‘z
bilan ifodalay oladilar. Oftobda mudrab yotgan
it ko'pincha uyqusirab glngshiydi, akillaydi, le
kin u nima sababdan g‘ingshigani va akillagani-
ni izohlab berolmaydi. Martin ham bamisoli qu-
yoshning tig‘ida uxlab qolgan it, u ham ajoyib va
g‘aroyib tushlar ko'radi-yu, ammo tushini Rufga
so‘zlab berishga ojiz. Endi uxlashni bas qilish
kerak. To ko‘zlari ochilmaguncha va tili kalima-
ga kelmaguncha, ko‘rgan tushlarining g'aroyib
xazinalarini Ruf bilan baham ko'rmaguncha tin-
may o'qiydi va ishlaydi. O'z fikrlarini ifoda etish
sirlarini biladigan, so'zlarni o'zlariga quldek itoat
ettira oladigan, hosila alohida raqamlarning od-
diy yiglndisidan tamomila boshqa bolganidek,
so'zlarni bir-biriga qo'shib, mutlaqo yangicha
ma’no beruvchi jumlalar to'qiydigan odamlar
bor-ku axir. U o'zini iztirobga solib yurgan sir
maskaniga bir zumga kirib chiqqanini о У lab,
juda ta’sirlanib ketdi va yana ko‘z oldida qu-
yosh-u yulduzlar nuri tola olam charaqlab ketdi.
Nihoyat, u oraga cholckan sukutdan hayratla-
hammasi-
134
Jek London
"
nib, hushiga keldi-yu, o'ziga sho'x tabassum bi
lan tikilib o‘tirgan Rufga ko‘zi tushdi.
-
Men ko‘zim ochiq holicha tush ко‘r dim, -
dedi Martin va shu so‘zlarni aytarkan, yuragi
qattiq ura boshladi.
Bunday so'zlami u qayerdan topdi? Nima sa-
babdan sukutga cho‘mganini bu so'zlar to‘g‘ri ifo-
dalab bergan edi. Bu mo‘jiza edi. U hech qachon
go'zal fikrlarni bu qadar go‘zal ifodalamagan edi.
Lekin u hech qachon bunga urinib ham ko'rma-
gan edi-da. Ha, bolmasam-chi. Endi hammasi
ravshan. U urinib ko'rmagan. Suinbern, Ten-
nison, Kipling va boshqa buyuk shoirlar urinib
ko'rishgan, shuning uchun ham ular chiqa-
ra olgan. Esiga o'zining «Marvarid ovlovchilar»i
tushdi. U axir dilidagi go‘zallikni hech qachon
so‘z bilan ifodalashga urinmagan edi-da. Agar
u shunday qilganida hikoya tamomila boshqa-
cha bolib chiqardi. Qanchadan-qancha go‘zal
narsalarni tasvirlashim mumkin edi, deb oyia-
ganda, u dahshatga tushdi; xayol esa uni yana
opqochib ketdi, shu choq birdan, meni hayajon-
ga solgan jamiki go'zallikni she’riy misralar vosi-
tasi-la, buyuk shoirlar singari yangroq, oliyjanob
she’rlar vositasi ila ifodalasam bolmasmikin,
deb о У lab qoldi. Hech bolmasa, o‘zining Ruf
ga bolgan muhabbatini, bu muhabbatning sir-
li jozibasini va yuksak ma’naviyligini tasvirlashi
kerak. Nima uchun shoirlar qilgan ishni u qilishi
mumkin emas? Ular muhabbat haqida kuylay-
dilar. U ham kuylaydi. Arvoh ursin!..
Bu so'zlar uning qulogl ostida momaqaldiroq
sadosidek gumburlab ketdi. U xayolga berilib
Martin Iden
135
ketib, bu so'zlami ovoz chiqarib aytib yuborgan
edi. Yuziga qon quyilib, oftobda qoraygan badani
timoqlarining uchigacha cho‘g‘dek qizarib ketdi.
- Men... men, o^tinaman, afv eting meni, - deb
pichirladi yigit, - xayolga berilib ketibman...
- Siz xuddi «Men ibodat qilyapman» degandek
ohangda talaffuz etdingiz, - deb qat’iy ravishda
hazil qilmoqchi boldi qiz, lekin vujudi qaltirab
ketgan edi.
Ruf umrida birinchi marta o‘ziga tanish bolgan
odamning og'zidan chakki so‘z chiqqanini es-
hitgan edi, quloglga xunuk eshitilgani, axloq
tuyg4isini tahqirlagani uchungina u hayajonga
tushmadi, balki ehtiyotlab parvarish qilinayot-
gan iffat chamaniga to‘satdan kuchli shamol
yopirilib kelgani uni cho'chitib yubordi.
Lekin shunga qaramay, u Martinning guno-
hidan kechdi, kechdi-yu, o‘z muruwatidan o‘zi
hayron qoldi. Negadir, uning gunohini kechi-
rish qiyin emas edi. Hayot boshqalarga bergan
ko‘p narsalarni bu yigitga bermadi, lekin Mar
tin boy bergan narsalarni qolga kiritishga urinar
va hozirdanoq ko‘pgina natijalarga erishgan edi.
O'zining muruwatli bolishi boisini yana ham
soddaroq izohlovchi boshqa sabablar ham bor-
ligi qizning xayoliga ham kelmasdi. U Martinga
juda ham mehribon edi-yu, ammo buni o‘zi pay-
qamasdi. Payqay olmas edi ham. U ishq nima
ligini xiyolgina bolsa ham bilmay, yigirma to‘rt
yil xotiijam yashadi, o‘z tuyg4ilarini tahlil qila
bilmagan va shu choqqacha ishq otashida yon-
magan bu qiz hozir shu ishq alangasida isinayot-
ganini tushunmasdi.
136
Do'stlaringiz bilan baham: |