152
Jek London
qilinmas edi, shuning uchun ham, u faqat kech-
qurunlari qoltiqlashib yurishadimi yoki ehtimol,
faqat er-xotinlar yo aka-singillar qoltiqlashib
yurishadimi, deb o“ylab taraddudlanib qoldi.
Martin oxirgi zinaga oyoq qo^arkan, birdan
Minni esiga tushib ketdi. Minni modaga juda
mukkasidan ketgan ayol edi, ular ikkinchi mar
ta uchrashishganidayoq, u Martinni yolkaning
ichkari tomonidan yurgani uchun urishib ber-
gan edi; holbuki, chinakam jentlmen xonimi
bilan sayr qilib yurganida doimo yolkaning
chekkasidan yurishi kerak ekan. Shundan ke
yin Minni Martin qayerdan yurishini unutma-
sin deb, ko‘chadan o‘tib ketishayotganda, uning
oyoglni bosishni odat qilib olgan edi. Biroq bu
odatni qayerdan kovlab topganini va bunday
odat kiborlar jamiyatida bormi, yo‘qligini Mar
tin bilmas edi.
Nihoyat, Martin, shunday qilsam, har hol-
da, ziyon bolmaydi-ku, degan qarorga keldi-da,
ko‘chaga chiqishgach, Rufni oldinga o‘tkazib
yuborib, o‘zi yolkaning chekka tomonidan u
bilan yonma-yon yurib ketdi. Lekin bu o'rinda
ikkinchi bir muhim masala tuglldi. Qizga qol
berish kerakmikin? Shu paytgacha u hech qa
chon o‘zi bilan yurgan ayolning qolidan ushlab
yurmagan edi. 0 ‘zi aylanishgan qizlar yigitlar bi
lan qoltiqlashib yurmas edilar. Endi tanishgan
paytlarida ular shundoq, yonma-yon yurardilar,
keyinroq esa xilvat tor ko'chalarni tanlab, bosh-
larini yigitning yelkasiga qo“yib yurardilar, yigit
esa uning belidan quchoqlab olardi. Lekin bu
yerda masala boshqacha edi. Ruf aslo u qizlarga
Martin Iden
153
o'xshamasdi. Shuning uchun Martin nima
shini bilmay hayron edi.
Shu choq go^o bexosdan, o‘z odati bo^icha,
o‘ng qolining tirsagini xiyolgina bukkan edi,
darhol mojiza sodir boldi. Martin o'zini Ruf
qoltiqlab olganini his qildi. Butun vujudini yo-
qimli titroq bosdi va bir lahza oyoqlarini yerdan
uzilganday, yelkalarida qanot paydo bolganday
his qildi. Biroq yana yangi bir qiyinchilik uni av-
valgi holatiga qaytardi. Ular ko'chani kesib o‘tdi-
lar va Martin endi yolkaning sirtqi emas, ichkari
tomoniga o‘tib qoldi. Endi nima qilsin? Qizning
qolini qoyib yuborib, joyini almashtirsinmi?
Bordi-yu, yana ikkinchi marta ko‘chani kesib
o'tishga to‘g‘ri kelsa, unda nima qiladi? Uchinchi
martasida-chi? Bu qoida unchalik oydin emas
edi, shuning uchun Martin hadeb goh u tomon
ga, goh bu tomonga likillab o‘tib jinnilik qilmay
degan qarorga keldi. Lekin bu qarori uning o‘zi-
ni unchalik qoniqtirmasdi, shuning uchun u
yolkaning ichki tomonidan yura boshlagani-
da allanimalar to‘g‘risida astoydil berilib gapira
boshladi. Bu bilan u, bordi-yu, Rufning ko'ngliga
kelsa, meni gapga berilib ketib, shunchaki narigi
tomonga o'tishni unutib qo^di deb o“ylay qolsin,
demoqchi edi.
Brodveyda Martin yana yangi sinovdan otishi-
ga to‘g‘ri keldi. Ko'cha fonuslari yoruglda birdan
Lizzi Konolli bilan uning kulonglch dugonasini
ко‘rib qoldi. U bir zum, faqat bir zumgina tarad-
dudlanib qoldi, lekin shu zahotiyoq boshidan
shlyapasini olib, ta’zim qildi. U o‘z muhiti kishi-
larini ko'rganda xijolat bolmoqchi emas edi, un-
dan keyin, bergan salomi yolg'iz Lizzi Konolliga
oid emasdi. Qiz Martinga sho'x chaqnab turgan
chiroyli ko'zlari bilan yalt etib qarab, unga javo-
ban bosh irg'adi; uning ko'zlari Rufning nurli
va ravshan ko'zlariga aslo o'xshamasdi. Lizzi
Rufga bir nazar tashlab, aftidan, uning tashqi
qiyofasi, liboslaridan darhol qizning jamiyatda
tutgan mavqeini tushundi. Martin Rufning ham
u qizga nazar tashlaganini payqadi, bu ma’su-
mona qarash bir zumda, qizning egnidagi arzon
kiyimlari va ishchi ayollar kiyib yurishni yaxshi
ko‘radigan antiqa shlyapani payqab olishga im-
kon bergan edi.
- Juda chiroyli qiz ekan, - dedi Ruf bir daqiqa-
dan so'ng.
Bu gap uchun Martin Rufdan minnatdor
bolishga ham tayyor edi, lekin bunday dedi:
- Bilmadim. Har kimning o'z didi bo Isa kerak;
men uni unchalik go'zal deya olmayman.
- Yo'g'-e, nima deyapsiz? Bunday xushbi-
chim qomat mingtadan bittada uchraydi. Uning
yuzi xuddi tarashlangan asil toshga o'xshaydi.
Ko'zlari ham g'oyat fasunkor!
- Siz shunday fikrdamisiz? - loqaydlik bilan
dedi Martin, chunki uning uchun dunyoda faqat
bitta go‘zal ayol bor edi, u ayol hozir uning qoliga
suyanib yonida ketib borardi.
- Agar bu qizni yaxshilab kiyintirib, o'zini tuta
bilishga o'rgatilsa, sizni ishontirib aytamanki, u
hamma erkaklami, shular qatori sizni ham o'zi-
ga maftun qilgan bolardi, mister Iden.
- Birinchi galda, unga to'g'ri gapirishni
o'rgatish kerak boladi, - deb javob qildi Martin,
Do'stlaringiz bilan baham: |