126
Jek London
ter Morz uni juda idrokli, bama’ni yigit ekan deb
aytdi. Martin dag'al so'zlar va noto‘g‘ri iboralar-
ni talaffuz qilishdan o'zini tiyishga urinar, shu
ning uchun ham shoshmay gapirar, o‘z fikrlar-
ini yana ham yaxshiroq ifodalardi. U taxminan
bundan bir yil muqaddam birinchi marta ovqat-
langan paytidagidan ko'ra hozir o'zini ancha er-
kin tutar, lekin kamtarligi va bir oz tortinchoqligi
hali ham bor edi, bu esa Martinda sodir bolgan
o‘zgarishlami ma’qul ko‘rib, taajjublangan mis
sis Morzga juda yoqqan edi.
- Martin Rufning e’tiboriga sazovor bolgan
birinchi erkak, - dedi u keyinroq eriga. - Qizimiz
doim erkaklarga loqayd qarardi. Bundan men
hatto tashvishga ham tusha boshlagan edim.
Mister Morz xotiniga ajablanib qaradi.
- Bu matros yigit qizingda ayollik hislarini
uyg'otishini istaysanmi? - deb so‘radi er.
- Qizimning olamdan qari qiz bo lib o‘tib
ketishini istamayman. Agar Martin Iden tufay-
li unda umuman erkaklarga qiziqish uyg‘onsa,
juda yaxshi bolardi.
- Juda yaxshi boladi! - deb e’tirof etdi mister
Morz. - Lekin faraz qilaylik, ba’zan, azizim, faraz
qilishga ham to‘g‘ri keladi. Faraz qilaylik, qizing
erkak zotiga umuman emas, xususan qiziqib
qolsa-chi?
- Bu mumkin emas, - dedi kulib missis Morz.
- U qizimizdan uch yosh kichik, keyin bu hech
bolishi mumkin emas! Yomon ish bolmaydi.
Menga ishonaver.
Shunday qilib, Martin Idenning vazifasi mut-
laqo aniq belgilangan edi. Bu payt Martinning o‘zi
Martin Iden
127
ham bir g'ayrioddiy fikr ustida bosh qotira
ladi; bu fikr Artur bilan Normandan chiqqan edi.
Gap har yakshanba kuni shahar tashqarisiga ve-
losipedda sayr qilish ustida borardi; bu sayrga
Ruf ham otlanayotganini bilmaganda, Martinni
bu sayr qiziqtirishi amrimahol edi. U hech qa
chon velosiped minmagan edi, modomiki, sayr
ga Ruf chiqar ekan, Martinning ham velosiped
minishni o‘rganishi zarurligiga shubha qolmadi.
Shuning uchun uyiga qaytayotib, yol-yolakay
magazindan qirq dollarga velosiped sotib oldi.
Buncha pulni u eng mashaqqatli mehnat bilan
bir oyda ham topa olmas edi, boz ustiga, bunday
katta xarajat hamyonini xiylagina qoqlab qo“ygan
edi. Biroq u «Axborot»dan oladigan yuz dollariga
«Yoshlar hamrohi» tolaydigan to‘rt yuz yigirma
dollami qo‘shdi-yu, bu pullaming hech bolmasa
bir qismini o‘rniga sarflay olganidan hatto mam-
nun ham boldi. U velosiped minishni o‘rganishga
kirishganida shimi bilan kamzulining yirtilgani-
dan ham xijolat bolmadi. Shu onning o‘zida u
Xigginbotamning dolconidan mashinachiga tele-
fon qilib, o'ziga yangi kostyum buyurtirdi. Keyin
u ko'chadan kiriladigan tor zinadan velosipedi-
ni hujrasiga olib chiqdi-da, karavotni devordan
surgan edi, xonada faqat o‘zi bilan velosipedga
joy qoldi, xolos.
U yakshanba kuni kirish imtihonlariga
tayyorlanmoqchi boldi, lekin marvarid ovlov-
chilar haqidagi hikoya es-hushini shu qadar
olib qo“ygan ediki, miyasida alangalanib turgan
go‘zal lavhalarni qog'ozga tushirishga urinib,
kuni bilan ijod qozonida qovurildi. «Axborot»
bosh-