Martin Iden
143
lan universitetga bordi va nafasini ichiga
laboratoriyada olib borilayotgan tajribalami ka-
moli ehtirom bilan kuzatdi, fizika professorining
leksiyasini tingladi.
Lekin adabiyot mashg4ilotlarini ham bir chet-
ga yig‘ishtirib qo'ymadi. Uning qalami ostidan
ocherk va hikoyalar tumaqator tizilishib chiqib
kelardi, buning ustiga u yana, jumallarda bosi-
layotgan she’rlarga o'xshash oddiygina she’rlar
ham yozishga vaqt topardi; keyin birdan qu-
yushqondan chiqib ketib, ikki hafta ichida oq
she’r bilan bir tragediya yozib tashladi, lekin
bu asami besh-olti noshir o‘sha zahoti chiqit-
ga chiqarib, Martinni taajjublantirib qoydi. Bir
kuni u Genlining asarlarini mukkasidan tushib
o‘qib chiqdi-yu, «Kasalxona karavotida yozilgan
dostonlar»ga o'xshatib, dengiz haqida bir tur-
kum she’r yozdi. Bu orzular bilan tolib-tosh-
gan, jangovar ruhdagi porloq va ta’sirchan od-
diy she’rlar edi. Martin bu she’rlariga «Dengiz
qo'shiqlari» deb nom qo^di, bu to‘plamini shu
paytgacha yozgan asarlari ichida eng yaxshisi
deb topdi. To'plamda o‘ttizta she’r bor edi; u bir oy
mobaynida, har kuni kechqurun bittadan she’r
yozgan edi, kun bo^i proza bilan shug4illanar-
di. Shuni ham aytib o'tish kerakki, Martinning
bir kunda yozgan proza asarini yozish uchun har
qanday manaman degan mashhur adib ham ka-
mida bir hafta vaqt sarflagan bolardi. Lekin Mar
tin uchun bu ish hech gap emasdi. U hatto buni
ish deb ham hisoblamasdi. Shunchaki u endi til-
ga kirgan edi-yu, juda ko‘p yillardan beri qalbida
tovush chiqarmay yotgan nafosat haqidagi jami-
yutib,
ki orzu va fikrlari endi har qanday g'ovlami bu-
zib, qudratli va yangroq oqim singari sirtga otilib
chiqa boshlagan edi.
Martin o'zining «Dengiz qo‘shiqlari»ni hech
kimga ko'rsatmadi ham, hech qayoqqa yubor-
madi ham. Uning muharrirlarga ishonchi qol-
magan edi. Ammo bu safar o‘z asarini muhar
rirlarga ishonchi qolmaganidan olib qolgani yo‘q.
To'plamidagi she’rlaming nafisligi uni quvontirar
va quvonchini yolg'iz Ruf bilan baham ko'rishni
istardi; Martin o‘z asarini Rufga o‘qib berishga
jur’at eta oladigan baxtli onlar axir bir kun keladi
deb umid qilardi. Ungacha bu she’rlarini saqlab
qo'yishga ahd qildi, ayni vaqtda, ularni qayta-
qayta o'qiyverib, axiyri yod oldi.
U uyg‘oq vaqtida har bir daqiqani bekor o‘tkaz-
masdi, hattoki uxlab yotganida ham miyasi ish-
lardi; uning ongi besh soatlik majburiy faoli-
yatsizlikka qarshi norozilik bildirib, kun bo^i
о^lagan, boshidan kechirgan har bir narsaga
yopishib, aql bovar qilmaydigan, ma’nosiz xa-
yollami vujudga keltirardi. Shunga ko‘ra, hech
qachon dam olmas, uning o‘mida jisman ojizroq
va ruhan nosog'roq odam bolganida, allaqachon
ko'rpa-yostiq qilib yotib olgan bolardi. U Ruf bi
lan tobora kamroq uchrashadigan bolib qoldi;
imtihonlar boshlanadigan ijrun oyi yaqinlashib
qolgan edi, Ruf shu imtihondan o‘tsa, universitet
diplomini olardi. San’at fanlari bakalavri! Mar
tin shu daraja haqida oyiaganida, Ruf juda yuk
sak fazoga parvoz qilib ketayotganday va Martin
unga hech qachon yeta olmaydiganday bolib tu-
yulardi.
144
Jek London
Do'stlaringiz bilan baham: |