Martin Iden
115
o'zini yetuk yozuvchi deb his qilgach, u
asarlar yozadi-yu, nomi tillarda doston boladi.
Lekin bundan ham muhimi, eng muhim narsa-
lardan ham muhimi - o'shanda Rufga munosib
boladi. Shuhrat yaxshi narsa, ammo bu orzula-
rini u shuhrat qozonish uchun emas, Ruf uchun
ardoqlardi. U shuhratning ketidan quvguvchilar-
dan emas, faqat yor ishqida devona bolgan bir
yigit edi, xolos.
Oklendga hamyonini qappaytirib qaytib kel-
gan Martin Bernard Xigginbotamning uyidagi
hujrasiga yana qamalib olib, ishga berilib ket
di. U qaytib kelgani haqida Rufga xabar qilma-
di. Rufning oldiga xazina qidiruvchilar haqidagi
ocherkini tamomlagandan keyingina borishga
qaror qildi. Uning butun vujudini qamrab olgan
ijod vasvasasi visol damining kechikishiga bar-
dosh berishga ko‘maklashdi. Buning ustiga, u
yozgan har bir jumla Rufni unga yaqinlashtira-
di. U ocherkning qanday hajmda bolishini bil-
mas edi. Lekin «San-Fransisko axboroti» gaze-
tasining yakshanbalik ilovasida ikki sahifani
egallagan ocherkdagi so‘zlarni sanab chiqib,
shunga amal qilmoqchi boldi. Martin uch kun
boshini ко‘t arm ay o‘tirib ishlab, ocherkini yozib
bitirdi, so‘ng o‘qish oson bolsin uchun, yirik
harfiar bilan puxtalab ko'chirib chiqdi-yu, ke
yin birdan, kutubxonadan olib kelgan adabi-
yot darsligidan abzats va tirnoq degan narsalar
borligini o'qib qoldi. U esa buni xayoliga ham
keltirmabdi. Martin shu onning o'zida ocher
kini qayta ko'chirishga kirishdi; u dam o‘tmay
darslikni varaqlab o'qib, ocherkni ko'chirarkan,
buyuk
116
Jek London
bir kunning o'zida shu qadar ko‘p malumot ol-
diki, buni oddiy maktab bolasi bir yilda zo'rg'a
o‘zlashtirgan bolardi. U ocherkini ikkinchi
marta ko'chirib bolib, uni naycha qilib avay-
lab o'rarkan, birdan ko'zi bir gazetadagi yosh
mualliflar uchun berilgan qoidaga tushib qoldi;
bunda qolyozmani naycha qilib o‘rash mumkin
emasligi va varaqning bir tomoniga yozish ke-
rakligi yozilgan edi. Martin ikkala qoidani ham
buzgan edi. Lekin u yana eng yaxshi jurnallar
asaming bir ustuniga kamida o‘n dollar qalam
haqi tolashini ham o‘qidi. Martin ocherkini
uchinchi marta ko‘chirarkan, takror-takror o‘n
ustunni o‘n dollarga ko‘paytirish bilan o‘ziga ta-
salli berardi. Hosil doim bir xil, ya’ni, yuz dol
lar chiqaverdi, shundan keyin, bu ish matroslik
xizmatidan olsa oligi ortiq ekan, degan qaror-
ga keldi. Agar u ikki marta xato qilib qo'yma-
ganda, hikoya uch kunda bitardi. Uch kunda
yuz dollar! Shuncha pulni ishlab topish uchun
esa uch oy dengizda kezishi kerak. Qolida qa-
lami bolgan odamga aziyat chekib, matroslik
qilish girt ahmoqlik. Lekin Martin uchun pul-
ning unchalik qadr-qimmati yo‘q edi. Pul faqat
vaqtichoglik qilishiga, yangi kostyum sotib oli-
shiga imkon berardiki, bu imkoniyatlarning
hammasi qo‘shilib, uning hayotini ostin-ustun
qilib yuborgan va ilhombaxsh etgan sarvqomat,
oqbadan qizga yaqinlashtirishi lozim edi.
Martin qolyozmani kattakon konvertga solib,
og'zini yelimladi va «San-Fransisko axboroti»
muhamriga yubordi. U tahririyatga yuboriladi-
gan qolyozmalaming hammasi darhol bosilib