Martin Iden
131
osongina o‘rgana olishim mumkinligini sezyap-
man. Men o'zim hamma narsani o‘rganishim
mumkin. O'rdak suvga intilgani singari men
ham ilmga intilaman. Grammatikani qanday
o‘zlashtirganimni o'zingiz ko'rdingiz. Men yana
juda ko‘p narsalarni o'rgandim, ular shunchalik
ko'pki, siz xayolingizga ham keltira olmaysiz...
Ammo men endigina kirishyapman. Menga hali...
- u bir on tutilib qolib, so‘ng dangal gapirdi: en-
ersiya yetishmaydi. Men axir endigina safga tura
boshladim-ku.
- Safga tura boshladim deganingiz nima dega-
ningiz? - deb uning so‘zini boldi qiz.
- Ya’ni, narsalarning farqiga bora boshladim
demoqchiman, - dedi Martin.
- Bu jumlada hech qanday ma’no yo‘q, - dedi
yana Ruf.
Shunda Martin o‘zgacha ibora bilan gapirmoq-
chi boldi:
- Men o‘z yo‘nalishimni endi tushunyapman.
Bu safar qiz unga rahmi kelganidan indamadi,
Martin esa gapida davom etdi:
- Mening tasawurimda fan dengiz xaritalari
saqlanadigan shturman hujrasiga o‘xshaydi.
Kutubxonaga borganimda hamisha shuni oyiay-
man. Muallimning vazifasi talabaga hamma xari-
tani bir boshdan o'rgatib chiqishdan iborat. Vas-
salom. U bamisoli yol ko'rsatuvchi. Ammo o‘zi
hech nimani oyiab chiqara olmaydi. U hech qan
day yangilik yaratmaydi. Xaritada hamma narsa
mavjud, muallim yangi talabaning adashib qol-
masligi uchun unga faqat qayerda nima turgani-
ni ko‘rsatib berishi kerak. Men adashmayman.
132
Jek London
Men joylami taniyman. Shu bilan birga qanday
ish qilishimni ham tushunaman, albatta. Yana
biron so‘zni noto‘g‘ri aytdimmi?
- «Qanday» emas, «nima», - dedi Ruf.
- To‘g‘ri, nima qilishimni tushunaman, - deb
takrorladi Martin qizdan minnatdor bolib. - Ni-
mani gapirayotuvdim? Ha, dengiz xaritalarini.
Xullas gap shuki, bag'zi odamlarga...
- Ba’zi, - deb tuzatdi Ruf yana.
- Ba’zi odamlarga yol ko‘rsatuvchi kerak bola-
di. Bu to‘g‘ri. Men esa, o‘shalarsiz o‘zim yol topa
olaman, deb о *ylayman. Men bu xaritalar oldi
da juda ko‘p o'ralashib yurdim, shuning uchun
ulaming qaysilari menga kerag-u, qaysi sohillar-
ni tadqiq etishim lozimligini ham bilaman. Yolglz
o‘zim bulaming hammasini tezroq tekshirib
chiqaman. Dengiz flotining tezligi doim eng sekin
yurar kemaning tezligi bilan olchanadi. Maktab-
da ham xuddi mana shu ahvol. Muallimlar qoloq
talabalarga qarab dars o‘tishlari kerak, lekin
men yolglz o‘zim ildamroq yurishim mumkin.
Ruf allaqayerda o‘qigan jumlani aynan tak
rorladi:
- «Yolglz sayyoh hammadan o'zib ketadi».
Martin bunga javoban:
«Lekin men yolglz emas, siz bilan safar qilishni
istardim», deb yuborishiga sal qoldi. Ko‘ziga Ruf
bilan qol ushlashib quyosh nuriga g‘arq bolgan
yulduzlar tola bepoyon fazoda parvoz qilayotgani
ko‘rinib ketdi; qizning sarglsh oltin rang sochlari
shamolda hilpirab uning yonoqlarini qitiqlardi.
Shu payt u o'zining so‘zga naqadar qashshoq
ekanligini sezdi.
Martin Iden
133
Barhaq egam! Qani endi bularning
ni Rufga shunday so‘zlab bersaki, u ham hozir
Martin ко‘rib turgan manzarani ko'rolsa! Kutil-
maganda Martin o‘z tafakkur ko'zgusida namo-
yon bolgan bu manzaralarni Rufga ehtiros-la
tasvirlab bergisi keldi, bu istak, misoli alamli
dard singari, uning qalbini o‘rtab yubordi. Bir
dan u hamma narsaga tushundi. Sirning kaliti
bu yoqda ekan. Buyuk san’atkorlar, shoirlar va
adiblar aynan shunday qilishadi-ku! Ulaming
ulugligi ham shunda. Ular o‘zlari ko'rayotgan,
o“ylayotgan va his qilayotgan hamma narsani so
Do'stlaringiz bilan baham: |