Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

154 

Jek  London

-



Martin  Iden

155

-  

aks  holda,  ko‘pchilik  erkaklar  uning 

tushunmagan  bolardi.  Aminmanki,  agar  u  qiz 

o‘z odati bo'yicha gapiradigan bolsa, gaplarining 

yarmini ham tushunmasdingiz.

-   Bema’nilik!  Siz  ham  biron  narsani  isbotla- 

moqchi  bolsangiz,  xuddi  Arturga  o'xshab,  qay- 

sarlik qilasiz.

-   Siz  bilan  birinchi  marta  uchrashganimizda 

qanday gapirganimni unutdingizmi? Hozir tamo- 

mila boshqacha gapiraman.  U paytda men ham 

xuddi anavi qizga o'xshab gapirardim. Ammo bu 

orada ancha-muncha narsa o'rgandim, u qizning 

tilini  tushunolmasligingizni  endi  men  sizga  ta- 

nish  bolgan  tilda  isbotlab  bera  olaman.  Mana, 

siz qizning o‘zini tuta bilmasligiga e’tibor berdin- 

giz.  Nimaga  shunday  ekanligini  bilasizmi?  Men 

hozir  ilgari  xayolimga  ham  kelmagan  narsalar 

to‘g‘risida  doim  bosh  qotiraman,  endi  ko‘p  nar- 

salarga tushuna boshlayapman.

-  Nima uchun u qiz o‘zini bunday tutarkan?

-   U  qiz  bir  necha  yildan  beri  fabrikada  ish- 

laydi.  Yosh  odamning  badani  mumga  o'xshash 

yumshoq  boladi,  shuning  uchun  og‘ir  mehnat 

qomatini  o‘z  qolipiga  soladi;  gavda  mazkur  ish 

uchun  qulay  bolgan  vaziyatga  beixtiyor  o'rga- 

nadi.  Men ko‘chada o4ib ketayotgan ishchini bir 

ko‘rishimdayoq qanday ish bilan shug'ullanishi- 

ni aytib bera olaman. Mana, meni oling. Nima sa- 

babdan chayqalib yuraman? Chunki butun um- 

rim  dengizda  o'tgan.  Bordi-здд,  shuncha  yildan 

beri men matros emas,  kovboy bolganimda edi, 

bunaqa chayqalib yurmasdim-u, lekin oyoqlarim 

ayri bo lib qolgan bolardi. Boyagi qizning vaziyati

gapiga



156

Jek  London

---------------------------------------

ham  shunday.  Siz  uning  ko'zlariga,  agar  taTDir 

joiz  bolsa,  tikandek  ko'zlariga  e’tibor  berdin- 

gizmi?  Hech  qachon  biron  kishining  panohida 

yashamaganligining  alomati  bu.  U  hamma vaqt 

o‘z  g‘amini  yeyishi  kerak,  qiz  bolaki  o‘z  g'amini 

o‘zi  yeb,  o‘zi  qayg'uradimi,  uning  ko‘zlari  hech 

qachon,  masalan...  sizning  ko'zlaringiz  singari 

mehribon, mayin boqmaydi.

-  Gapingiz balki to‘g‘ridir, -  dedi ohistagina Ruf.

-  Qanday dahshat-a, bu! Shunday go'zal qiz...

Martin unga tikilib, ko'zlarida achinish aloma­

ti  porlaganini ko'rdi.  Shu  onning o‘zida u  Rufni 

naqadar  sevishini,  uni  sevishdek  va  birgalikda 

qoltiqlashib  leksiyaga  borishdek  ulug‘  baxtga 

muyassar bolgani haqida о у  lay boshladi.

«Sen kimsan о‘zing,  Martin Iden? -  deb  so‘ra- 

di  u  o'zidan  o‘zi  o‘sha  kuni  kechqurun  uyiga 

qaytib  kelgach,  ko‘zg ada  o'zini  kuzatarkan.  U 

ko‘zgudagi  aksiga  uzoq  vaqt  sinchiklab  tikilib 

turdi.  -  Kimsan  va  nimasan?  O'ming  qayerda 

o‘zi?  Sening o‘ming Lizzi Konolli  singari  qizning 

yonida.  Sening  o‘ming  million-million  zahmat- 

kashlar orasida -  hamma narsa dag'al, qo‘pol va 

xunuk  bolgan  joyda.  Sening  o‘ming  og‘ilxona- 

da,  otxonada,  axlat  va  go'ngxonada.  Qolansa 

hidni  sezyapsanmi?  Kartoshka  chiriyapti.  Hid- 

la,  arvoh urgur, to‘yib-to‘yib hidla!  Sen bolsang, 

tumshuglngni kitoblarga tiqishga,  nafis musiqa 

kuylarini  tinglashga,  ajoyib  suratlarni  tomosha 

qilishga,  o‘z tilingni to‘g‘rilashga, o‘rtoqlaringdan 

birontasining  ham  xayoliga  kelmagan  narsalar 

to‘g‘risida o^lashga, Lizzi Konollidan voz kechib, 

o‘zingdan  nihoyat  darajada  uzoqda,  yulduzlar



Martin  Iden

157

olamida oshyon qurgan qizga muhabbat 

ga jur’at  etyapsan!  Kimsan  va  nimasan  о‘zing, 

arvoh urgur? 0 ‘z orzungga erisharmikansan?»

U  ko'zgudagi  aksiga  mushtumini  dolaytirib 

po'pisa  qildi  va  karavoti  chetiga  o‘tirib,  baqray- 

gan,  ammo  hech  nimani  ko'rmaydigan  ko'zla- 

rini  ro'parasiga  tikdi.  Bir  ozdan  keyin  daftarini, 

algebra  kitobini  oldi-da,  kvadrat  tenglamalarni 

o'rganishga kirishib ketdi. Vaqt esa о‘tar, yulduz­

lar  so‘nib,  tashqarida  tong  g‘ira-shira  yorisha 

boshlagan edi.




Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish