Martin Iden
117
chiqadi deb o^lardi, shunga ko'ra,
ocherkini juma kuni yuborgan ekan, yakshanba
kuni gazeta sahifasida paydo bolishini kutgan
edi. 0 ‘zining qaytib kelganini shu yo‘sinda Ruf
ga malum qilsa juda ko'ngilli ish boladi-da. Shu
yakshanba kuniyoq u Rufnikiga boradi. Bu ora-
da unda yana yangi bir fikr tugllib qoldi, nazari-
da, bu fikr juda to‘g‘ri, bama’ni va ayni vaqtda
kamtarin tuyuldi: u bolalar uchun sarguzasht
hikoya yozib, uni «Yoshlar hamrohi»ga yubor-
moqni о у lab qoldi. U qiroatxonaga borib, «Yosh
lar hamrohi»ning bir necha to‘pini ко‘rib chiqdi.
Malum bolishicha, katta hikoyalar va qissalar
haftalik jumalda taxminan uch ming so'zdan
bolib-bolib bosilarkan. Har bir qissa jurnalning
beshta sonida, ba’zilari esa hatto yettita sonida
bosilgan edi; Martin ham shu olchamga rioya
qiladigan boldi. Bir vaqtlar Martin kit ovlaydigan
kemada Arktikaga safarga chiqqan edi; safar uch
yilga moljallangan edi, biroq yarim yil degan-
da safar qaridi, chunki kema halokatga uchra-
gan edi. Martinning uydirmalar to'qishga suyagi
bolmasa ham, haqiqatni sevardi, shuning uchun
ham, o‘zi bilgan narsalar haqida yozishni istardi.
U kit ovlash kasbini juda yaxshi bilardi, shunga
ko‘ra sodir bolgan voqealar asosida, ikki o'smir
bolaning afsonaviy sarguzashtini hikoya qilmoq-
chi boldi. Bu qiyin emas edi, natijada, shanba
kuni kechqurun asarning uch ming so'zdan ibo-
rat birinchi qismini yozib tashladi, bundan Jim
nihoyatda mamnun boldi, mister Xigginbotam
esa xonadonda paydo bolgan «yozuvchi» ustidan
mazax qilib kuldi.
modomiki.
118
Jek London
Martin churq etmasdan o'tirarkan, faqat poch-
chasi «Axborot»ning yakshanbalik sonini ochib,
xazina axtaruvchilar haqidagi ocherkni o‘qib,
hang-mang bolib qolishini zo‘r mamnuniyat bi
lan tasawur qila boshladi. U yakshanba kuni er-
talab barvaqt gazeta olgani darvoza oldiga tushdi.
U gazetani bir necha marta diqqat bilan ко‘rib
chiqib, bukib, yana joyiga qo^di va yaxshiyam
qilgan ishim haqida hech kimga maqtanmagan
ekanman deb suyundi. Keyin, o‘zicha mulohaza
qilib ко‘rib, hikoyani matbuotda bosilib chiqish
muddatini aniqlashda yanglishgan ekanman,
degan qarorga keldi. Buning ustiga, ocherki
kunning muhim mavzui emas edi, ehtimolki,
muharrir ocherkni bosishdan oldin unga o‘z mu-
lohazalarini yozib yubormoqchidir.
Nonushtadan so‘ng u yana qissa yozish bi
lan shug4illandi. Garchi u lug'atga yoki adabi-
yot darsligiga tez-tez qarab tursa ham, qalami
ostidan so'zlar to^tovsiz tizilishib chiqib kelardi.
Ba’zan lug‘at va kitoblarga qarab ishi to'xtab qol
gan vaqtda, yozilgan bobni qayta-qayta o‘qir va
bu bilan buyuk ijodiy ishdan chalg‘isa ham, eva
ziga asar yozish qoidasini о‘zlashtiryapman, o‘z
fikrlarimni ifodalashni, izhor etishni о‘rganyap
man, deb o‘ziga o‘zi tasalli berardi. U qosh qoray-
guncha yozar, so‘ng qiroatxonaga borib, kech
soat o‘ngacha, ya’ni qiroatxona yopilguncha
haftalik va oylik jurnallarni titib o‘tirardi. Uning
bu haftaga tuzgan ish rejasi shunday edi. Har
kuni uch mingta so‘z yozar, har kuni kechqurun
qiroatxonaga borar va noshirlarga qanday she’r,
qissa, hikoyalar yoqishini aniqlash uchun jur-
Do'stlaringiz bilan baham: |