat, daryo-daiyo
ter to'ktirib, qon oqizib, zaharli qumursqalarga
chaqtirib, son-sanoqsiz mayda-chuyda, e’tibor-
siz hodisalami boshdan kechirib, oxiri g‘oyat
ajib zafar bilan tugovchi xotimaga olib keluvchi
dahshatli hukmdoming chinakam ulug‘ sargu-
zashti edi.
Martin hikoyasida shulami va boshqa birta-
lay narsalami tasvirlagan edi; shu narsalarning
hammasi Rufning ko‘zlarini chaqnatib, eshitish-
ga majbur etayotganday edi; qizning yonoqlan
cho‘g‘dek qizanb ketdi, shuning uchun Martin
hikoya oxirlab qolganda, Ruf hozir hushidan
ketib yiqiladi deb qo‘rqib ketdi. Ruf chindanam
zo‘r hayajonda edi, ammo u hikoyadan emas,
Martinning o‘zidan hayajonlangan edi. Masala
hikoyada emas edi; Ruf Martinning vujudidan
ufurib turgan va qizni boshdan-oyoq qamrab
olgan o'sha tanish kuch ta’sirini yana his qila
boshlagan edi. Ammo shunisi qiziqki, hikoya
ham aynan shu kuch bilan sug‘orilgan edi, Ruf
ham hozir o‘sha kuchni hikoya orqali his qilayot-